Biz ijtimoiy tarmoqlarda
«Konstitutsiya bo‘yicha bilimlaringizni sinab ko‘ring!» tanlovi

Tanlov tashkilotchisi: «UMS» MChJ («Mobiuz» SB).

O‘tkaziladigan hudud: O‘zbekiston Respublikasi.

Tanlov o‘tkazilish muddatlari:

Tanlov 2020-yil 8-15 dekabr kunlari 1-jadvalga muvofiq o'tkaziladi:

1-jadval

Faollik sanasi

Faollik nomi

1

8 dekabr

Tanlov boshlanishi, javoblarni qabul qilishni boshlash

2

11 dekabr yakunigacha

Javoblarni qabul qilishni yakunlash

3

14 dekabr

Natijalarni tekshirish va ishtirokchilarni tanlash

4

15-dekabr

Tasodifiy g'oliblarni aniqlash

Tanlov ishtirokchilari

Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi horijiy fuqarolar va fuqaroligi yo‘q shaxslar ishtirok etishi mumkin.

Quyidagi toifalarga kiruvchilar fototanlovda ishtirok eta olmaydi:

-   Ishtirok etish vaqtida 18 yoshga to‘lmagan jismoniy shaxslar;

-   O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilmaydigan shaxslar;

-  «UMS» MChJda ishlaydigan (mehnat munosabatlari bo‘lgan) jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;

-  «UMS» MChJ bilan fuqarolik huquqiy tusga ega shartnoma tuzgan jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;

-  «UMS» MChJning tijorat vakillari hamda ularning ishchilari (dilerlar, dilerlarning ishonchli vakillari, operatorlar va h.k.) hamda ularning yaqin qarinloshlari.

Tanlov tavsifi va shartlari

«Konstitutsiya bo‘yicha bilimlaringizni sinab ko‘ring!» tanlovi “UMS” MChJ’ning Facebook, Instagram, “Одноклассники”, “ВКонтакте”, Twitter’dagi sahifalarida hamda Telegram messenjerida o‘tkaziladi.

Tanlov boshlanishidan oldin “UMS” MChJ rasmiy sahifalarining administratorlari (keyingi o‘rinlarda Administratorlar deb yuritiladi) so‘rovnomani https://onlinetestpad.com maxsus test tizimiga joylashtiradi.

Tanlov boshlanadigan kuni (8-dekabr) Administratorlar “OnlineTestPad” xizmatiga (https://onlinetestpad.com) havola bilan tanlov postini joylashtiradilar. Tanlovda ishtirok etish uchun ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari so‘rovnoma sahifasiga kirib, javob variantlaridan birini tanlab, 10 ta savolga javob berishlari, o'zlarining aloqa ma'lumotlarini maxsus shaklda ko'rsatishlari va keyin "Yakunlash" tugmachasini bosishlari kerak. Ishtirokchining javobi avtomatik ravishda savollarga javob bergan foydalanuvchilarning umumiy ma'lumotlar bazasiga kiritiladi.

Har bir to'g'ri javob uchun foydalanuvchi 1 ball, noto'g'ri javob uchun 0 ball oladi. Foydalanuvchi to'plashi mumkin bo'lgan maksimal ball – 10 ball.

12-dekabr soat 00:00 da so‘rovnomaga kirish yopiladi, yangi foydalanuvchilar endi tanlovda qatnashish uchun ariza bera olmaydilar.

G'oliblarni aniqlash tartibi

14-dekabr kuni Administratorlar foydalanuvchi javoblarini Excel fayliga yuklaydi va test natijalarini tekshiradi. Shu bilan birga, 0 dan 9 ballgacha to'plagan foydalanuvchilar sovrinli o'yinlarda qatnashishdan chetlashtiriladi. 10 ta savolning barchasiga to'g'ri javob bergan (10 ball to'plagan) foydalanuvchilargina sovrinlarga da’vogar bo‘lishi mumkin.

