Biz ijtimoiy tarmoqlarda
«Mobiuz’dan milliard!» aksiyasi

Aksiya boshlanishi: 05.12.2018 y. 

Aksiya yakunlanishi: 05.02.2019 y.

O‘tkazilish hududi:  O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlari.

“Mobiuz’dan milliard!” aksiyasi bo‘yicha pul sovrinlari hajmi:

Pul sovrini, so‘m

Sovrinlar soni

300 000 000

1

100 000 000

3

50 000 000

4

20 000 000

5

10 000 000

10

Jami:

23


Pul sovrinlari g‘oliblarga naqdsiz pul shaklida G‘oliblarbning bankdagi hisob raqamiga o‘tkazib berish yo‘li bilan taqdim etiladi. Bunda Kompaniya O‘zR amaldagi qonunchiligiga ko‘ra sovrin summasidan tegishli soliqlarni ushlab qoladi.

Aksiya ishtirokchilariga talablar:

  • Quyidagi talablarga mos keladigan “UMS” MChJ abonentlari Aksiyada ishtirok etishlari mumkin:
  • Mobiuz abonenti – jismoniy shaxs:

Yangi abonent sifatida “UMS” MChJ bilan aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasini tuzish orqali oyiga kamida 33 000 so‘mlik abonent to‘loviga ega tarif rejasiga ulanishi kerak. Ulanish mumkin bo‘lgan muddat - 05.12.2018 y. dan 05.02.2019 y. gacha. Bunda 12.02.2019 y. holatiga ko‘ra abonent raqami faol (bandlanmagan) bo‘lishi kerak.

Amaldagi abonent sifatida “UMS” MChJ bilan 05.12.2018 y.gacha aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasini tuzgan bo‘lishi kerak («Uzbekistan Pass 2000», «Uzbekistan Pass 5000» tarif rejalari abonentlari bundan mustasno). Bunda 12.02.2019 y. holatiga ko‘ra abonent raqami faol (bandlanmagan) bo‘lishi kerak;

  • Abonent oldindan to‘lov qilish (Prepaid) hisob-kitobi tizimiga asoslangan tarif rejasidan foydalanishi kerak;

  • Abonent raqami aksiya o‘tkazilish muddatida faol (bandlanmagan) bo‘lishi kerak;

  • G‘oliblar aniqlanadigan kuni abonentning raqami faol (bandlanmagan) bo‘lishi kerak.

  • Quyidagi toifalarga kiruvchi shaxslar Aksiya doirasida sovrinlarga egalik qilish huquqiga ega bo‘lmaydi:

    • Jismoniy shaxslar – “UMS” MChJ bilan mehnat shartnomasini tuzgan xodimlar, shuningdek, ularning yaqin qarindoshlari;

    • “UMS” MChJ bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma jismoniy shaxslar, shuningdek, ularning yaqin qarindoshlari;

    • “UMS” MChJ tijorat vakillari, ularning ishchilari (dilerlar, dilerlarning ishonchli vakillari, operatorlar va h.k.);

    • Yuridik shaxslar bo‘lgan abonentlar, shuningdek, «Uzbekistan Pass 2000», «Uzbekistan Pass 5000» tarif rejalari foydalanuvchilari;

    • Yuqorida belgilangan shartlarga to‘g‘ri kelmaydigan abonentlar.

Aksiyada ishtirok etish shartlari:

1.    Yangi abonentlar: Aksiya o‘tayotgan davrda jismoniy shaxs kamida 33 000 oylik abonent to‘loviga ega (jismoniy shaxslar uchun) tarif rejasiga ulanganda, unga avtomatik ravishda sovrinlar o‘yinida qatnash imkoni beriladi.

2.    Amaldagi va yangi abonentlar: Aksiya o‘tayotgan davrda “2019 MB” yoki “2019 daqiqa” to‘plamlaridan birini xarid qilgan abonentlarga sovrinlar o‘yinida qatnash imkoniyatini beriladi.

 “2019 MB” va “2019 daqiqa” to‘plamlarini jismoniy shaxslarga mo‘ljallangan har qanday tarif rejasida bo‘lgan yangi abonentlar ham, amaldagi abonentlar ham faollashtirishlari mumkin («Uzbekistan Pass 2000», «Uzbekistan Pass 5000» tarif rejalari bundan mustasno).

“2019 MB” yoki “2019 daqiqa” to‘plami har safar xarid qilinganda abonent Aksiya bo‘yicha imkoniyatlarni qo‘lga kiritadi. Abonent qancha ko‘p to‘plam xarid qilsa, uning imkoniyatlarni shunchalik ko‘p bo‘ladi.

 Agar abonent to‘lovi oyiga kamida 33 000 so‘m bo‘lgan tarif rejasiga ulangan abonent “2019 MB” yoki “2019 daqiqa” to‘plamlarini faollashtirsa, uni ulanganlik uchun bitta imkoniyatiga yana bitta imkoniyat qo‘shiladi. 

