Biz ijtimoiy tarmoqlarda
«Bayramona taklif+» aksiyasi!

Aksiyani o‘tkazish davri: 2021-yil 10-sentabrdan 30-sentabrgacha (shu jumladan).

Aksiyani o‘tkazish davrida, jismoniy shaxslarga ko‘rsatib o‘tilgan tarif rejalarida alohida toifadagi raqamlarni ulash, quyidagi narxlar bo‘yicha amalga oshiriladi:





Tarif rejasining nomi

Gold

aksiyasiz narxi

2 000 000 so‘m

Super Gold

aksiyasiz narxi

5 000 000 so‘m

Platinum Light

aksiyasiz narxi

10 000 000 so‘m

Platinum 

aksiyasiz narxi

25 000 000 so‘m

Platinum Plus

aksiyasiz narxi

40 000 000 so‘m

Super Platinum

aksiyasiz narxi

50 000 000 so‘m

Aksiya doirasidagi chegirmalar 40%, 70%

Aksiya doirasidagi chegirmalar 40%, 80%

Aksiya doirasidagi chegirmalar 40%, 70%

Aksiya doirasidagi chegirma 80%

Aksiya doirasidagi chegirma 80%

Aksiya doirasidagi chegirma 80%

Mobi 110 Yillik

1 200 000 so‘m

3 000 000 so‘m

6 000 000 so‘m

5 000 000 so‘m

8 000 000 so‘m

10 000 000 so‘m

       

Mobi 150 Yillik

600 000 so‘m

1 000 000 so‘m

3000 000 so‘m

5 000 000 so‘m

8 000 000 so‘m

10 000 000 so‘m

Aksiyaning shartlari:

«Bayramona taklif+» aksiyasi doirasida chegirmalar bilan ulanganda, alohida toifadagi raqamlarga ulanish bo‘yicha boshqa chegirmalardan foydalanishning imkoniyati mavjud emas.

Gold, Super Gold, Platinum Light, Platinum, Platinum Plus, Super Platinum toifasidagi abonent raqamlariga aksiya doirasida, MOBIUZ shaxsiy ofislari va dilerlarning ofislarida Mobi 110 Yillik, Mobi 150 Yillik tarif rejalariga ulanish imkoniyati mavjud.

Tarif rejasini o‘zgartirishning shartlari:

1. Mobi 110 Yillik,  Mobi 150 Yillik tarif rejalarida, «Bayramona taklif+» aksiyasi doirasida, Gold, Super Gold, Platinum Light, Platinum, Platinum Plus, Super Platinum toifalaridagi abonent raqamlari ulanganda, tarif rejasini chegirmani bekor qilmagan va taqdim qilingan chegirmanning qiymatini hisoblamagan holda abonent to‘lovi kamroq bo‘lgan tarif rejasiga o‘zgartirish imkoniyati ikkita: 1-ulanish paytidagi, 2- ikkinchi yil uchun abonent to‘lovlari yechilgandan keyin mavjud bo‘ladi.

2. Mobi 110 Yillik,  Mobi 150 Yillik tarif rejalarida, «Bayramona taklif+» aksiyasi doirasida Gold, Super Gold, Platinum Light, Platinum, Platinum Plus, Super Platinum toifalaridagi abonent raqamlari ulanganda, tarif rejasini abonent to‘lovi ko‘proq bo‘lgan tarif rejasiga o‘zgartirish imkoniyati mavjud.  

3. Tarif rejasini o‘zgartirish uchun abonent, shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi bo‘lgan holda, «UMS» MChJ shaxsiy ofisiga tegishli ariza bilan murojaat qilishi yoki call-markazga qo‘ng‘iroq qilishi zarur.

Aksiya doirasida ulangan raqamni bekor qilishning shartlari:

  • «Bayramona taklif+» aksiyasi doirasida ulangan Gold, Super Gold, Platinum Light, Platinum, Platinum Plus yoki Super Platinum toifalaridagi abonent raqami tarif bo‘yicha 2-yil uchun abonent to‘lovi muvaffaqiyatli YECHILISHIGACHA bekor qilinganda – taqdim qilingan chegirma miqdoriga teng qiymat undirib olinadi. Raqamni faqat Mobiuz shaxsiy ofisida bekor qilish mumkin.

