Biz ijtimoiy tarmoqlarda
«Smartfon uchun bonuslar!» aksiyasi

Endi huawei smartfonlarini foydali narxlarda sotuv ofislarida yoki huawei brand shop do‘konlarida xarid qilish imkoniyati mavjud.

Ushbu aksiya doirasida, Huawei smartfonini maxsus sotuv nuqtalaridan birida xarid qilgan xaridorga Xotirjam tarif rejalari turkumidan biriga 1 yil davomida bepul ulanish uchun sertifikat taqdim etiladi.

Aksiya o‘tkazilish davri: 20.03.2025 yildan 31.12.2025 yilgacha (shu jumladan).

«Smartfon uchun bonuslar!» aksiyasi ishtirokchisi tarif rejasini 100% chegirma bilan ulash uchun, Mobiuz abonentlariga xizmat ko‘rsatish va sotuv ofislaridan biriga murojaat qilib, berilgan sertifikatni taqdim etishi kerak.

Huawei smartfonini aksiya bo‘yicha qayerdan xarid qilish mumkin?

  • Mobiuz xizmat ko‘rsatish markazi manzili – Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 24;
  • Mobiuz xizmat ko‘rsatish markazi manzili – Samarqand shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 105-uy; 
  • Huawei Brand Shop manzili – Toshkent shahri, Mirobod tumani, Afrosiyob ko‘chasi, 28/14-uy.

Aksiyada ishtirok etuvchi Huawei smartfonlari ro‘yxati:

 Smartfon modeli  1 yil muddatga 100% chegirmali tarif rejasi
 HUAWEI Mate X6 12GB+512GB Xotirjam 100 
HUAWEI nova 13 Pro 12GB+512G Xotirjam 80
HUAWEI nova 13 12GB+256GB Xotirjam 80
HUAWEI Nova 13i 8+256 Xotirjam 60
HUAWEI Nova 13i 8+128 Xotirjam 60
HUAWEI Nova Y72s 8+256 Xotirjam 40
HUAWEI Nova Y72s 8+128 Xotirjam 40

Boshqa shartlar:

  • «UMS» MChJ sotuv nuqtalarida qo‘shimcha sovg‘alar berilishi uchun javobgar emas.
  • Yangi abonentlarga "Smartfon uchun bonuslar!" aksiyasi doirasidagi chegirma raqam ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab taqdim etiladi. 
  • Amaldagi abonentlarga "Smartfon uchun bonuslar!" aksiyasi doirasidagi chegirma navbatdagi abonent to‘lovi yechib olinadigan kundan boshlab taqdim etiladi.
  • Telefon yuqorida ko‘rsatilgan manzillardagi savdo nuqtalariga qaytarilgan taqdirda, "Smartfon uchun bonuslar!" aksiyasi doirasidagi chegirma bekor qilinadi. Keyingi abonent to‘lovlari tarif rejasining shartlariga muvofiq to‘liq hajmda yechib olinadi.
  • «Smartfon uchun bonuslar!» aksiyasi doirasida chegirma mavjud bo‘lganda, «Restart» xizmati faollashtirilmaydi.
  • «Smartfon uchun bonuslar!» aksiyasi doirasida chegirma faollashtirilgan kundan boshlab to‘liq 12 oy o‘tganidan so‘ng, abonent to‘lovi tarif rejasining shartlariga muvofiq to‘liq hajmda yechib olinadi.
  • Agar «Smartfon uchun bonuslar!» aksiyasi doirasida chegirma mavjud bo‘lsa, tarif rejasini o‘zgartirish faqat kompaniya ofislarida amalga oshiriladi. Yangi tanlangan tarif rejasiga chegirma taqdim etilmaydi.

«Smartfon uchun bonuslar» aksiyasi doirasida alohida toifadagi raqamni bo‘lib to‘lash orqali ulash shartlari

2025-yil 1-apreldan boshlab “Smartfon uchun bonuslar” aksiyasida ishtirok etayotgan yangi abonentlarga mobil telefon xarid qilganlarida quyidagi shartlarga asosan alohida toifadagi raqamni bo‘lib to‘lash orqali ulash imkoniyati taqdim etiladi:

Telefon modeli Raqam toifasi «Alohida toifadagi raqamni bo‘lib to‘lash» xizmati bilan alohida toifadagi raqamni ulash narxi oyiga, so‘mda Bo‘lib to‘lash muddati «Alohida toifadagi raqamni bo‘lib to‘lash» xizmati bilan alohida toifadagi raqamni ulashning umumiy qiymati (butun muddat uchun), so‘mda
• HUAWEI Nova 13i 8+256;
• HUAWEI Nova 13i 8+128;
• HUAWEI Nova Y72s 8+128;
• HUAWEI Nova Y72s 8+256;
Silver 70 000 12 oy 840 000
Gold 83 333 24 oy 1 999 992
• HUAWEI nova 13 12GB+256GB;
• HUAWEI nova 13 Pro 12GB+512G;
Silver 70 000 12 oy 840 000
Gold 166 666 12 oy 1 999 992
Super gold 208 333 24 oy 4 999 992
Platinum Light 416 666 24 oy 9 999 984
• HUAWEI Mate X6 12GB+512GB. Silver 70 000 12 oy 840 000
Gold 166 666 12 oy 1 999 992
Super gold 208 333 24 oy 4 999 992
Platinum Light 416 666 24 oy 9 999 984
Platinum 1 041 666 24 oy 24 999 984
Platinum Plus 1 666 666 24 oy 39 999 984
Super platinum 2 083 333 24 oy 49 999 992

Xarid amalga oshirilgach, aksiya ishtirokchisiga xarid qilingan mobil telefon modeli va IMEI raqami ko‘rsatilgan sertifikat hamda kafolat taloni beriladi.

