«Chiroyli raqamlarga aksiya»
Aksiya o‘tkazilish davri: 2024-yil 3-dekabrdan 2025-yil 31-dekabrgacha (shu jumladan).
1. Aksiya davrida, abonentlarga «Xotirjam 40», «Xotirjam 60», «Xotirjam 80», «Xotirjam 100», «Kerakli 45», «Kerakli 55», «Kerakli 70», «Jozibali 50», «Mobi 150 Yillik» tarif rejalari bo‘yicha maxsus toifadagi raqamlarni ulashda, Bronze, Silver Light, Silver, Gold toifalari bo‘yicha raqamlarni ulash uchun quyidagi chegirmalar taqdim etiladi:
Jadval 1
Tarif nomi | Tarif rejasi abonent to‘lovi, so‘m/oy | Bronze | Silver Light | Silver | Gold |
---|---|---|---|---|---|
Aksiyasiz narxi | Aksiyasiz narxi | Aksiyasiz narxi | Aksiyasiz narxi | ||
300 000 so‘m | 630 000 so‘m | 840 000 so‘m | 2 000 000 so‘m | ||
Aksiya doirasida chegirma 70% | Aksiya doirasida chegirma 70% | Aksiya doirasida chegirma 70% | Aksiya doirasida chegirma 80% | ||
Xotirjam 40 | 40 000 | 90 000 | 189 000 | 252 000 | Aksiyasiz |
Kerakli 45 | 45 000 | 90 000 | 189 000 | 252 000 | Aksiyasiz |
Jozibali 50 | 50 000 | 90 000 | 189 000 | 252 000 | Aksiyasiz |
Kerakli 55 | 55 000 | 90 000 |
189 000 |
252 000 | Aksiyasiz |
Xotirjam 60 | 60 000 | 90 000 | 189 000 | 252 000 | 400 000 |
Kerakli 70 | 70 000 | 90 000 | 189 000 | 252 000 | 400 000 |
Xotirjam 80 | 80 000 | 90 000 | 189 000 | 252 000 | 400 000 |
Xotirjam 100 | 100 000 | 90 000 | 189 000 | 252 000 | 400 000 |
Mobi 150 Yillik |
1 500 000/
yiliga |
90 000 | 189 000 | 252 000 | 400 000 |
Aksiya doirasida Bronze, Silver Light, Silver toifalaridagi raqamlarni har oylik abonent to‘lovi bo‘lgan tarif rejasiga ulagan abonentlar uchun - to‘liq abonent to‘lovi 6 marta yechib olinmaguncha tarif rejasini o‘zgartirish va raqamni bekor qilish taqiqlanadi.
Har qanday kichikroq tarifga o‘tishda (aksiyada ishtirok etadigan yoki etmaydigan) to‘liq abonent to‘lovi 6 marta yechib olinmaguncha, - abonent taqdim etilgan chegirma miqdorida raqam narxini to‘lashi zarur.
Bronze, Silver Light, Silver toifalaridagi raqamlarni har oylik abonent to‘lovi bo‘lgan tarif rejasiga ulash – Mobiuzning shaxsiy ofislarida va dilerlar ofislarida mavjud; yillik tarif rejalariga - shaxsiy ofislarda ulanadi.
2. Aksiya doirasida «Xotirjam 60», «Xotirjam 80», «Xotirjam 100», «Kerakli 70», «Mobi 150 Yillik» tarif rejalariga Super Gold, Platinum Light, Platinum, Platinum Plus, Super Platinum toifalaridagi raqamlarni ulashda raqam narxiga quyidagi chegirmalar taqdim etiladi:
Jadval 2
Tarif nomi |
Tarif rejasi abonent to‘lovi, so‘m/oy |
Super Gold | Platinum Light | Platinum | Platinum Plus | Super Platinum |
---|---|---|---|---|---|---|
Aksiyasiz narxi | Aksiyasiz narxi | Aksiyasiz narxi | Aksiyasiz narxi | Aksiyasiz narxi | ||
5 000 000 so‘m | 10 000 000 so‘m | 25 000 000 so‘m | 40 000 000 so‘m | 50 000 000 so‘m | ||
Aksiya doirasida chegirma 80% |
Aksiya doirasida chegirma 80% |
Aksiya doirasida chegirma 80% |
Aksiya doirasida chegirma 80% |
Aksiya doirasida chegirma 80% |
||
Xotirjam 60 | 60 000 | 1 000 000 | aksiyasiz | aksiyasiz | aksiyasiz | aksiyasiz |
Kerakli 70 | 70 000 | 1 000 000 | 2 000 000 | 5 000 000 | 8 000 000 | 10 000 000 |
Xotirjam 80 | 80 000 | 1 000 000 | 2 000 000 | 5 000 000 | 8 000 000 | 10 000 000 |
Xotirjam 100 | 100 000 | 1 000 000 | 2 000 000 | 5 000 000 | 8 000 000 | 10 000 000 |
Mobi 150 Yillik | 1 500 000 yiliga | 1 000 000 | 2 000 000 | 5 000 000 | 8 000 000 | 10 000 000 |
Aksiya doirasida Gold, Super Gold toifalaridagi raqamlarni har oylik abonent to‘lovi bo‘lgan tarif rejasiga ulagan abonentlar uchun, - to‘liq abonent to‘lovi 12 marta yechib olinmaguncha tarif rejasini o‘zgartirish va raqamni bekor qilish taqiqlanadi.
