Biz ijtimoiy tarmoqlarda
«АвтоMOBI» AKSIYASI

“AvtoMOBI” AKSIYASINI O‘TKAZISH QOIDALARI

Aksiya o‘tkazilish davri:

Aksiya boshlanishi: 03.12.2019y.

Aksiya yakunlanishi: 03.02.2020y.

AKSIYA YUTUQ JAMG‘ARMASI


Sovrin nomi

Hududiy qamrovi

Dona, ta

“Nexia-3” rusumli avtomobil

Andijon viloyati abonentlari uchun

1

Buxoro viloyati abonentlari uchun

1

Sirdaryo viloyati abonentlari uchun

1

Jizzah viloyati abonentlari uchun

1

Qashqadaryo viloyati abonentlari uchun

1

Navoiy viloyati abonentlari uchun

1

Namangan viloyati abonentlari uchun

1

Samarqand viloyati abonentlari uchun

1

Surxondaryo viloyati abonentlari uchun

1

Xorazm viloyati abonentlari uchun

1

Farg‘ona viloyati abonentlari uchun

1

Toshkent viloyati abonentlari uchun

1

Qoraqalpog‘iston Respublikasi abonentlari uchun

1

Toshkent shahri abonentlari uchun

1

“Malibu-2” rusumli avtomobil

Butun respublika abonentlari uchun

1

Jami:

15


Aksiya ishtirokchilariga talablar:

  • Aksiyada quyidagi talablarga javob beradigan “UMS” MCHJ abonentlari - jismoniy shaxslar (mamlakatimizda istiqomat qilmaydigan xorij fuqarolaridan tashqari) ishtirok etishi mumkin:

  • 03.12.2019 yildan 03.02.2020 yilgacha bo‘lgan davrda “UMS” MCHJ bilan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzgan, jismoniy shaxslar uchun oylik abonent to‘lovi kamida 30 000 so‘m bo‘lgan xohlagan tarif rejasiga ulangan (“Tourist SIM”, “Tourist SIM Lite”, “Tourist SIM+”, “Tourist SIM Lite+” tarif rejalaridan tashqari), tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechib olingan hamda 14.02.2020 yil holatiga ko‘ra raqami bandlanmagan yangi abonent – jismoniy shaxs;

  • 03.02.2020 yilgacha bo‘lgan davrda “UMS” MCHJ bilan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzgan, jismoniy shaxslar uchun xohlagan tarif rejasiga ulangan (“Tourist SIM”, “Tourist SIM Lite”, “Tourist SIM+”, “Tourist SIM Lite+” tarif rejalaridan tashqari), tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechib olingan hamda 14.02.2020 yil holatiga ko‘ra raqami bandlanmagan amaldagi abonent – jismoniy shaxs;

  • Abonent oldindan to‘lovni amalga oshirish tizimidagi tarif rejalaridan biridan foydalanadi (“Tourist SIM”, “Tourist SIM Lite”, “Tourist SIM+”, “Tourist SIM Lite+” tarif rejalaridan tashqari);

  • Aksiya o‘tayotgan davrda abonent bilan tuzilgan shartnoma bekor qilinmagan;

  • Aksiya g‘oliblarini aniqlash paytida abonent SIM-kartasi faol (bandlanmagan).

  • Aksiya bo‘yicha sovrinlarni quyidagi shaxslar qo‘lga kirita olmaydi:

  • O‘zbekistonda istiqomat qilmaydigan xorijiy mamlakat fuqarolari – jismoniy shaxslar;

  • Aksiya o‘tkazilayotgan muddatda “UMS” MCHJ bilan mehnat shartnomasiga ega bo‘lgan xodimlar va ularning yaqin qarindoshlari (ota-onalari, aka-ukalari va opa-singillari, turmush o‘rtoqlari, farzandlari, jumladan boqib olinganlari, shuningdek, turmush o‘rtoqlarining ota-onalari, aka-ukalari va opa-singillari);

  • “UMS” MCHJ bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma imzolagan jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;

