Biz ijtimoiy tarmoqlarda
«Fursatdan foydalaning», «Fursatdan foydalaning V.2», «Fursatdan foydalaning V.3» aksiyalarining ishtirokchilari uchun tarifni o'zgartirish

«Fursatdan foydalaning», «Fursatdan foydalaning V.2», «Fursatdan foydalaning V.3»
aksiyalari doirasida ulangan abonentlar uchun.


«Fursatdan foydalaning», «Fursatdan foydalaning V.2», «Fursatdan foydalaning V.3» aksiyalari doirasida ulangan abonent, abonent to'lovi oyiga 90000 so'mdan boshlangan (shu jumladan, yillik tarifga ham) tarif rejasiga o'tishi mumkin. Buning uchun abonent o'zi bilan pasportning asl nusxasi bo'lgan holda, Mobiuz ofisiga ariza bilan murojaat qilishi kerak

Abonent to'lovi oyiga 90000 so'm yoki undan yuqori bo'lgan (shu jumladan, yillik tarifga ham) tarif rejasiga o'tgandan keyin, o'tish muddatidan boshlab 6 oy davomida tarifni o'zgartirish man etiladi.

Abonent to'lovi oyiga 90000 so'mdan kam bo'lgan tarif rejasiga o'tish- imkoniyati yo'q.

Tarifni o'zgartirish uchun abonentlik raqamining balansida o'tilayotgan tarif rejasining to'liq abonent to'lovi+tarifga o'tish narxiga teng bo'lgan mablag' bo'lishi kerak.

Agar abonentlik raqamining balansida kerakli miqdordagi mablag' bo'lmasa- tarif rejasini o'zgartirish amalga oshirilmaydi.

Tarifni o'zgartirish paytida avvalgi tarif rejasining abonent to'lovi qaytadan hisoblanmaydi va qaytarilmaydi. 

Ushbu tarifni o'zgartirish tartibi «Fursatdan foydalaning», «Fursatdan foydalaning V.2», «Fursatdan foydalaning V.3» aksiyalari doirasida alohida toifadagi raqamlarni ulagan va ulangan paytidan boshlab 23,5 oylik muddat o'tib ketmagan abonentlar uchun mo'ljallangan.

Ushbu tarifni o'zgartirish tartibi «Fursatdan foydalaning V.3» aksiyasi bilan haqini qismlarga bo'lib to'lash sharti bilan ulangan, Super Platinum toifasidagi abonent raqamlariga  taaluqli EMAS.


 
Ro'yxatga qaytish