Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Instagramda «Biz 10 yoshdamiz!» tanlovi

Tanlov nomi: Instagramda «Biz 10 yoshdamiz!» tanlovi - keyingi o‘rinlarda “Tanlov”.

Tanlov tashkilotchisi: «UMS» MChJ («Mobiuz» SB) – keyingi o‘rinlarda “Tashkilotchi”.  

O‘tkaziladigan hudud: O‘zbekiston Respublikasi.  

Tanlov o‘tkazilish muddatlari 

№ Bosqich

Tarmoq

Boshlangan sana va vaqti

Tugash sana va vaqti

G‘oliblarni
aniqlash sanasi va
vaqti

Sovrinlar va g‘oliblar
miqdori

Sovrinlar

Umumiy Pul yutug‘i fondi

1

Instagram

25 noyabr 2024 y. soat 11:00

1 dekabr 2024 y.
soat 23:59

3 dekabr
2024 y.
soat 15:00
Instagramda onlayn efir    

3

 10000000 
so‘m

30 000 000
so‘m

2

Instagram

9 dekabr 2024 y.
soat 11:00

14 dekabr 2024 y.
soat 23:59

16 dekabr 2024 y.
soat 15:00
Instagramda onlayn efir

2

8 000 000
so‘m

16 000 000
so‘m

3

Instagram

20 dekabr 2024 y.
soat 11:00

25 dekabr 2024 y.
soat 23:59

26 dekabr 2024 y.
soat 15:00
Instagramda onlayn efir

1


1


1


5 000 000

so‘m

7 000 000

so‘m

10000000

   so‘m    

5 000 000 so‘m


7 000 000 so‘m


10000000 so‘m

Jami: 

    

 68 000 000
so‘m

*Pul sovrinlari G‘oliblarga naqdsiz shaklda beriladi, hamda to‘lovni amalga oshirish paytidagi O‘zR amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan soliqlarni ushlab qolgan holda, G‘oliblarning bankdagi hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.

Pul sovrinlari 7-bandda ko‘rsatilgan zarur hujjatlar taqdim etilgandan va rasmiylashtirilgandan so‘ng beriladi.

Barcha tanlov sovrinlari butun respublika bo‘ylab o‘ynaladi, viloyatlarga bo‘linmasdan.

TANLOV ISHTIROKCHILARI

Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat qiluvchi horijiy fuqarolar va fuqaroligi yo‘q shaxslar ishtirok etishi mumkin.

Quyidagi toifalarga kiruvchilar tanlovda ishtirok eta olmaydi:

  • Ishtirok etish vaqtida 18 yoshga to‘lmagan jismoniy shaxslar;
  • O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy istiqomat qilmaydigan shaxslar;
  • Tashkilotchida ishlaydigan (mehnat munosabatlari bo‘lgan) jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;
  • Tashkilotchi bilan fuqarolik huquqiy tusga ega shartnoma tuzgan jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;
  • Tashkilotchining tijorat vakillari hamda ularning ishchilari (dilerlar, dilerlarning ishonchli vakillari, operatorlar va h.k.) hamda ularning yaqin qarinloshlari.

TANLOV TAVSIFI VA SHARTLARI

Tanlov Tashkilotchining Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida o‘tkaziladi.

Instagram uchun shartlar:

Instagramdagi @mobiuz.uzbekistan akkaunti administratorlari tomonidan sahifada tanlov qisqacha shartlari haqida e’lon joylashtiriladi. Tanlov batafsil shartlari www.mobi.uz veb-saytiga havolani joylashtiradilar.

Instagram foydalanuvchilari Tanlovda ishtirok etish uchun:

1) @mobiuz.uzbekistan Instagramdagi akkauntga obuna bo‘lish;

2) Tanlov video postida 5ta do‘stni bitta izohda belgilash kerak. (@yordamida).

G‘oliblarni aniqlash tartibi

G‘oliblarni aniqlash kuni soat 15:00 da Tashkilotchining  Instagramdagi sahifasida onlayn efirda tasodifiy g‘oliblar (profilini) aniqlanadi.

Instagram ijtimoiy tarmog‘ida uchinchi bosqich g‘oliblarini aniqlash quyidagicha bo‘lib o‘tadi: avvaliga 5 000 000 so‘m, so‘ng 7 000 000 so‘m, so‘ng esa 10 000 000 so‘m g‘olibi aniqlanadi.