  • “UMS” MCHJ tijorat vakillari, ularning ishchilari (dilerlar, ularning ishonchli vakillari, operatorlar);

  • Yuridik shaxs hisoblangan abonentlar, shuningdek “Tourist SIM”, “Tourist SIM Lite”, “Tourist SIM+”, “Tourist SIM Lite+” tarif rejalariga ulangan abonentlar;

  • Abonent “Tourist SIM”, “Tourist SIM Lite”, “Tourist SIM+”, “Tourist SIM Lite+” tarif rejalaridan biriga ulangan taqdirda, uning barcha imkoniyatlari bekor qilinadi va abonent g‘oliblarni aniqlash jarayonida ishtirok etmaydi;

  • O‘zR Soliq kodeksining 189-moddasiga binoan jismoniy shaxslarning daromadidan ushlab qolinadigan soliqlarni g‘olibning o‘zi to‘lashi haqidagi yozma arizani hamda O‘zR Soliq idoralariga daromadi haqida deklarasiyani taqdim etmagan abonent.

Aksiyada ishtirok etish shartlari:

1. “UMS” MCHJ abonenti bo‘lmagan jismoniy shaxs: Aksiya o‘tayotgan davrda oylik abonent to‘lovi kamida 30 000 so‘m bo‘lgan (jismoniy shaxslar uchun) tarif rejasiga ulanganda hamda tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechib olingan taqdirda, yangi abonentga sovrinlar o‘yinida qatnashish uchun 1 imkon beriladi.

2. “UMS” MCHJ amaldagi abonenti: Aksiya o‘tayotgan davrda (“Tourist SIM”, “Tourist SIM Lite”, “Tourist SIM+”, “Tourist SIM Lite+”dan tashqari, istalgan tarif rejasida) “2020 MV” internet to‘plami yoki “2020 daqiqa” to‘plamidan birini  xarid qilgan abonentlarga sovrinlar o‘yinida qatnashish imkoniyati beriladi.

3. Har bir sotib olingan “2020 MV” internet to‘plami yoki “2020 daqiqa” to‘plami uchun abonentga 1 imkon beriladi. Abonent qancha ko‘p to‘plam xarid qilsa, imkoniyatlari shunchalik ortadi.

“2020 MV” internet to‘plami va “2020 daqiqa” to‘plami bo‘yicha izoh.

“2020 MV” internet to‘plamining narxi – 30 000 so‘m (7,1252 sh.b.).

“2020 daqiqa” to‘plamining narxi – 30 000 so‘m (7,1252 sh.b.).

“2020 MV” internet to‘plamiga ulanish: USSD-kod - *102*2020# yoki 616019 raqamiga “2020” SMS yuborish.

“2020 daqiqa” to‘plamiga ulanish: USSD-kod - *103*2020# yoki 616020 raqamiga “2020” SMS yuborish.

“2020 MV” internet to‘plami qoldig‘ini bilish: *102# yoki 616019 raqamiga “3” yuborish.

“2020 daqiqa” to‘plami qoldig‘ini bilish: *103# yoki 616020 raqamiga “3” yuborish.

To‘plamlarni xarid qilishning qo‘shimcha usullari:

“2020 MV” va “2020 daqiqa” to‘plamlarini faqat “AvtoMOBI” doirasida ulash mumkin (2019 yil 3 dekabrdan 2020 yil 3 fevralgacha).

Aksiya bo‘yicha imkoniyatlar sonini tekshirish uchun kod - *161#.

“2020 MV” va “2020 daqiqa” to‘plamlarini ulash va ulardan foydalanish shartlari:

  • “2020 MV” va “2020 daqiqa” to‘plamlarini jismoniy shaxslarga mo‘ljallangan har qanday tarif rejasida bo‘lgan abonentlar faollashtirishi mumkin (“Tourist SIM”, “Tourist SIM Lite”, “Tourist SIM+”, “Tourist SIM Lite+” tarif rejalari bundan mustasno).