G'oliblarni aniqlash 15-dekabr kuni Youtube xizmatining online efirida Randomus randomayzeri (https://randomus.ru) yordamida amalga oshiriladi. Buning uchun Administratorlar randomayzerga tanlov ishtirokchilarining tartib raqamlarini (1dan ishtirokchilar soniga teng songacha) ko'rsatadilar. Randomayzer xizmati tasodifiy g'olibning tartib raqamini aniqlab beradi.

Administratorlar yuqoridagi amallarni uch marta bajaradilar. Birinchi navbatda uchinchi o'rin egasining tartib raqami, ikkinchi navbatda - ikkinchi va uchinchi navbatda - birinchi o'rin sohibi aniqlanadi. Har safar Administratorlar ishtirokchining Excel faylida ishtirokchining tartib raqamini topadi va g'oliblar ismlarini va ularning mintaqalarini e'lon qiladi.

Komissiya tanlov g'oliblarini aniqlashni nazorat qiladi.

Tanlov shartlari

Sovrinli o'rin

Sovrin nomi*

1-o‘rin

Xiaomi Mi 9 Lite smartfoni va Xiaomi Bluetooth-quloqchini

2-o'rin

Amazfit Bip smart soati va Proda 10 000 mAs Powerbank

3-o‘rin

Mi Band smart-brasleti va Proda 10 000 mAs Powerbank

*Tanlov sovrinlari pul ko‘rinishida berilmaydi va ularni boshqa sovrinlar bilan almashtirish mumkin emas.

Ishtirokchilar qo‘yiladigan talablar

1. Tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun foydalanuvchilar tanlovning 10 ta savoliga to'g'ri javob berishlari, shuningdek to'liq ismlaini, aloqa raqamini, yashash joyini to'g'ri ko'rsatishlari kerak).

To'liq ismini va/yoki aloqa raqamini ko'rsatmagan ishtirokchilar tanlovda qatnashishdan chetlashtiriladi.

Uchinchi shaxslarning to'liq ismini yoki aloqa raqamlarini taqdim etgan ishtirokchilarga, agar ular g'olib bo'lsa, sovrinlar taqdim etilmaydi. Bunday holda, sovrin yana o'ynalmaydi va Kompaniya ixtiyorida qoladi.

2. Bitta foydalanuvchi tanlovda takroran ishtirok etishi aniqlangan taqdirda, u ishtirok etishdan chetlashtiriladi.

3. 0-9 ball to'plagan foydalanuvchilar o'yinda qatnashishdan chetlashtirilgandan so'ng:

- o‘yin ishtirokchilarining soni 3 taga teng yoki undan ko'p bo'lsa – o‘yin "G'oliblarni aniqlash tartibi" bandida nazarda tutilgan tartibda o'tkaziladi;

- ishtirokchilar soni 3 tadan kam bo'lsa yoki ular yo'q bo'lsa - sovrinli o'yinlar o'tkazilmaydi va tanlov o'tkazilmagan deb hisoblanadi.

OnlineTestPad so‘rovlar servisi haqida ma’lumot

OnlineTestPad – testlar o‘tkazish uchun maxsus platforma. «UMS» MchJning OnlineTestPad servisiga hech qanday aloqasi yo‘q, ushbu saytning serverlari va texnik imkoniyatlari uchinchi davlatlar hududida joylashgan, «UMS» MChJ g‘oliblarni aniqlash jarayoniga ta’sir ko‘rsata olmaydi.

Randomus randomayzeri haqida ma’lumot

Randomus – berilgan raqamlar diapazonidan tasodifiy raqamlarni aniqlash uchun servis. «UMS» MchJning randomus.ru servisiga hech qanday aloqasi yo‘q, ushbu saytning serverlari va texnik imkoniyatlari uchinchi davlatlar hududida joylashgan, «UMS» MChJ g‘oliblarni aniqlash jarayoniga ta’sir ko‘rsata olmaydi.

