«Qo‘shimcha!» aksiyasi

Chop etish versiyasi

Aksiyaning amal qilish davri:  03.05.2021y. dan 30.09.2021y. gacha (shu jumladan).

     «Mobi 25», «Mobi 30+», «Mobi 40», «GAP yo‘q», «GAP yo‘q Pro» tarif rejalariga ulanganda, abonentga  qo‘shimcha ravishda xuddi shunday tarif rejasiga yana bitta abonentlik raqamini, birinchi oy uchun abonent to‘lovining qiymatiga 100% chegirma taqdim qilish bilan ulash imkoniyati taqdim etiladi. 

  • Ikkinchi SIM-kartadagi tarifga kiritilgan daqiqa, SMS va MB to‘plamlari to‘liq hajmda beriladi.

  • Raqam faollashtirilgandan keyin, 24 soat davomida, tarif rejasini o‘zgartirish imkoniyati mavjud emas.

  • Ikkinchi SIM-kartani ulagan paytdan to‘liq bir oy muddat o‘tgandan so‘ng, barcha keyingi oylar/kunlar uchun abonent to‘lovi to‘liqligicha (chegirma taqdim etilmagan holda) hisoblanadi. Abonent to‘loviga kiritilgan daqiqa, SMS va MB to‘plamlari oy/kun uchun belgilangan to‘liq hajmda beriladi.

  • Tarif rejasi «Mobi 25», «Mobi 30+», «Mobi 40», «GAP yo‘q», «GAP yo‘q Pro» tariflaridan boshqalariga o‘zgartirilganda, yangi tarif bo‘yicha abonent to‘lovi to‘liqligicha to‘lanadi.