“2020 MV” va “2020 daqiqa” to‘plamlarini “Tourist SIM”, “Tourist SIM Lite”, “Tourist SIM+”, “Tourist SIM Lite+” tarif rejalarida, shuningdek yuridik shaxslarga mo‘ljallangan barcha tarif rejalarida xarid qilish MUMKIN EMAS.

“2020 MV” va “2020 daqiqa” to‘plamlarining amal qilish muddati – faollashtirilgan kundan boshlab 30 kun.

  • Xarid qilingan “2020 MV” to‘plamlarining hajmi abonentda mavjud boshqa bir martalik oylik megabayt to‘plamlariga qo‘shiladi. Qo‘shilgan megabaytlarning amal qilish muddati oxirgi ulangan to‘plam muddatidan boshlab uzaytiriladi.

  • Xarid qilingan “2020 daqiqa” to‘plamlarining hajmi abonentda mavjud boshqa bir martalik oylik daqiqa to‘plamlariga qo‘shiladi. Qo‘shilgan daqiqalarning amal qilish muddati oxirgi ulangan to‘plam muddatidan boshlab uzaytiriladi.

  • Megabaytlarning sarflanish tartibi:

Kunlik to‘plam -> Haftalik to‘plam -> tarif rejasi bo‘yicha MV -> On-net to‘plamlari bo‘yicha MV -> qolgan barcha to‘plamlar (xarid qilingan “2020 MV” to‘plami + bir martalik oylik internet-to‘plamlar, promo to‘plamlar, saqlash to‘plamlari va boshqalar).

  • Daqiqalarning sarflanish tartibi:

Tarmoq ichida daqiqalar: «Super 0» xizmati > boshqa daqiqalar (jumladan, tarif rejasi bo‘yicha daqiqalar, “2020 daqiqa” to‘plami va boshqa bir martalik oylik daqiqalar to‘plamlari).

Boshqa tarmoqlarga daqiqalar: tarif rejasi bo‘yicha daqiqalar > “2020 daqiqa” to‘plami va boshqa bir martalik oylik daqiqalar to‘plamlari.

To‘plamga ulanish uchun abonentning hisobida kamida 42,10 so‘m mablag‘ bo‘lishi kerak.

AvtoMOBI” AKSIYASI DOIRASIDA

G‘OLIBLARNI ANIQLASH SHARTLARI

1. Abonent oylik abonent to‘lovi kamida 30 000 so‘m bo‘lgan tarif rejasiga ulanganda hamda tarif bo‘yicha abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechib olingan taqdirda, abonentga sovrinlar o‘yinida qatnashish uchun avtomatik ravishda 1 imkon beriladi

2. Har bir sotib olingan “2020 MV” internet to‘plami yoki “2020 daqiqa” to‘plami uchun abonentga 1 imkon beriladi. Abonent qancha ko‘p to‘plam xarid qilsa, imkoniyatlari shunchalik ortadi

Agar jismoniy shaxs aksiya o‘tayotgan davrda oylik abonent to‘lovi kamida 30 000 so‘m bo‘lgan tarif rejasiga ulanish bilan bir qatorda, “2020 MV” yoki “2020 daqiqa” to‘plamlaridan birini xarid qilsa, abonentda 2 imkoniyat paydo bo‘ladi (1 imkoniyat – zarur tarifga ulanganlik uchun va 1 imkoniyat – to‘plam xarid qilgani uchun).

1-misol: yangi abonent 2019 yil 5 dekabr kuni Mobi 30 tarif rejasi (abonent to‘lovi – oyiga 30 000 so‘m) bo‘yicha UMS tarmog‘iga ulangan, ammo aksiya o‘tayotgan davrda bironta ham “2020 MV” yoki “2020 daqiqa” to‘plamini xarid qilmagan. G‘oliblarni aniqlash paytida bu abonent 1 imkoniyatga ega bo‘ladi (faqat 30 000 so‘mlik tarif rejasiga ulanganligi uchun).

