Biz ijtimoiy tarmoqlarda
«Yozgi kayfiyat» aksiyasi!

Aksiyani o’tkazish davri: 2020 yilning 15 may sanasidan 15 iyul (shu jumladan) sanasigacha

Aksiyani o’tkazish davrida Mobi 70, Mobi 90, Mobi 110, Mobi 150, Mobi 70 Yillik, Mobi 90 Yillik, Mobi 110 Yillik, Mobi 150 Yillik tarif rejalaridagi barcha yangi abonentlar uchun xizmatlarning quyidagi to'plamlari taqdim etiladi:

1-jadval

Tarif rejasi

Daqiqalar bonusi

(faollashtirilgan paytdan boshlab 2 oy muddat davomida)

MB bonusi

( faollashtirilgan paytdan boshlab 2 oy muddat davomida har oy)

Mobi 70,

Mobi 70 Yillik

O’zbekiston bo’yicha barcha tarmoqlarga UNLIM

2 000 MB

Mobi 90,

Mobi 90 Yillik

O’zbekiston bo’yicha barcha tarmoqlarga UNLIM

2 000 MB

Mobi 110,

Mobi110 Yillik

 -

Butun kun davomidagi 3 000 MB internet + 28 000 MB tungi internet

Mobi 150,

Mobi 150 Yillik

Butun kun davomidagi 10 000 MB internet + 60 000 MB tungi internet


Aksiyani o’tkazish davrida Mobi 70, Mobi 90, Mobi 110, Mobi 150, Mobi 70 Yillik, Mobi 90 Yillik, Mobi 110 Yillik, Mobi 150 Yillik tarif rejalaridagi barcha yangi abonentlarga xizmat ulanish paytida avtomatik ravishda taqdim etiladi.

Mobi 70, Mobi 90, Mobi 110, Mobi 150, Mobi 70 Yillik, Mobi 90 Yillik, Mobi 110 Yillik, Mobi 150 Yillik tarif rejalariga 15.05.2020y. sanasigacha ulangan, amaldagi abonentlar xizmatni *162# USSD-buyrug'i yordamida faollashtirishlari mumkin.   

Ko'rsatib o'tilgan tariflarga 15.07.2020y (shu jumladan) sanasigacha o'tgan abonentlar uchun ham, xizmatni USSD-buyruq yordamida ulash imkoniyati  mavjud.

Qoldiqni tekshirish uchun USSD-buyruq: *102*0#.

«Yozgi kayfiyat» aksiyasi doirasida xizmat faollashtirilganda, xizmat ulangan paytdan boshlab 2 oy muddatga tarifni o’zgartirishga taqiq o’rnatiladi.

Izohlar:

  • Mobi 70, Mobi 90, Mobi 70 Yillik, Mobi 90 Yillik tarif rejalari uchun «Yozgi kayfiyat» xizmati cheksiz daqiqalar va megabaytlar to’plamidan tashkil topgan bo’ladi.

  • Mobi 110, Mobi 150, Mobi 110 Yillik, Mobi 150 Yillik tarif rejalari uchun «Yozgi kayfiyat» xizmati butun kun davomidagi va tungi megabayt to’plamlaridan tashkil topgan bo’ladi.

  • «Yozgi kayfiyat» xizmatining megabayt to’plami ulanish paytidan boshlab ikki oy davomida, har oy (1 kalendar oyiga) to’liq hajmda taqdim etiladi. Ushbu to’plamlar tarif rejasiga kiritilgan va/yoki bir martalik oylik internet to’plamlardagi megabaytlar bilan qo'shilmaydi.

  • «Yozgi kayfiyat» xizmati bo’yicha cheksiz daqiqalar ulanish paytidan boshlab 2 kalendar oylik muddatga beriladi. Ushbu xizmat ulanganda O’zbekiston bo’yicha chiquvchi qo’ng’iroqlar tariflanmaydi.

  • Butun kun davomidagi to’plamdagi internet trafikning sarflanish tartibi: Kunlik to’plam> Haftalik to’plam> Tarif rejasi doirasidagi trafik> OnNet trafigi> barcha boshqa to'plamlar ( xarid qilingan bir martalik internet to’plamlar, promo internet to'plamlar, saqlab qolish bo'yicha to'plamlar va boshq.) -> «Yozgi kayfiyat» aksiyasi bo’yicha trafik.

Tungi to’plamdagi internet trafikning sarflanish tartibi: Xarid qilingan tungi internet to’plamdagi trafik> «Yozgi kayfiyat» tungi to’plamining trafiki > tarif rejasi doirasidagi trafik> OnNet xizmati doirasidagi trafik> Xarid qilingan bir martalik internet to’plamning trafiki.

  • «Yozgi kayfiyat» xizmati ulangan holatda «Super 0» xizmatidan foydalanish mumkin.

«Super 0» xizmati mavjud bo’lgan holatda tarmoq ichidagi daqiqalarning sarflanish tartibi: IVR-qo'ng'iroqlar bo'yicha to'plamlar > HVPC uchun to’plamlar> «Super 0» xizmati > «Yozgi kayfiyat» xizmati > boshq. (shu jumladan tarif bo'yicha daqiqalar ham).

  • «Yozgi kayfiyat» aksiyasi bo’yicha cheksiz daqiqalar mavjud bo’lgan holatda «Konferens aloqa» xizmati ishlamaydi.

  • Aksiyada ishtirok etayotgan abonent, tarif rejasini faqat «Yozgi kayfiyat» xizmati o’chirilgandan keyin o’zgartirishi mumkin.

  • Xizmat ulanish paytidan boshlab to’liq ikki oy muddat o’tgandan keyin avtomatik ravishda o’chadi. Abonent, *162*0# USSD-buyrug’i yordamida, xizmatni ushbu muddat tugashidan oldin,mustaqil ravishda o’chirishi mumkin.

Ushbu holatda aksiya doirasida berilgan megabayt va unlim daqiqalar bekor qilinadi. Xizmatni qaytadan faollashtirish imkoniyati mavjud emas.

«Yozgi kayfiyat» xizmatini boshqa usullar (USSD-buyruqdan tashqari) yordamida o’chirish imkoniyati– mavjud emas.

Ro'yxatga qaytish