Har qanday kichikroq tarifga o‘tishda (aksiyada ishtirok etadigan yoki etmaydigan) to‘liq abonent to‘lovi 12 marta yechib olinmaguncha (har oylik abonent to‘lovidagi tariflar uchun), - abonent taqdim etilgan chegirma miqdorida raqam narxini to‘lashi zarur.
Aksiya doirasida Platinum Light, Platinum, Platinum Plus, Super Platinum toifalaridagi raqamlarni ulagan abonentlar uchun, - to‘liq abonent to‘lovi 24 marta yechib olinmaguncha (oyma-oy abonent to‘lovi bo‘lgan tariflar uchun) yoki yiliga ikki marta yechib olinmaguncha (yillik tariflar uchun) tarif rejasini o‘zgartirish va raqamni bekor qilish taqiqlanadi.
Har qanday kichikroq tarifga o‘tishda (aksiyada ishtirok etadigan yoki etmaydigan) to‘liq abonent to‘lovi 24 marta yechib olinmaguncha yoki to‘liq abonent to‘lovi 2 marta yechib olinmaguncha (yillik tariflar uchun) - abonent taqdim etilgan chegirma miqdorida raqam narxini to‘lashi zarur.
Super Gold, Platinum Light, Platinum, Platinum Plus, Super Platinum toifalaridagi abonent raqamlarini ulash Mobiuzning shaxsiy ofislarida mavjud.
Aksiya shartlari:
- «Chiroyli raqamlarga aksiya» doirasida chegirmalar bilan ulanganda, alohida toifadagi raqamlarga ulanish bo‘yicha boshqa chegirmalardan foydalanishning imkoniyati mavjud emas.
- Faqat yangi abonentlar uchun.
- Narxlar barcha soliqlarni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.
- Aksiya doirasida abonent - jismoniy shaxs dastlabki bo‘nak to‘lovini raqamni ro‘yxatga olish paytida amalga oshirishi kerak.
- Abonent - jismoniy shaxs aksiya doirasida, raqamni ro‘yxatga olish paytida dastlabki bo‘nak to‘lovini amalga oshirmagan vaziyatda – ulanayotgan raqamli SIM-karta taqdim etilmaydi.
- Agar raqam aksiyani o‘tkazish davrida jismoniy shaxsga ro‘yxatga olingan bo‘lsa, lekin to‘lov aksiya yakunlangandan keyin amalga oshirilsa, raqamning qiymati to‘liq miqdorda (aksiya bo‘yicha narxni hisobga OLMAGAN holda) hisoblanadi. Shu jumladan, abonentlik raqami aksiyaning oxirgi kunlarida ulangan, lekin to‘lov 2024-yil 31-dekabrdan kechroq amalga oshirilsa,raqamning to‘liq qiymati (aksiya bo‘yicha narxni hisobga OLMAGAN holda) yechib olinadi.
- Bronze, Silver Light, Silver, Gold toifalari uchun quyidagi prefikslarni aksiya doirasida ulash imkoniyati mavjud emas: (97)770, (97)707, (97)700, (97)777, (97)701, (97)779, (970778, (97)000, (97)888, (88)333, (88)700, (88)701, (88)808, (97)007, (88)111, (97)111, (88)007, (88)666, (97)666, (88)399, (88)383, (88)133, (88)200, (88)008, (88)009, (88)020, (88)075, (88)202, (88)208, (88)408, (88)702, (88)703, (88)707, (97)008, (97)009, (97)202, (88)800.
- Kompaniya aksiyada ishtirok etmaydigan abonent raqamlari ro‘yxatini belgilash huquqini o‘zida saqlab qoladi.
- Raqamlar soni – cheklangan.