2-misol: yangi abonent 2019 yil 5 dekabr kuni Premial tarif rejasi (abonent to‘lovi – oyiga 63 000 so‘m) bo‘yicha UMS tarmog‘iga ulangan, ammo aksiya o‘tayotgan davrda bironta ham “2020 MV” yoki “2020 daqiqa” to‘plamini xarid qilmagan. G‘oliblarni aniqlash paytida bu abonent 1 imkoniyatga ega bo‘ladi (faqat 30 000 so‘mdan yuqori narxdagi tarif rejasiga ulanganligi uchun).

3-misol: yangi abonent 2019 yil 5 dekabr kuni Shodlik tarif rejasi (abonent to‘lovi – oyiga 20 000 so‘m) bo‘yicha UMS tarmog‘iga ulangan, aksiya o‘tayotgan davrda u 2ta“2020 MV” va 1ta “2020 daqiqa” to‘plamini xarid qilgan. G‘oliblarni aniqlash paytida bu abonent 3 imkoniyatga ega bo‘ladi (2ta “2020 MV” to‘plami uchun 2 imkoniyat + 1ta “2020 daqiqa” to‘plami uchun 1 imkoniyat; tarmoqqa ulanish uchun imkoniyat berilmaydi, chunki oylik abonent to‘lovi 30 000 so‘mdan kam tarif rejasiga ulangan).

4-misol: yangi abonent 2019 yil 5 dekabr kuni Mobi 30 tarif rejasi (abonent to‘lovi – oyiga 30 000 so‘m) bo‘yicha UMS tarmog‘iga ulangan, aksiya o‘tayotgan davrda u 2ta“2020 MV” va 1ta “2020 daqiqa” to‘plamini xarid qilgan. G‘oliblarni aniqlash paytida bu abonent 4 imkoniyatga ega bo‘ladi (2ta “2020 MV” to‘plami uchun 2 imkoniyat + 1ta “2020 daqiqa” to‘plami uchun 1 imkoniyat + oylik abonent to‘lovi 30 000 so‘mlik tarif rejasiga ulanganlik uchun 1 imkoniyat).

5-misol: amaldagi abonent 2019 yil 15 sentabr kuni Mobi 30 tarif rejasi (abonent to‘lovi – oyiga 30 000 so‘m) bo‘yicha UMS tarmog‘iga ulangan, aksiya o‘tayotgan davrda u 2ta“2020 MV” va 1ta “2020 daqiqa” to‘plamini xarid qilgan. G‘oliblarni aniqlash paytida bu abonent 3 imkoniyatga ega bo‘ladi (2ta “2020 MV” to‘plami uchun 2 imkoniyat + 1ta “2020 daqiqa” to‘plami uchun 1 imkoniyat; tarmoqqa ulanish uchun imkoniyat berilmaydi, chunki aksiya doirasida bu yangi abonent emas).

Aksiya o‘tayotgan davrda uning shartlarini bajargan abonentga beriladigan har bir imkoniyatga alohida ID kod taqdim etiladi.

Bir ID kod – bitta imkon degani. Bitta abonent bir nechta ID kodlarga ega bo‘lishi mumkin.

Aksiya ishtirokchisining har bir ID kodi 8 raqamdan iborat bo‘lib, bunda dastlabki ikki raqam har bir viloyatning noyob kodi hisoblanadi (masalan, Andijon viloyati ishtirokchilarining ID kodlari 01– – – – – –, Buxoro viloyati ishtirokchilarining ID kodlari  02– – – – – – va h.k.).

Qolgan olti raqam (viloyat kodidan keyin) – 0 raqamidan boshlab raqamlar ketma-ketligidir. Viloyat kodidan keyin yozilgan raqam ma’lum viloyatda barcha aksiya ishtirokchilarining umumiy soniga teng.

Misollar:

Andijon viloyatida barcha ishtirokchilar imkoniyatining umumiy soni 20135 tashkil etadi. SHunga muvofiq tarzda, Andijon viloyatidagi aksiya ishtirokchilarining barcha ID kodlari ko‘lami 01000001dan 01020135gacha.

