Tungi internet-to’plamlar
Chop etish versiyasi
Tungi internet-to’plamni harid qilib, 00:00dan 8:00gacha internetdan arzonlashtirilgan narxlarda foydalanishingiz mumkin.
To’plam |
Kiritilgan internet-to’plam hajmi |
To’plamni yoqish uchun servis (USSD) raqami |
To’plam narxi |
---|---|---|---|
«Tungi to’plam 1 000» |
1000 Mb |
*203*1000# |
5 000 so'm |
«Tungi to’plam 2 000» |
2000 Mb |
*203*2000# |
9 500 so'm |
«Tungi to’plam 3 000» |
3000 Mb |
*203*3000# |
12 500 so'm |
«Tungi to’plam 5 000» |
5000 Mb |
*203*5000# |
17 000 so'm |
«Tungi to’plam 10 000» |
10000 Mb |
*203*10000# |
22 000 so'm |
«Tungi to’plam 20 000» |
20000 Mb |
*203*20000# |
33 000 so'm |
«Tungi to’plam 50 000» |
50000 Mb |
*203*50000# |
44 000 so'm |
Tungi Internet-to’plam qoldig‘ini *102# USSD-buyrug’i yoki 616203 raqamiga 3 sonini sms-xabar tariqasida yuborish orqali tekshirib ko’rish mumkin.
Shartlar
- Tungi internet-to’plamlar uchun haq bir marta, faollashtirilgan paytda yechib olinadi.
- Har bir internet-to’plam 30 kalendar kuni davomida, abonent vaqtinchalik blokirovka qilingan muddatdan qat’iy nazar amal qiladi
- Tungi internet-to’plamlar 00:00dan 8:00gacha sarflanadi.
- Barcha sotib olingan to’plamlarning hajmi qo’shiladi, ularning foydalanish muddati esa har bir yangi to’plam faollashtirilgan kundan boshlab 30 kunga uzaytiriladi.
- 00:00dan 8:00gacha bo’lgan davrda internet-to’plamlar quyidagi navbat bilan sarflanadi:
Tungi internet-to’plamlar -> sutkalik Internet-to‘plam -> TR doirasidagi to’plam -> «OnNet» mobil interneti -> Oylik internet-to’plamlar - Belgilangan trafik yakunlansa yoki to’plamning amal qilish muddati o’tsa, trafik abonent foydalanayotgan tarif bo’yicha hisoblanadi.
- «Tungi Drive» xizmati yoqilgan bo’lsa, sotib olingan tungi internet-to’plam trafigi sarflanmaydi.
- Bir nechta to’plamlarni harid qilish o’rtasidagi farq 10 daqiqadan kam bo’lmasligi kerak.
- To’plamlar abonent O’zbekiston Respublikasi hududida «UMS» MChJ tarmogida bo’lgandagina amal qiladi.
- Tungi internet-to’plamlar to’g’ri ishlashi uchun har kuni soat 00:00dan keyin internetni o’chirib, qayta yoqish lozim. Aks xolda tungi internet to’plamlarning ishga tushishi kafolatlanmaydi.