Sovrinlarni olish tartibi, muddatlari, joylari va shartlari

1. Tanlov sovrinini faqat jismoniy shaxs –tanlov G‘olibi qo‘lga kiritishi mumkin.

2. Quyidagi toifalarga kiruvchilar tanlov sovrinlarini qo‘lga kirita olmaydi:

  • Ishtirok etish vaqtida 18 yoshga to‘lmagan jismoniy shaxslar;

  • O‘zbekiston Respublikasi hududida yashamaydigan shaxslar;

  • «UMS» MChJda ishlaydigan (mehnat munosabatlari bo‘lgan) jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;

  • «UMS» MChJ bilan fuqarolik huquqiy tusga ega shartnoma tuzgan jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;

  • «UMS» MChJning tijorat vakillari hamda ularning ishchilari (dilerlar, dilerlarning ishonchli vakillari, operatorlar va h.k.) hamda ularning yaqin qarinloshlari;

  • Agar tanlov sovriniga da’vogar bo‘layotgan shaxs yuqorilagi toifalardan biriga kirsa, sovrin kompaniya tasarrufida qoladi. G‘oliblar qayta aniqlanmaydi.

3. Zaruriy hujjatlarni oldindan rasmiylashtirish uchun g‘oliblar tanlov g‘oliblari e’lon qilingan kundan boshlab 5 (besh) ish kuni davomida administratorlarga 5-bandda ko‘rsatilgan hujjatlarning elektron (skan) talqinini yuborishi kerak. Agar talab qilinayotgan birorta hujjat yetishmasa, g‘olibga 15 kun muddatda oshmagan vaqt davomida ushbu hujjatlarni tegishli tartibga keltirish huquqi beriladi.

4. Sovrinlarni ko‘lga kiritish uchun g‘oliblar sovrinlarni olib ketishlari uchun taklif qilingandan keyin 10 (o‘n) ish kuni davomida kompaniyaning quyidagi ofislaridan biriga murojaat qilishlari mumkin:

Hudud

XKM nomi

Manzil

Toshkent shahri

Markaziy ofis

Toshkent sh., Yunusobod tumani, Amir Temur shox ko‘chasi, 24

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Nukus shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus sh., To‘rtko‘l katta ko‘chasi, 138 «A» uy

Andijaon viloyati

Andijon shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Andijon viloyati, Andijon sh., Boburshox ko‘chasi, 13-v uy

(mo‘ljal: «Xolis» savdo markazining ro‘parasi)

Buxoro viloyati

Buxoro shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Buxoro viloyati, Buxoro sh., Xofiz Tonish Buxoriy ko‘chasi, 10-uy

Jizzax viloyati

Jizzax shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Jizzax viloyati, Jizzax sh., Sh.Rashidov ko‘chasi

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Qashqadaryo viloyati, Qarshi sh., O‘zbekiston ko‘chasi, 221 uy

Navoiy viloyati

Navoi shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Navoiy viloyati, Navoiy sh., Navoiy ko‘chasi, 11 uy

Namangan viloyati

Namangan shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Namangan viloyati, Namangan sh., Nodira ko‘chasi, 1 uy

Samarqand viloyati

Samarqand shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Samarqand viloyati, Samarqand sh., Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 105 uy

Surxondaryo viloyati

Termiz shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Surxondaryo viloyati, Termiz sh., G.Xusanov ko‘chasi, 32 «A» uy

Sirdaryo viloyati

Guliston shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Sirdaryo viloyati, Guliston sh., Birlashgan ko‘chasi, 68 uy

Toshkent viloyati

Chirchiq shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Toshkent viloyati, Chirchiq sh., Alisher Navoiy shox ko’chasi, 13 uy

Xorazm viloyati

Urganch shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Xorazm viloyati, Urganch sh., Al Xorazmiy ko‘chasi, 101 uy

Farg‘ona viloyati

Farg‘ona shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Farg‘ona viloyati, Farg‘ona sh., Sayilgoh ko‘chasi, 26 uy

5. Sovrinlarni qo‘lga kiritish uchun g‘olib Xizmat ko‘rsatish markazlarining biriga murojaat qilib, qo‘yilagi hujjatlarni taqdim etishi shart:

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining asl nushasini;

  • STIR;

  • Shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i;

  • yutib olingan sovrin soliq idoralari tomonidan soliqlarga tortilishi hamda g‘olib ushbu soliqlarni o‘zi to‘lab berishga rozi ekanligini tasdiqlagan ariza (ofisda to‘ldiriladi).