Toshkent shahrida barcha ishtirokchilar imkoniyatining umumiy soni 123005ni tashkil etadi. SHunga muvofiq tarzda, Andijon viloyatidagi aksiya ishtirokchilarining barcha ID kodlari ko‘lami 04000001dan 04123005gacha

Imkoniyatlarning umumiy soni, bu – xarid qilingan “2020 MV” va “2020 daqiqa” to‘plamlarining umumiy soni. SHuningdek, oylik abonent to‘lovi 30 000 so‘m va undan yuqori bo‘lgan tarif rejasiga ulangan barcha yangi abonentlarga bitta imkon beriladi.

Aksiya g‘oliblarini aniqlash

1. Aksiya g‘oliblarini aniqlash sanasi: 14.02.2020y.

Aksiyani o‘tkazish joyi: Compass SKM (Toshkent sh.)

3. Nexia avtomobili sovrindorlarini aniqlash 03.12.2019 yildan 03.02.2020 yilgacha bo‘lgan davrda aksiyaning shartlarini bajargan (abonent to‘lovi 30 000 so‘m va undan ortiq bo‘lgan tarif rejasiga ulangan va/yoki “2020 MV” va “2020 daqiqa” to‘plamini xarid qilgan), har bir alohida viloyatdagi ishtirokchilarning barcha ID kodlari orasidagi tasodifiy raqamlar onlayn generatori yordamida amalga oshiriladi.

Har bir Nexia avtomobili sohibini aniqlash jarayoni ekranda namoyish etiladi. Boshlovchi ushbu viloyatdagi ID kodlarning umumiy sonini e’lon qiladi.

Har bir alohida viloyatdagi g‘olibni aniqlashda tasodifiy raqamlar onlayn generatoriga viloyatning barcha ID kodlari kiritiladi. “G‘olibni topish” tugmasi bosilganidan so‘ng tasodifiy raqam chiqadi. Mazkur raqamga mutanosib ID kod yutuqli hisoblanadi.

Yutuqli ID kod berilgan abonent aksiya g‘olibi, ya’ni Nexia avtomobili sohibiga sanaladi.

4. Barcha Nexia avtomobillarining sohiblari aniqlanganidan keyin bosh sovrin – Malibu avtomobilining sohibi aniqlanadi.

Mazkur jarayonda bir vaqtning o‘zida 03.12.2019 yildan 03.02.2020 yilgacha bo‘lgan davrda aksiyaning shartlarini bajargan (abonent to‘lovi 30 000 so‘m va undan ortiq bo‘lgan tarif rejasiga ulangan va/yoki “2020 MV” va “2020 daqiqa” to‘plamini xarid qilgan) barcha abonentlarning ID kodlari ishtirok etadi.

Nexia avtomobilini yutib olgan abonent Malibu avtomobilini ham yutib olish imkoniyatiga ega.

Malibu avtomobili sohibini aniqlash uchun shaffof baraban va qog‘oz raqamlar ishlatiladi. Har bir raqamda bitta ID kod yozilgan. Raqamlarning umumiy soni barcha ishtirokchilar ID kodlarining umumiy soniga teng.

Barcha raqamlar umumiy shaffof barabanga joylanadi. Raqamlar solingan baraban sahnaga o‘rnatilgan.

Boshlovchi sahnadagi shaffof baraban yoniga zaldan tasodifiy tomoshabinni taklif qiladi. Baraban aylantiriladi va tomoshabin tasodifiy tarzda undan bitta raqamni oladi. Raqamda ko‘rsatilgan ID kod yutuqli hisoblanadi. Yutuqli ID kod egasi bo‘lgan abonent aksiya g‘olibi – Malibu avtomobilining sohibi sanaladi. Raqam ekranda yirik planda ko‘rsatiladi.

Malibu avtomobilining sohibi aniqlanganidan so‘ng boshlovchi u bilan telefon orqali bog‘lanadi.