Instagramdagi g‘oliblarni aniqlash Lizaonair (https://lizaonair.com) servisi yordamida online tarzda amalga oshiriladi. Buning uchun Administratorlar xizmatda tanlov posti havolasini ko‘rsatadilar, shartlarning bajarilganligini tekshirishni belgilaydilar va tasodifiy g‘oliblarni aniqlash tugmachasini bosadilar. Xizmat g‘oliblarning ismlarini (profillarini) ko‘rsatadi. Administratorlar jonli efirda g‘olibni tanlov shartlariga muvofiqligini tekshiradi. Agar tekshirish natijasida g‘olib tanlov shartlaridan birini bajarmaganligi aniqlansa, Administratorlar g‘olibni qaytadan aniqlaydilar.

Tanlov g‘oliblarini aniqlashni komissiya nazorat qiladi.

ISHTIROKCHILARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:

1. Tanlovda ishtirok etish uchun ishtirokchilar tanlovning barcha shartlarini to‘g‘ri bajarishlari kerak.

2. Tanlov ishtirokchilarining Instagramdagi akkauntlari tanlov vaqtida ochiq bo‘lishi kerak: tanlovning butun muddati va g‘oliblarni aniqlash davomida boshqa foydalanuvchilardan yashirilmasligi; faol (yangiliklar tasmasida fotosuratlar va/yoki videolar mavjud); obuna va obunachilarga ega bo‘lish (tanlov profillarni istisno qilish uchun).  Ushbu talablarga javob bermaydigan ishtirokchilar tanlovda ishtirok etishdan chetlashtiriladi.

3. Tanlovda kompaniyalar, firmalar, tashkilotlar profillari/sahifalari (shu jumladan kompaniyalar, firmalar, faoliyat sohalari ko‘rsatilgan profillar) bilan foydalanuvchilar ishtirok etishi taqiqlangan, shuningdek, izohlarda bunday profillarni belgilash.

4. Instagramdagi tanlov ishtirokchisi bitta izohda 5 ta doʻstini belgilashi kerak. Agar alohida izohlarda bir yoki bir nechta akkaunt belgilangan bo‘lsa, bu sharhlar noto‘g‘ri deb hisoblanadi va tanlovda hisobga olinmaydi.

5. Agar Instagramda tanlov ishtirokchisi bitta izohda 5 dan ortiq do‘stini belgilasa, u har qanday holatda ham tanlov shartlarini muvaffaqiyatli bajargan hisoblanadi.

6. Instagram’da tanlovda qo‘pol so‘z, behayo so‘zlar, g‘azablangan so‘zlar, haqoratlar va hokazolarni o‘z ichiga olgan izohlarga ruxsat berilmaydi.

7. Mobiuz.uzbekistan Instagram akkaunti administratorlari firibgarlik holatlari aniqlansa ishtirokchilarni tanlovda ishtirok etishdan chetlashtirishga haqli (tanlovda qatnashishga urinishlar, taniqli shaxslarning, yuridik shaxslarning akkauntlari ko‘rsatilgan holda) (bir xil) akkauntlar orqali bir necha marta, soxta akkauntlardan foydalanish va hokazo).

LIZAONAIR  XIZMATLARI HAQIDA MA’LUMOT

Lizaonair – bu Instagram’da tasodifiy g‘oliblarni avtomatik aniqlash uchun onlayn xizmat. Tashkilotchining Lizaonair servisiga hech qanday aloqasi yo‘q, ushbu saytning serverlari va texnik imkoniyatlari uchinchi davlatlar hududida joylashgan.

SOVRINLARNI OLISH TARTIBI, MUDDATLARI, JOYLARI VA SHARTLARI

1. Tanlov sovrinini faqat jismoniy shaxs – tanlov G‘olibi qo‘lga kiritishi mumkin.

2. Quyidagi toifalarga kiruvchilar tanlov sovrinlarini qo‘lga kirita olmaydi:

  • Ishtirok etish vaqtida 18 yoshga to‘lmagan jismoniy shaxslar;
  • O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashamaydigan shaxslar;
  • Tashkilotchida ishlaydigan (mehnat munosabatlari bo‘lgan) jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;
  • Tashkilotchi bilan fuqarolik huquqiy tusga ega shartnoma tuzgan jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;
  • Tashkilotchining tijorat vakillari hamda ularning ishchilari (dilerlar, dilerlarning ishonchli vakillari, operatorlar va h.k.) hamda ularning yaqin qarinloshlari;

Agar tanlov sovriniga da’vogar bo‘layotgan shaxs yuqoridagi toifalardan biriga kirsa, sovrin kompaniya tasarrufida qoladi. G‘oliblar qayta aniqlanmaydi.