«2019 MB» to‘plamini faollashtirish:

  • USSD-buyruq – *102*2019#;

  • SMS-buyruq 616019 qisqa raqamiga 2019 ni yuborish.

MB qoldig‘ini tekshirish:

  • USSD-buyruq – *102#;

  • SMS-buyruq 616019 qisqa raqamiga 3 ni yuborish.

«2019 daqiqa» to‘plamini faollashtirish:

  • USSD-buyruq – *103*2019#;

  • SMS-buyruq 616020 qisqa raqamiga 2019 ni yuborish.

Daqiqa qoldig‘ini tekshirish:

  • USSD-buyruq – *103#;

  • SMS-buyruq 616020 qisqa raqamiga 3 ni yuborish.

“2019 MB” yoki “2019 daqiqa” to‘plamlarini faqat “Mobiuz’dan milliard!” aksiyas bo‘yicha ulash mumkin.

Aksiya bo‘yicha sovrinlarni qo‘lga kiritish uchun imkoniyatlar sonini tekshirish – *161#.

«2019 MB» va «2019 daqiqa» to‘plamalrini ulash va ulardan foydalanish shartlari:

  • “2019 MB” va “2019 daqiqa” to‘plamlarini jismoniy shaxslarga mo‘ljallangan har qanday tarif rejasida bo‘lgan abonentlar faollashtirishi mumkin («Uzbekistan Pass 2000», «Uzbekistan Pass 5000» tarif rejalari bundan mustasno).

  • “2019 MB” va “2019 daqiqa” to‘plamlari amal qilish muddati – faollashtirilgan kundan boshlab 30 kun.

  • Xarid qilingan “2019 MB” to‘plamlari hajmi abonentda mavjud oylik Internet-to‘plamlar hajmiga qo‘shiladi. Megabaytlarni amal qilish muddati oxirgi ulangan to‘plam muddatidan boshlab 30 kunga uzayadi.

  • Xarid qilingan “2019 daqiqa” to‘plamlari hajmi abonentda mavjud daqiqalar to‘plamlari hajmiga qo‘shiladi. Megabaytlarni amal qilish muddati oxirgi ulangan to‘plam muddatidan boshlab 30 kunga uzayadi.

  • Megabaytlarni sarflanish tartibi:

Kunlik to‘plam -> Haftalik to‘plam -> Tarif rejasi bo‘yicha MB -> OnNet to‘plamlari bo‘yicha MB -> Qolgan barcha to‘plamlar (xarid qilingan «2019 MB» to‘plami + bir martalik oylik Internet-to‘plamlar, promo to‘plamlar va boshqalari) -> «Mutlaqo cheksiz NEW!» xizmati bo‘yicha megabaytlar -> «Samsung» bilan aksiya bo‘yicha MB.

  • Daqiqalarni sarflanish tartibi:

Tarmoq ichida daqiqalar: IVR qo‘ng‘iroq bo‘yicha beriladigan daqiqalar > HVPC uchun to‘plamlar >  “Super 0” xizmati > «Mutlaqo cheksiz NEW!» xizmati bo‘yicha daqiqalar > boshqa daqiqalar (shu jumladan, tarif rejasi bo‘yicha daqiqalar, «2019 daqiqa» to‘plami va boshqa to‘plamlar).

Boshqa tarmoqlarga daqiqalar: «Mutlaqo cheksiz NEW!» xizmati bo‘yicha daqiqalar > “Multi to‘plamlar” aksiyasi bo‘yicha daqiqalar > boshqa daqiqalar (shu jumladan, tarif rejasi bo‘yicha daqiqalar, «2019 daqiqa» to‘plami va boshqa to‘plamlar).

 

Pullik sovrinlar g‘oliblarini aniqlash sanasi: 12.02.2019 y.

 

Aksiya doirasida "Silver” toifasidagi chiroyli raqamlar 100% chegirma bilan ham o‘ynalmoqda:

 


Alohida toifadagi raqam

Aksiya bo‘yicha yutuqli raqamlar soni

“Silver” toifasi

100

Jami:

100


"Silver” toifasidagi chiroyli raqamlar 2 ga bo‘lingan holda o‘ynaladi:

1-o‘yin 09.01.2019 y.da bo‘lib o‘tadi va unda 50 ta raqam o‘ynaladi. Unda 2018-yilning 5-dekabridan 2019-yilning 5-yanvarigacha bo‘lgan davrda shartlarni bajargan ishtirokchilar qatnashadi.

2-o‘yin 08.02.2019 y.da bo‘lib o‘tadi va unda qolgan 50 ta raqam o‘ynaladi. Unda 2019-yilning 6-yanvaridan 2019-yilning 5-fevraligacha bo‘lgan davrda shartlarni bajargan ishtirokchilar qatnashadi.

Tarifn rejasini tanlash

Ro'yxatga qaytish