G‘olib bilan aloqaga chiqish uchun yutuqli ID kodga muvofiq abonent raqami bo‘yicha 3 (uch) marotaba qo‘ng‘iroq qilinadi. G‘olib bilan muvaffaqiyatli aloqa o‘rnatilganidan so‘ng, boshlovchi tovush balandlatish orqali g‘olibni tabriklaydi.

5. G‘oliblarni aniqlash keng jamoatchilikni jalb qilish va video-yozuvdan foydalanish orqali amalga oshiriladi.

6. Aksiya g‘oliblarini aniqlash jarayoni Mustaqil komissiya tomonidan kuzatib boriladi.

Aksiya G‘oliblarini tabriklash marosimlari  “UMS” MCHJ tomonidan qo‘shimcha ravishda belgilangan joylarda o‘tkaziladi. Marosimlarning o‘tkazilish joyi, sanasi va vaqti Aksiya ishtirokchilariga www.mobi.uz saytida axborotni joylashtirish orqali qo‘shimcha tarzda xabar qilinadi.

Kompaniya g‘oliblar aniqlangan kundan boshlab 5 (besh) ish kuni davomida barcha g‘olib abonentlarga xabar beradi.

Sovrinlar tegishli hujjatlar rasmiylashtirilganidan so‘ng topshiriladi.

Yutuqlarni qabul qilish tartibi, muddati, joyi va shartlari

1. Aksiya g‘oliblari uning yakunlari e’lon qilingan kundan boshlab 25 (yigirma besh) ish kuni davomida yutuqni rasmiylashtirish uchun barcha zarur hujjatlarni (6-bandga qarang) taqdim etishlari shart.

2. Kompaniya yutuq hujjatlar asosida rasmiylashtirilgan kundan boshlab 3 kalendar oyi davomida aksiya G‘oliblariga sovrinlarni topshirishi shart.

3. Yutuq faqatgina nomiga abonent raqami rasmiylashtirilgan va yutuqli ID kod berilgan Aksiya G‘olibi – jismoniy shaxsga topshiriladi.

4. Avtomobil  “UMS” MCHJ nomidan Aksiya G‘olibi – jismoniy shaxsning nomiga qayta rasmiylashtirish orqali taqdim etiladi. Notarial idorada hamda DYHXX idoralarida egalik huquqini rasmiylashtirish bo‘yicha barcha harajatlar G‘olibning mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. Notaril idora “UMS” MCHJ tomonidan tanlanadi.

5. G‘oliblar yutuqlarni faqat Toshkent shahrida, Amir Temur shoh ko‘chasi, 24-uy manzilida joylashgan “UMS” MCHJ ofisiga murojaat qilish orqali qabul qilishlari mumkin.

Agar G‘olib (1-bandga qarang) Toshkent shahridagi “UMS” MCHJ ofisiga (Amir Temur shoh ko‘chasi, 24-uy) yutuqni olish maqsadida belgilangan muddatda murojaat qilmasa, “UMS” MCHJ yutuqni topshirishdan bosh tortishga haqli. Bunday holatda yutuq “UMS” MCHJ egaligida qoladi va takroran o‘ynalmaydi.

6. G‘olib yutuqni qabul qilishdan avval shaxsan Toshkent shahridagi “UMS” MCHJ ofisiga (Amir Temur shoh ko‘chasi, 24-uy) murojaat qilib, quyidagilarni taqdim etishi kerak:

  • O‘zR fuqarosi pasportining asl nusxasi (yoki O‘zbekiston Respublikasi rezidenti pasporti yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning shaxsni tasdiqlovchi hujjati);

  • STIR;

  • O‘zR Soliq kodeksining 189-moddasiga binoan jismoniy shaxslarning daromadidan ushlab qolinadigan soliqlarni G‘olibning o‘zi to‘lashi haqidagi yozma ariza;

  • Abonent (Aksiya G‘olibi) va “UMS” MCHJ o‘rtasidagi abonent shartnomasi;

  • yaqin qarindoshlari to‘g‘risida ma’lumotlar. Da’vogar (Aksiya g‘olibi) tegishli shaklni to‘ldirish orqali yaqin qarindoshlari (ota-onasi, aka-ukalari va opa-singillari, turmush o‘rtog‘i, farzandlari, jumladan boqib olinganlari, shuningdek, turmush o‘rtoqlarining ota-onalari, aka-ukalari va opa-singillari) haqida ma’lumotni taqdim etishi shart;

  • intervyu, foto va video suratga olishda ishtirok etishga hamda shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanishga rozilik.