3. Tashkilotchi sovrin hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan kundan boshlab 30 (o‘ttiz) ish kuni ichida, tanlov G‘oliblariga sovrin hajmidagi pul mablag‘larini to‘lab berish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

4. Tanlov g‘oliblari, g‘oliblar aniqlangan kundan boshlab 30 (o‘ttiz) ish kuni ichida, sovrinni rasmiylashtirish uchun kerak bo‘lgan barcha hujjatlarni (7-bandni qarang) taqdim qilishlari shart. Barcha  hujjatlar 7 banda ko’rsatilganidek taqdim etilishi kerak (skan, rasm shaklida).

5. Tashkilotchi soliq va yig‘imlarni, tanlov sovrin jamarg‘armasida nazarda tutilmagan, o‘z mablag‘laridan to‘lash bo‘yicha majburiyatlarni zimmasiga olmaydi;

6. Pul sovrinlaridan to‘lov amalga oshirilgan paytdagi O‘zR amaldagi qonunchiligiga muvofiq, jismoniy shaxslarning daromadidan ushlab qolinadigan soliqni olib qolgan holda, tanlov G‘olibi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining har qanday bankida ochilgan bank hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.

7. Sovrinni olishdan oldin tanlov g‘olibi Tashkilotchining shaxsiy ofisiga shaxsan murojaat qilishi va quyidagi hujjatlarni taqdim qilishi kerak:

  • O‘zR fuqarosi pasportining asl nusxasi (O‘zR fuqarolari uchun), milliy passport va yashash uchun guvohnoma (xorijiy fuqarolar uchun), fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun) yoki ID-karta.
  • JShShIR.
  • Tanlovdagi shartlarni bajarilganligini tasdiqlovchi skrinshotlar.
  • Bank hisob raqamining rekvizitlari.
  • G‘olibning bank hisob raqamiga pul sovrinlarini, O‘zR amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan soliqlarni ushlab qolgan holda, o‘tkazib beriladi rozilik haqidagi tilxat.
  • Yaqin qarindoshlar haqidagi ma’lumotlar. Da’vogar (pul mablag’lari o‘ynalishining g‘olibi) tegishli shaklni to‘ldirish yo‘li bilan o‘zining yaqin qarindoshlari (ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka, opa-singillari, turmush o‘rtog‘i, farzandlari, shu jumladan asrab olingan, hamda turmush o‘rtog‘ining ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka, opa-singillari ) haqidagi ma’lumotlarni berishi kerak.

Da’vogarning (pul mablag‘lari o‘ynalishining g‘olibi) Tashkilotchi bilan mehnat shartnomasi tuzgan yoki Tashkilotchi yoki uning vakolatli dilerlari bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan shaxslar bilan qarindoshligi mavjudligi aniqlansa, hamda ishonchsiz ma’lumotlar taqdim qilingani aniqlangan vaziyatda sovrin berilmaydi.

Da’vogar tomonidan ishonchsiz ma’lumot taqdim qilingani tanlov doirasida sovrin topshirilgandan keyin aniqlansa, Tashkilotchi sovrinning qiymatini sud tartibida undirib olish huquqini o‘zida qoldiradi..

    Tashkilotchining shaxsiy ofis manzillari: 

Hudud

XKM nomi

Manzil

Toshkent shahri

Markaziy ofis

Toshkent sh., Yunusobod tumani, Amir Temur shox ko‘chasi, 24

Qoraqalpog`iston
Respublikasi

Nukus shahridagi xizmat
ko‘rsatish markazi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus sh., To‘rtko‘l katta ko‘chasi, 138 «A» uy

Andijon viloyati

Andijon shahridagi xizmat
ko‘rsatish markazi

Andijon viloyati, Andijon sh., Boburshox ko‘chasi, 13-v uy

(mo‘ljal: «Xolis» savdo markazining ro‘parasi)

Buxoro viloyati

Buxoro shahridagi xizmat
ko‘rsatish markazi

Buxoro viloyati, Buxoro sh., Xofiz Tonish Buxoriy ko‘chasi, 10-uy

Jizzax viloyati

Jizzax shahridagi xizmat
ko‘rsatish markazi

Jizzax viloyati, Jizzax sh., Sh.Rashidov ko‘chasi

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahridagi xizmat
ko‘rsatish markazi

Qashqadaryo viloyati, Qarshi sh., O‘zbekiston
ko‘chasi, 221 uy

Shahrisabzdagi Xizmat
ko‘rsatish ofisi

Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz sh., «Xabarlik» MFY, Ipak Yo‘li ko‘chasi, («Makro» supermarketi binosida).