- Bronze, Silver Light, Silver, Gold, Super Gold, Platinum Light, Platinum, Platinum Plus, Super Platinum toifasidagi raqamlar 31.12.2025y. gacha tugab qolgan taqdirda, Aksiya muddatidan avval to‘xtatiladi.
6 ta, 12 ta yoki 24 ta to‘liq oy uchun abonent to‘lovi (oylik tariflar uchun) yoki ikkinchi to‘liq abonent to‘lovi (yillik tariflar uchun) YECHILGUNGA QADAR tarif rejasini o‘zgartirishning shartlari
Aksiya doirasida ulangan abonent, shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi bilan birga «UMS» MChJ shaxsiy ofisiga tegishli ariza bilan murojaat qilgan holda yoki call-markazga qo‘ng‘iroq qilib tarif rejasini o‘zgartirish imkoniyatiga ega.
1. Aksiyada ishtirok etuvchi yoki ishtirok etmayotgan, abonent to‘lovi kamroq bo‘lgan tarif rejasiga (har oylik yoki yillik abonent to‘lovli) o‘tilganda.
Ushbu vaziyatda, tarif rejasi o‘zgartirilganda abonent raqamning taqdim qilingan chegirma doirasidagi qiymatini to‘lashi zarur.
Tarifni o‘zgartirish uchun abonent balansida raqamning taqdim qilingan chegirma miqdoridagi qiymati + o‘tish amalga oshirilayotgan tarif rejasining to‘liq abonent to‘lovi + o‘tish narxiga teng miqdordagi mablag‘ bo‘lishi zarur.
1 - misol: 10-dekabrda abonent «Bronze» raqamini «Kerakli 70» tarifiga uladi. 5-fevralda (to‘liq abonent to‘lovi 6 marta yechib olinmaguncha) «Kerakli 55» tarif rejasiga o‘tmoqda. Bu holatda «Kerakli 55» tarif rejasining abonent to‘lovi «Kerakli 70» tarif rejasidan kamroq bo‘lganligi sababli raqamning taqdim qilingan chegirma miqdoridagi qiymati hisoblanadi.
2 - misol: 10 dekabr kuni abonent Super Gold raqamiga Xotirjam 100 tarifini uladi. 5 fevral kuni (12 ta muvaffaqiyatli to‘lov amalga oshirilgunga qadar) abonent Xotirjam 60 tarif rejasiga o‘tmoqda.. Bu holatda «Xotirjam 60» tarif rejasining abonent to‘lovi «Xotirjam 100» tarif rejasidan kamroq bo‘lganligi sababli raqamning taqdim qilingan chegirma miqdoridagi qiymati hisoblanadi.
2. Abonent to‘lovi ko‘proq bo‘lgan har qanday tarif rejasiga o‘tilganda.
Bu holatda tarif o‘zgartirilganda raqamning taqdim qilingan chegirma doirasidagi qiymati hisoblanmaydi. O‘tish amalga oshirilgandan keyin qoldiq davr uchun abonent to‘lovi yechilmaguncha tarif rejasini o‘zgartirishga va shartnomani bekor qilishga taqiq o‘rnatiladi.
Tarifni o‘zgartirish uchun abonent balansida o‘tish amalga oshirilayotgan tarif rejasining to‘liq abonent to‘lovi + o‘tish narxiga teng miqdordagi mablag‘ bo‘lishi zarur.
3 - misol: 10 dekabr kuni abonent Bronze raqamiga Kerakli 45 tarifini uladi.. 5 fevral kuni (6 ta muvaffaqiyatli to‘lov amalga oshirilgunga qadar) abonent Kerakli 70 tarif rejasiga o‘tmoqda. Bu holatda, Kerakli 70 tarifining abonent to‘lovi Kerakli 45 abonent to‘lovidan ko‘proq bo‘lganligi sababli, raqamning taqdim qilingan chegirma miqdoridagi qiymati hisoblanmaydi.
3) Har oylikdan yillik tarifga o‘tilganda.
Bu holatda tarif o‘zgartirilganda raqamning taqdim qilingan chegirma miqdoridagi qiymati hisoblanmaydi.
Tarifni o‘zgartirish uchun abonent balansida o‘tish amalga oshirilayotgan tarif rejasining to‘liq abonent to‘lovi + o‘tish narxiga teng miqdordagi mablag‘ bo‘lishi zarur.
4 - misol: 10 dekabr kuni abonent Bronze raqamiga Kerakli 70 tarifini uladi. 5 - fevral kuni (6 ta muvaffaqiyatli to‘lov amalga oshirilgunga qadar) abonent Mobi 150 yillik tarif rejasiga o‘tmoqda. Abonent oylik tarifdan yillik tarifga o‘tayotganligi sababli raqamning taqdim qilingan chegirma miqdoridagi qiymati hisoblanmaydi.