Da’vogar (Aksiya g‘olibi) hamda “UMS” MCHJ bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan yoki  “UMS” MCHJ  bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma imzolagan shaxslar o‘rtasida qarindoshlik aloqalari aniqlangan taqdirda, shuningdek noto‘g‘ri ma’lumot berilganiligi fosh etilgan holda, Yutuq topshirilmaydi.

Da’vogar tomonidan noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etilgani Aksiya doirasida yutuq topshirilganidan so‘ng ma’lum bo‘lsa, Kompaniya Aksiya natijalarini bekor qilish va yutuq qaytarilishini talab qilish huquqiga ega. Yutuqni asl holida qaytarish imkoni mavjud bo‘lmagan holda, yutuqning qiymati pul shaklida qaytariladi.

G‘olib avtomobildan foydalanish vaqtida unga zarar yetkazgan bo‘lsa, yetkazilgan zarar qoplab berilishi shart.

7. Kompaniya quyidagi holatlarda Aksiya g‘olibining natijalarini bekor qilish huquqiga ega:

  • G‘olibning Aksiyada ishtirok etish shartlariga muvofiq emasligi aniqlanganida;

  • Ushbu Qoidalarning 7-bandida ko‘rsatilgan zarur hujjatlarni taqdim etilmaganida/taqdim etishdan bosh tortilganida;

  • G‘olib tomonidan ushbu Qoidalarning 7-bandida ko‘rsatilgan zarur hujjatlarda yolg‘on ma’lumot taqdim etilgani oshkor bo‘lganida.

  • Aksiya natijalari bekor qilingan taqdirda yutuq “UMS” MCHJ egaligida qoladi va takroran o‘ynalmaydi.

8. G‘olib yutuqni rasmiylashtirish/qabul qilish vaqtida Abonent to‘g‘risidagi shaxsiy ma’lumotlar va Sovrin haqidagi batafsil axborot ko‘rsatilgan (yutuqni rasmiylashtirish/qabul qilish jarayoni bilan bog‘liq) barcha zarur hujjatlarni imzolashi shart.

Aksiya G‘olibining zarur hujjatlarni imzolashdan va/yoki boshqa yuridik jihatdan ahamiyatli hatti-harakatlarni amalga oshirishdan, jumladan yutuqlarni qabul qilish uchun talab etilgan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortishi G‘olibning yutuqni olishdan bosh tortishi sifatida baholanadi.

9. “UMS” MCHJ soliqlarni to‘lash, notarial rasmiylashtirish hamda DYHXX idoralarida egalik huquqini rasmiylashtirish bo‘yicha harajatlarni to‘lash majburiyatlarini o‘z zimmasiga olmaydi.

10. “UMS” MCHJ yutuqni pul ekvivalentida yoki Aksiya yutuq jamg‘armasida nazarda tutilmagan boshqa shaklda topshirish majburiyatini olmaydi.

11. Agar Aksiya G‘olibi Toshkent shahrida istiqomat qilmasa, “UMS” MCHJ G‘olibning Toshkent shahriga kelishi (Toshkent shahrigacha va ortga qaytish, mehmonxonada joylashtirish, ovqatlantirish va h.k.), shuningdek yutuqni g‘olibning yashash manziliga yoki boshqa joyga yetkazilishi bo‘yicha harajatlarni qpolash majburiyatiga ega emas.

12. Aksiya G‘olibi istalgan sabablarga ko‘ra yutuqni talab qilmagan yoki undan bosh tortgan taqdirda, yutuq “UMS” MCHJ  egaligida qoladi. Talab etilmagan sovrinlar takroran o‘ynalmaydi.