Navoiy viloyati

Navoi shahridagi xizmat
ko‘rsatish markazi

Navoiy viloyati, Navoiy sh., Navoiy ko‘chasi, 11 uy

Namangan viloyati

Namangan shahridagi xizmat
ko‘rsatish markazi

Namangan viloyati, Namangan sh., Nodira ko‘chasi, 1 uy

Samarqand viloyati

Samarqand shahridagi xizmat
ko‘rsatish markazi

Samarqand viloyati, Samarqand sh., Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 105 uy

Surxondaryo viloyati

Termiz shahridagi xizmat
ko‘rsatish markazi

Surxondaryo viloyati, Termiz sh., G.Xusanov ko‘chasi, 32 «A» uy

Sirdaryo viloyati

Guliston shahridagi xizmat
ko‘rsatish markazi

Sirdaryo viloyati, Guliston sh., Birlashgan ko‘chasi, 68 uy

Toshkent viloyati

Yangiyo‘l shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahri, Sh. Rashidov ko‘chasi, 2 uy

Chirchiq shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Toshkent viloyati, Chirchiq sh., Alisher Navoiy shox ko‘chasi, 13 uy

Xorazm viloyati

Urganch shahridagi xizmat
ko‘rsatish markazi

Xorazm viloyati, Urganch sh., Al Xorazmiy ko‘chasi, 101 uy

Farg‘ona viloyati

Farg‘ona shahridagi xizmat
ko‘rsatish markazi

Farg‘ona viloyati, Farg‘ona sh., Sayilgoh ko‘chasi, 26 uy

     8. Tashkilotchi quyidagi holatlarda G‘olibning tanlov natijalarini bekor qilish huquqini o‘zida qoldiradi:

  • G‘olibning tanlovda ishtirok etish shartlariga to‘g‘ri kelmasligi aniqlanganda;
  • Mazkur Qoidalarning 7-bandida sanab o‘tilgan, kerakli hujjatlarni topshirishdan bosh tortish/taqdim qilmaslik;
  • G‘olib tomonidan mazkur Qoidalarning 7-bandida sanab o‘tilgan hujjatlarda, yolg‘on ma’lumot berilganligi aniqlansa.
  • Savol mavzusiga to‘g‘ri kelmaydigan, qo‘pol so‘z, behayo so‘zlar, g‘azablangan so‘zlar, haqoratlar va hokazolarni o‘z ichiga olgan izohlar aniqlanganda.

Tanlov natijalari bekor qilingan holatda, pul sovrinlar Tashkilotchining mulki bo‘lib qoladi va takroran o‘ynalmaydi.

9. G‘olib pul sovrinini rasmiylashtirish/qabul qilish vaqtida g’olib to‘g‘risidagi shaxsiy ma’lumotlar va sovrin haqidagi batafsil axborot ko‘rsatilgan barcha zarur hujjatlarni (sovrinni rasmiylashtirish/qabul qilish jarayoni bilan bog‘liq) imzolashi shart.

Tanlov G‘olibining zarur hujjatlarni imzolashdan va/yoki boshqa yuridik jihatdan ahamiyatli hatti-harakatlarni amalga oshirishdan, jumladan sovrinlarni qabul qilish uchun talab etilgan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortishi G‘olibning sovrinni olishdan bosh tortishi sifatida baholanadi.

10. Pul sovrinini rasmiylashtirish/olish jarayonini foto va videotasvirga olinishga va rasm/videoalrni kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida joylashtirishga o‘z roziligini beradi.

11. Tashkilotchi pul sovrinlari   naqd pul ko‘rinishda to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga olmaydi.

12. Tanlov g‘oliblari har qanday sabablarga ko‘ra sovrinni berishni talab qilmaganda yoki undan voz kechganda pul sovrinlari Tashkilotchi mulki bo‘lib qoladi. Bu holatda talab qilinmagan sovrinlar takroran o‘ynalmaydi.

13. Tashkilotchi G‘olib tomonidan Sovrinlarni olish tartibida nazarda tutilgan barcha talablar va shartlar bajarilmagan taqdirda, G‘olibga pul sovrinni taqdim qilishdan bosh tortish huquqini o‘zida qoldiradi.

14. Tashkilotchi quyidagi holatlar uchun javobgar emas:

  • ishtirokchilarda ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan g‘olib ro‘yxati bilan tanishish imkoniyati yo‘qligi;
  • sovrinlarni olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar/hujjatlar ishtirokchilarning aybi bilan yoki boshqa sabablarga ko‘ra topshirilmagani/o‘z vaqtida topshirilmagani;
  • tanlov ishtirokchilari tomonidan Sovrinlarni olish tartibida nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmagani (o‘z vaqtida bajarilmagani);
  • sovrinlar talab etilmagani yoki ularni olishdan bosh tortilgani sababli, tanlov G‘oliblari tomonidan olinmagani;
  • G‘olib o‘zi yoki uchinchi shaxslarning aybi va/yoki fors-major holatlari tufayli G‘oliblarga sovrinlarni topshirish bo‘yicha majburiyatlarni bajarishning imkoni bo‘lmaganligi.