6 ta, 12 ta yoki 24 ta to‘liq oy uchun abonent to‘lovi (oylik tariflar uchun) yoki ikkinchi to‘liq abonent to‘lovi (yillik tariflar uchun) YECHILGANDAN SO‘NG tarif rejasini o‘zgartirishning shartlari.
Bu holatda, har qanday tarif o‘zgartirilganda, berilgan chegirma miqdoridagi raqam narxi hisobga olinmaydi.
Tarif o‘zgartirish uchun abonentning balansida yangi tarif rejasiga o‘tish uchun to‘liq abonent to‘lovining miqdori va o‘tish narxi summasi bo‘lishi kerak.
6 ta, 12 ta yoki 24 ta to‘liq abonent to‘lovi (oylik tariflar uchun) yoki ikkinchi yillik to‘liq abonent to‘lovi (yillik tariflar uchun) muvaffaqiyatli YECHILGMAGUNCA shartnomani bekor qilish shartlari
Raqamni bekor qilishda quyidagi holatlarda raqamning taqdim qilingan chegirma miqdoridagi qiymati hisoblanadi:
- Raqam aksiya doirasida ulangan paytdan boshlab va shartnomani bekor qilishga ariza berilgunga qadar hech qanday tarif rejasini o‘zgartirish amalga oshirilmagan.
- Raqam aksiya doirasida ulangan paytdan boshlab va shartnomani bekor qilishga ariza berilgunga qadar abonent to‘lovi ko‘proq bo‘lgan tarif rejasiga o‘tish amalga oshirilgan.
Raqamni bekor qilishda quyidagi holatlarda raqamning taqdim qilingan chegirma miqdoridagi qiymati HISOBLANMAYDI:
- Raqam aksiya doirasida ulangan paytdan boshlab va shartnomani bekor qilishga ariza berilgunga qadar abonent to‘lovi kamroq bo‘lgan, aksiyada ishtirok etuvchi yoki ishtirok etmaydigan tarif rejasiga o‘tish amalga oshirilgan.
- Raqam aksiya doirasida ulangan paytdan boshlab va shartnomani bekor qilishga ariza berilgunga qadar har oylik tarif rejasidan yillik tarifga o‘tish amalga oshirilgan.
- Raqam aksiya doirasida ulangan paytdan boshlab va shartnomani bekor qilishga ariza berilgunga qadar yillik tarif rejasidan abonent to‘lovi ko‘proq bo‘lgan boshqa yillik tarifga o‘tish amalga oshirilgan.
6 ta yoki 12 ta to‘liq abonent to‘lovi (oylik tariflar uchun) yoki ikkinchi yillik to‘liq abonent to‘lovi (yillik tariflar uchun) muvaffaqiyatli yechilgandan KEYIN shartnomani bekor qilish shartlari.
Bu holatda raqamning taqdim qilingan chegirma miqdoridagi qiymati HISOBLANMAYDI.
Aksiya doirasida ulangan, raqamning egasini o‘zgartirish:
- «Raqam egasini o‘zgartirish» xizmati maxsus kategoriya raqamlari uchun aksiyalar davrida yangi egasiga o‘tkazish, ushbu xizmatning tasdiqlangan shartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Raqam egasini o‘zgartirishda, chegirma (aktsiya doirasida) hisobga olinib, yangi egasiga narx hisoblanmaydi.
- Agar raqamni ulash aksiya doirasida amalga oshirilganidan va yangi egasiga o‘tkazilishigacha tarif bo‘yicha abonent to‘lovlari kerakli miqdorda (oyiga 6, 12 yoki 24 abonent to‘lovi (oylik tariflar uchun) yoki yiliga ikki abonent to‘lovi (yillik tariflar uchun)) amalga oshirilmagan bo‘lsa, amaldagi abonentga raqamni ulash uchun taqdim etilgan chegirma miqdorida to‘lovni amalga oshirish zarur.
Agar amaldagi abonent raqamni yangi egasi nomiga o'tkazish uchun belgilangan summani to‘lashdan bosh tortsa, «Raqamni egasini o‘zgartirish» xizmati taqdim etilmaydi.
Agar raqam aksiya doirasida ulanishidan boshlab raqam egasini o‘zgartirishgacha tarif bo‘yicha abonent to‘lovlari kerakli miqdorda amalga oshirilmagan bo‘lsa, taqdim etilgan chegirma miqdoridagi raqamni ulash uchun narx amaldagi abonentga hisoblanmaydi.