6. Sovrinlar bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirishda g‘olib barcha hujjatlarga imzo qo‘yishi kerak. Zaruriy hujjatlarning barchasiga yoki bittasiga imzo qo‘yishdan bosh tortish sovrin olishdan bosh tortish, deya baholanadi.

7. Agar g‘olib sovrinlar olish tartibi bo‘yicha barcha talab va shartlarni bajarmasa, shu jumladan belgilangan muddatlarda sovrinni olib ketgani kelmasa, sovrin kompaniya tasarrufida qoladi.

8. «UMS» MChJ sovrinlar bo‘yicha soliqlarni to‘lash majburiyatini olmaydi.

9. «UMS» MChJ quyidagilar bo‘yicha javobgar emas:

  • sovrinlarni olish bo‘yicha zaruriy hujjatlar g‘oliblar tomonidan har qanday sabablarga ko‘ra vaqtida taqdim etilmasa;

  • ushbu qoidalarda belgilangan talablarni fototanlov ishtokchilari bajarmasa;

  • g‘olib sovrinni olgani kelmasa yoki uni olishdan bosh tortsa.

Boshqa shartlar:

1. «UMS» MChJ lizaonair.com g‘oliblarni aniqlash servisi faoliyati bo‘yicha hech qanday majburiyatlarni o‘z bo‘yniga olmaydi.

2. Ishtirokchi akkauntidan bajarilayotgan barcha harakatlar u tomonidan bajarilmoqda, deya qabul qilinadi. «UMS» MChJ ishtirokchini tanlovda chetlatilishiga olib kelgan hatti-harakatlarini uchun javobgar emas, shu jumladan ishtirokchi profilidan uning roziligi yoki roziligisiz kimdir foydalangan bo‘lsa va h.k.

3. Tanlovda ishtirok etayotgan ishtirokchi agarda tanlov tashkilotchi tomonidan bekor qilinsa yoki uning shartlari o‘zgarsa, tashkilotchi hech qanday harajatlarni qoplab bermasligiga rozilik bildiradi.

4. Sovrinlarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar «UMS» MChJ iltimosiga ko‘ra reklama maqsadlarida intervyu berishlari, foto va video suratlarga tushishlari mumkinligiga, intervyu, foto va video suratlar natijalari «UMS» MChJ tomonidan foydalanilishiga, shuningdek, sovrinlarni topshirish uchun «UMS» MChJ ularning shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berilishiga rozilik berishadi.

5. Yuqorida belgilab o‘tilgan tadbirlarda ishtirok uchun «UMS» MChJ g‘oliblarga qo‘shimcha haq to‘lamaydi, ushbu tadbirlar natijasida yaratilgan materiallar bo‘yicha huquqlar «UMS» MChJga tegishli (agar boshqa hollar «UMS» MChJ va g‘olib o‘rtasida yozma ravishda belgilanmagan bo‘lsa).

6. Ishtirokchilar tanlovda ishtirok va sovrinlar olish bilan bog‘liq barcha hatti-harakatlarni ushbu hujjatda belgilangan muddatlarda bajarishi shart.

7. «UMS» MChJ uchinchi shaxslarga tanlov ishtirokchilari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishga haqli emas (tanlovda va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan holatlar bundan mustasno).

8. Tanlovda ishtirok etar ekan, ishtirokchi tanlovning shartlari, muddatdari, qoidalari va izohlari, tanlov sovrinlarini olish tartibi bilan tanishganligini tasdiqlaydi.

9. Tanlov g‘oliblari «UMS» MChJ ularning shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanishiga, shu jumladan ularga ishlov berishiga rozilik beradi. Ishlov berish tushunchasi ostida g‘oliblar haqida ma’lumotni to‘plash, tizimlashtirish, yig‘ib borish, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), foydalanish, shaxsizlantirish, bandlash va o‘chirib tashlash tushuniladi.

 

Ro'yxatga qaytish