13. G‘olib mazkur Qoidalarning barcha talablari va shartlarini bajarmagan taqdirda, “UMS” MCHJ yutuqni berishdan voz kechish huquqiga ega.

14. “UMS” MCHJ quyidagilar uchun javobgar emas:

  • ishtirokchilarda www.mobi.uz saytida joylashtirilgan g‘oliblar ID ro‘yxati bilan tanishish imkoni mavjud emasligi;

  • qo‘ng‘iroq qilish va/yoki SMS-xabar yuborish vaqtida g‘olibning yutuqli ID kodi berilgan abonent raqami bandlangan holatda bo‘lganligi;

  • ishtirokchilarning aybi yoki boshqa sabablarga ko‘ra Yutuqlarni olish uchun zarur ma’lumotlar/hujjatlar topshirilmagani/ o‘z vaqtida topshirilmagani;

  • Aksiya ishtirokchilari tomonidan Yutuqlarni olish qoidalarida nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmagani (o‘z vaqtida bajarilmagani);

  • Yutuqlar talab etilmagani yoki ularni olishdan bosh tortilgani sababli, Aksiya G‘oliblari tomonidan ularning qabul qilinmagani;

  • Uchinchi shaxslar va/yoki fors-major holatlari tufayli G‘oliblarga yutuqlarni topshirish bo‘yicha majburiyatlarni bajarish imkoni bo‘lmaganligi.

15. Yutuqli aksiya g‘olibi avtomobil kuzoviga tushirilgan MOBIUZ savdo belgisi va logotipini avtomobilni olgan sanadan boshlab kamida 6 oy davomida o‘chirmasligi shart.

IZOHLAR

1. Aksiyada qatnashgan hamda shaxsiy va aloqa ma’lumotlarini taqdim etgan Ishtirokchi o‘zining shaxsiy aloqa manzillariga (abonent raqamiga), jumladan ijtimoiy xarakterdagi saytlarga ishtirokchilarning qo‘shimcha roziligini olmasdan va unga hech qanday mukofot to‘lanmagan holda, taqiqlanmagan shakldagi qo‘ng‘iroqlar, foto, video, matnli xabarlar ko‘rinishidagi reklama xabarlarining yuborilishi bo‘yicha Kompaniyaga huquq va o‘z roziligini beradi.

2. Aksiya ishtirokchilari Aksiyada qatnashish hamda ushbu Hujjatda belgilangan muddatla yutuqlarni qabul qilish bilan bog‘liq barcha hatti-harakatlarni bajarishlari shart.

3. “UMS” MCHJ ushbu Qoidalarda belgilangan shartlar va muddatlarga muvofiq ravishda Aksiya g‘oliblari – Aksiya yutuq jamg‘armasi sohiblarini aniqlash jarayonini o‘tkazishi va ularga sovrinlarni taqdim etishi shart.

4. “UMS” MCHJ Aksiya ishtirokchisi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga berish huquqiga ega emas. Ushbu Qoidalar va O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

5. “UMS” MCHJ, ushbu Hujjatda ko‘rsatilgan holatlar yoki O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi talablaridan tashqari, Aksiya ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar yoki boshqa aloqaga kirishmaydi.

6. Ishtirokchi Aksiyada qatnashish orqali Aksiyaning Tasniflari, Muddatlari, Shartlari va Izohlari, shuningdek Yutuqlarni qabul qilish tartibi bilan to‘liq tanishganligi va roziligini tasdiqlaydi.

7. “UMS” MCHJ Aksiya qoidalariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish huquqiga ega. Aksiya shartlari o‘zgargan taqdirda,  “UMS” MCHJ tegishli ma’lumotni www.mobi.uz rasmiy saytida joylashtiradi.

Aksiya to‘xtatilgan holatda  “UMS” MCHJ www.mobi.uz rasmiy saytida tegishli xabarni joylashtirishi shart.

Ro'yxatga qaytish