Raqamni aniqlashga qarshilik

Raqamni aniqlashga qarshilik xizmati abonentga istalgan Mobiuz abonenti telefon raqamiga chiquvchi qo‘ng‘iroqlarda o‘z tеlеfon raqamini aniqlashni taqiqlash yoki ruxsat berish imkonini beradi. Boshqa tarmoqlar abonеntlariga, jumladan, shahar umumiy foydalanishdagi tarmoqlarga chiquvchi qo‘ng‘iroqlarda raqamni aniqlashni taqiqlash kafolatlanmaydi.

   Chaqiruvchi abonеntda  raqamni aniqlashga qarshilik xizmati faollashganda chaqiriluvchi abonеnt uning tеlеfon raqamini aniqlay olmaydi.

Narxi qancha?

«Raqamni aniqlashga qarshilik»xizmatidan foydalanish:

Abonentlik to‘lovi- kuniga 500 so‘m 

«Raqamni aniqlashga qarshilik» ulanish/xizmatni o‘chirish - bepul.

Xizmatga qanday ulanish mumkin ?

  • USSD-buyruq – *111*0101#
  • SMS-yordamchi –616010 raqamiga 1 raqami
  • Internet-yordamchi;

Xizmatni o‘chirish

  • USSD-buyruq – *111*0100#
  • SMS-yordamchi –616010 raqamiga 0 raqami
  • Internet-yordamchi;

Narxlar barcha soliqlarni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.