15. Sovrinni berishdan bosh tortilganda yoki G‘olibning yutuq natijalari bekor qilinganda pul sovrinlari Tashkilotchi mulki bo‘lib qoladi va takroran o‘ynalmaydi.

Boshqa shartlar:

1. Tashkilotchi lizaonair.com g‘oliblarni aniqlash servisi faoliyati bo‘yicha hech qanday majburiyatlarni o‘z bo‘yniga olmaydi.

2. Ishtirokchi akkauntidan bajarilayotgan barcha harakatlar u tomonidan bajarilmoqda, deya qabul qilinadi. Tashkilotchi ishtirokchini tanlovda chetlatilishiga olib kelgan hatti-harakatlarini uchun javobgar emas, shu jumladan ishtirokchi profilidan uning roziligi yoki roziligisiz kimdir foydalangan bo‘lsa va h.k.

3. Tanlovda ishtirok etayotgan ishtirokchi agarda tanlov tashkilotchi tomonidan bekor qilinsa yoki uning shartlari o‘zgarsa, tashkilotchi hech qanday harajatlarni qoplab bermasligiga rozilik bildiradi.

4. Sovrinlarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar Tashkilotchining iltimosiga ko‘ra reklama maqsadlarida intervyu berishlari, foto va video suratlarga tushishlari mumkinligiga, intervyu, foto va video suratlar natijalari Tashkilotchi tomonidan foydalanilishiga, shuningdek, sovrinlarni topshirish uchun Tashkilotchi ularning shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berilishiga rozilik berishadi.

5. Yuqorida belgilab o‘tilgan tadbirlarda ishtirok uchun Tashkilotchi g‘oliblarga qo‘shimcha haq to‘lamaydi, ushbu tadbirlar natijasida yaratilgan materiallar bo‘yicha huquqlar Tashkilotchiga tegishli (agar boshqa hollar Tashkilotchi va g‘olib o‘rtasida yozma ravishda belgilanmagan bo‘lsa).

6. Ishtirokchilar tanlovda ishtirok va sovrinlar olish bilan bog‘liq barcha hatti-harakatlarni ushbu hujjatda belgilangan muddatlarda bajarishi shart.

7. Tashkilotchi uchinchi shaxslarga tanlov ishtirokchilari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishga haqli emas (tanlovda va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan holatlar bundan mustasno).

8. Tashkilotchi ushbu Qoidalarda belgilangan shartlar va muddatlarga muvofiq ravishda tanlov g‘oliblari – tanlov Sovrin jamg‘armasi sohiblarini aniqlash jaryonini o‘tkazishi va ularga sovrinlarni taqdim etishi shart. Agar Lizaonair va/yoki Instagram va/yoki Youtube biron-bir sababga koʻra sovrinlar oʻyinidan oldin yoki oʻyin davomida ishlamay qolganligi aniqlansa, Tashkilotchi sovrinlar oʻyinini Qoidalarda ko‘rsatilgan g‘oliblarni aniqlash sanasidan 3 (uch) ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga qoldirishga haqli.

9. Tashkilotchi tanlov qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Tanlov shartlariga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, “UMS” MChJ tegishli ma’lumotlarni www.mobi.uz rasmiy veb-saytiga joylashtirish majburiyatini oladi.

10. Tanlovda ishtirok etar ekan, ishtirokchi tanlovning shartlari, muddatdari, qoidalari va izohlari, tanlov sovrinlarini olish tartibi bilan tanishganligini tasdiqlaydi.

11. Tanlov g‘oliblari Tashkilotchi ularning shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanishiga, shu jumladan ularga ishlov berishiga rozilik beradi. Ishlov berish tushunchasi ostida g‘oliblar haqida ma’lumotni to‘plash, tizimlashtirish, yig‘ib borish, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), foydalanish, shaxsizlantirish, bandlash va o‘chirib tashlash tushuniladi.

12. Tashkilotchi, ushbu Hujjatda ko‘rsatilgan holatlar yoki O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi talablaridan tashqari vaziyatlarda, tanlov ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar boshlamaslik yoki boshqa har qanday aloqa qilmaslik huquqini o‘zida qoldiradi.

Ro'yxatga qaytish