Aksiyaning amal qilish muddati: 20.11.2024 dan 31.12.2024 gacha (shu jumladan).
Aksiya faqat yangi ulanishlar uchun shaxsiy ofislarda va dilerlar ofislarida mavjud.
Abonentga «Jozibali 35», «Jozibali 50», «Kerakli 35», «Kerakli 45», «Kerakli 55», «Kerakli 70», «Xotirjam 40», «Xotirjam 60», «Xotirjam 80», «Xotirjam 100» tarif rejalari bo‘yicha ulanishda qo‘shimcha ravishda xuddi shunday tarif rejasida bo‘lgan yana bir abonent raqamini ulash imkoniyati taqdim etiladi va birinchi oylik abonent to‘lovi uchun 100% chegirma beriladi. Ikkinchi SIM-karta asosiy SIM-karta rasmiylashtirilgan abonentga rasmiylashtiriladi.
- Ikkinchi SIM-kartadagi tarif rejasiga kiritilgan MB paketlari, daqiqa va SMS-lar asosiy SIM-karta faollashtirilgan kundan boshlab to‘liq hajmda taqdim etiladi.
- Ikkinchi SIM-kartani ulashdan keyingi to‘liq oy tugagach, keyingi oylar/kunlar uchun abonent to‘lovi to‘liq miqdorda olinadi (chegirma taqdim etilmasdan). Abonent to‘loviga kiritilgan MB paketlari, daqiqa va SMS-lar oylik/kunlik to‘liq miqdorda beriladi.
- Aksiyada ishtirok etayotgan tarif rejasidan boshqa tarif rejasiga o‘tish amalga oshirilsa, yangi tarif rejasining abonent to‘lovi to‘liq miqdorda to‘lanadi. (Tarif rejasini o‘zgartirish faollashtirishdan so‘ng 24 soatdan keyin mumkin bo‘ladi).