  • Raqamni 2-yil uchun abonent to‘lovi YECHILISHIGACHA bekor qilish, abonent balansida taqdim qilingan chegirma miqdoridagi mablag‘ mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi. Balans mazkur miqdordan kam bo‘lsa, raqamni bekor qilish imkoniyati mavjud emas.

  • Raqamni tarif bo‘yicha 2-yil uchun abonent to‘lovi yechilgandan KEYIN bekor qilishda, taqdim qilingan chegirma miqdoridagi qiymat hisoblanmaydi.


Umumiy shartlar:

1. Faqat yangi abonentlar uchun.

2. Narxlar barcha soliqlarni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.

3. Aksiya doirasida abonent- jismoniy shaxs dastlabki bo’nak to’lovini raqamni ro’yxatga olish paytida amalga oshirishi kerak.

4. Abonent- jismoniy shaxs aksiya doirasida, raqamni ro’yxatga olish paytida dastlabki bo’nak to’lovini amalga oshirmagan vaziyatda – ulanayotgan raqamli SIM-karta taqdim etilmaydi.

5. Agar raqam aksiyani o’tkazish davrida jismoniy shaxsga ro’yxatga olingan bo’lsa, lekin to’lov aksiya yakunlangandan keyin amalga oshirilsa, raqamning qiymati to‘liq miqdorda (aksiya bo‘yicha narxni hisobga OLMAGAN holda) hisoblanadi. Shu jumladan, abonentlik raqami aksiyaning oxirgi kunlarida ulangan, lekin to’lov 2021-yil 30-sentabrdan kechroq amalga oshirilsa,raqamning to‘liq qiymati (aksiya bo‘yicha narxni hisobga OLMAGAN holda) yechib olinadi.

6. Raqamlarni «Bayramona taklif+» aksiyasi doirasida o’rnatilgan narx bilan ulash, faqat maxsus tasdiqlangan ro’yxat bo’yicha amalga oshiriladi.

7. Kompaniya aksiyada ishtirok etmaydigan abonent raqamlari ro‘yxatini belgilash huquqini o‘zida saqlab qoladi.

8. Raqamlar soni – cheklangan.

9. Gold, Super Gold, Platinum Light, Platinum, Platinum Plus, Super Platinum toifasidagi raqamlar 30.09.2021 y. gacha tugab qolgan taqdirda, Aksiya muddatidan avval to‘xtatiladi.

  • Quyida keltirib o‘tilgan ro‘yxatlardagi abonent raqamlarini, «Bayramona taklif+» aksiyasi doirasidagi qiymati bo‘yicha faqat Mobi 110 Yillik, Mobi 150 Yillik tarif rejalariga ulash imkoniyati mavjud.

  • Ushbu raqamlarni "Alohida toifadagi raqam haqini qismlarga bo‘lib to‘lash" xizmati bilan ulash amalga oshirilmaydi.

  • Ro‘yxat 14.09.2021y. 09:00 da shakllantirilgan. Mazkur raqamlar ro‘yxati, e’lon qilingan paytdan boshlab va www.mobi.uz saytida joylashtirilish davri davomida, raqamlar abonentlar tomonidan ulanishi munosabati bilan qisqarishi mumkin.

  • Diqqat! Mazkur ro‘yxat axborot yetkazish xususiyatiga ega va Operator abonent Operator ofisiga murojaat qilgan paytda u yoki bu abonent raqamining mavjud bo‘lishini kafolatlamaydi va buning uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi. Raqam ulangan paytda (quyidagi ro‘yxatdan), abonent dastlabki bo‘nak to‘lovini (shu jumladan raqamni ulash narxi va tarif rejasining abonent to‘lovini) raqamni ro‘yxatga olish paytida, to‘liq hajmda amalga oshirishi kerak. Abonent raqamni ro‘yxatga olish paytida  dastlabki bo‘nak to‘lovining miqdorini to‘liq hajmda amalga oshirmagan vaziyatda, ulanayotgan raqamli SIM-karta taqdim etilmaydi.

Gold

Super gold

Platinum Light

Platinum

Platinum Plus

Super platinum

Ro'yxatga qaytish