Aksiya doirasida alohida toifadagi raqamni ulash uchun, mobil telefon xarid qilingandan so‘ng, aksiya ishtirokchisi Mobiuzning rasmiy ofisiga murojaat qilishi hamda sertifikat va kafolat talonini taqdim etishi lozim.

Agar kafolat taloni va sertifikatdagi IMEI raqamlari mos kelmasa, “Smartfon uchun bonuslar” aksiyasi doirasida alohida toifadagi raqamni bo‘lib to‘lash orqali ulash imkoniyati taqdim etilmaydi.

Shartlar:

  • «Smartfon uchun bonuslar» aksiyasi doirasida alohida toifadagi raqamni bo‘lib to‘lash asosida ulash faqat Mobiuzning rasmiy ofislarida amalga oshiriladi. 
  • Raqam, tasdiqlangan toifa va maskaga muvofiq ravishda, mavjud «Alohida toifadagi raqamlar» maskalari jadvaliga asosan tanlanadi.
  • Ushbu xizmatni ulash huquqi, tanlangan bo‘lib to‘lash muddati kamida mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tuzilgan Shartnoma muddati bilan teng yoki undan ko‘p bo‘lgan Abonentlarga beriladi. 
  • «Smartfon uchun bonuslar» aksiyasi doirasida maxsus toifadagi raqamlarni bo‘lib to‘lash orqali ulash quyidagi tarif rejalari bilan amalga oshiriladi: «Xotirjam 40», «Xotirjam 60», «Xotirjam 80», «Xotirjam 100», «Corporate Xotirjam 40», «Corporate Xotirjam 60», «Corporate Xotirjam 80» yoki «Corporate Xotirjam 100» tarif rejalari.
  • Tarif rejasi boshqa tarifga o‘zgartirilgan taqdirda ham, «Smartfon uchun bonuslar» aksiyasi doirasida alohida toifadagi raqamni bo‘lib to‘lash orqali ulash shartlari saqlab qolinadi (xizmat bo‘yicha keyingi to‘lovlar belgilangan tartibda davom ettiriladi). 
  • Alohida toifadagi raqamni ulash narxi xizmat ulanish vaqtida belgilab olinadi va butun xizmat muddati davomida o‘zgarmaydi, hatto pullik toifadagi raqamlar narxida o‘zgarishlar yoki chegirmalar joriy etilgan taqdirda ham.
  • Alohida toifadagi raqamni ulash narxi xizmat ulanish vaqtida belgilab olinadi va butun xizmat muddati davomida pullik toifadagi raqamlar narxida o‘zgarishlar yoki chegirmalar joriy etilgan taqdirda ham o‘zgarmaydi. 
  • «Smartfon uchun bonuslar» aksiyasi doirasida alohida toifadagi raqamni bo‘lib to‘lash xizmati bilan ulagan abonent, bo‘lib to‘lash muddati uchun qolgan barcha to‘lovlarni to‘liq to‘laganidan so‘ng, raqamni boshqa abonent nomiga qayta rasmiylashtirishi mumkin.
  • Aksiya doirasida bo‘lib to‘lash xizmati bilan ulangan raqam uchun birinchi oy to‘lovi raqam ro‘yxatdan o‘tkazilgach, eng yaqin tungi yechib olish jarayonida to‘liq ushlab qolinadi. Birinchi oydagi xizmat to‘lovi abonent hisobida istalgan musbat qoldiq mavjud bo‘lgan taqdirda yechib olinadi.
  • Bo‘lib to‘lash xizmati bilan ulangan raqam uchun keyingi 11 yoki 23 oylik ulanish to‘lovi har oyning birinchi kunida hisoblanadi; xizmat uchun to‘lov abonent hisobida istalgan musbat qoldiq mavjud bo‘lsa, yechib olinadi.
  • Agar raqam bloklanmagan bo‘lsa, lekin abonent hisobidagi mablag‘bo‘lib to‘lash xizmati uchun belgilangan to‘lovdan kam bo‘lsa, xizmat uchun to‘lov baribir amalga oshiriladi va abonent balansida manfiy qoldiq yuzaga keladi.  
  • Bloklangan holatdagi har qanday abonent raqamiga bo‘lib to‘lash xizmati uchun to‘lov hisoblanmaydi.
  • Agar abonent bloklangan holatda bir oydan ortiq (bir yoki bir necha to‘liq kalendar oyi) bo‘lgan bo‘lsa, bo‘lib to‘lash xizmati amal qilish muddati bloklangan oylar soniga mutanosib ravishda uzaytiriladi. 
  • Agar bo‘lib to‘lash xizmati uchun 12 yoki 24 oylik to‘lovlar to‘liq amalga oshirilmagan bo‘lsa, «Raqamni o‘tkazish (MNP)» xizmati mavjud emas.
  • Agar mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma (jismoniy shaxslar uchun – Ommaviy oferta) abonent tomonidan raqamning umumiy qiymati to‘liq to‘lanmasdan bekor qilinsa, raqam operator tasarrufiga o‘tadi va bo‘lib to‘lash xizmati doirasida amalga oshirilgan to‘lovlar qaytarilmaydi.

Ro'yxatga qaytish