Mobiuz Interneti ortiqcha xarajatsiz 4G LTE tezligida!

O’ta yuqori tezlik yordamida xohlagan joyingizda bilimingizni oshiring, hissiyotlaringiz bilan bo’lishing, faolroq suhbatlashing!

70 Mbit/sgacha tezlik nafaqat katta hajmdagi fayllarni ko’chirib olishga, balki HD-sifatdagi seriallarni hech qanday uzilishlarsiz onlayn ko’rishga imkoniyat yaratadi.

Tezlashing va hech qanday ortiqcha mablag’ to’lamang!

Tez internetga ega bo’lish uchun ko’p pul sarflash shart emas. Mobiuz 4 avlod interneti – 4G LTEni 3G narxida taklif etadi!

Mobiuz bilan birgalikda o’zingizga qulay tarzda internetdan foydalaning!

4G LTE 4G-modulga ega barcha zamonaviy qurilmalarda: smartfonlar, planshetlar, routerlar, modemlarda ishlaydi.

4G LTE tarmog’idan foydalanish uchun qurilmangizni barcha tarmoqlar – 2G /3G / 4G LTEda ishlay olishini sozlang (universal rejimga o’tkazing).

Shartlar

Mobiuz'ning barcha abonentlari 4G LTE xizmatdan foydalanishlari mumkin. Xizmat yangi abonentlarda,ulangan paytda, avtomatik ravishda faollashtiriladi.

Xizmat taqdim etilishi

Xizmatdan butun O'zbekiston Respublikasi hududida foydalanish mumkin.

Xizmatni yoqish usullari:

USSD - *222*1#
SMS – 1 soni 616222 raqamiga

Xizmatni o’chirish usullari:

USSD - *222*0#
SMS – 0 soni 616222 raqamiga

Xizmat holatini tekshirish:

USSD - *222#
SMS – 3 soni 616222 raqamiga

Shuningdek, xizmatni boshqarish uchun Internet-yordamchi, 0890 ovozli yordamchi, *111# mobil portalidan foydalanish hamda Mobiuz ofislariga murojaat qilish mumkin.

Yuridik shaxslar uchun ushbu xizmatni boshqarish yozma ariza asosida amalga oshiriladi.

Xizmatga ulanish narxi – 0,00 so'm

4G LTE tarmog’ida internet optsiyalarining ishlashi

2G va 3G tarmoqlarida ishlaydigan ma’lumotlar almashinuvining barcha xizmatlari narxi o’zgarmagan holda 4G (LTE) tarmog’ida ham ishlaydi.


Eng ko’p beriladigan savollar

4G o’zi nima?

4G (inglizchadan “fourth generation” – “to’rtinchi avlod”) – mobil aloqa avlodi. To’rtinchi avlodga quyidagi tezliklarda ma’lumot almashinuvini ta’minlovchi texnologiyalar kiradi: 100 Mbit/s – harakatlanuvchi abonentlar uchun, 1 Gbit/s – statsionar abonentlar uchun.

Mobiuz tarmog’ida 4G qaysi chastotalarda ishlaydi?

Mobiuzning 4G (LTE) tarmog’i 800 MHz, 1800 MHz va 2600 MHzda ishlaydi.

Tezligi qanaqa?

Mobiuzning 4G (LTE) tarmog’ida ma’lumotlar almashinuvining maksimal tezligi – 70 Mbit/s

4G tarmog’ida internetdan foydalanish qancha turadi?

Mobiuzning 4G tarmog’idagi xizmatlar narxlari 2G yoki 3G tarmoqlaridan foydalanish kabi bir xil. Bir xil narxga yuqoriroq tezlikka ega bo’lasiz.

4G tarmog’ida qo’ng’iroqlarni qabul qilish mumkinmi?

Yo’q. 4G (LTE) tarmog’i faqat ma’lumotlar almashinuvi uchun ishlatiladi. Qo’ng’iroqlarni amalga oshirish va SMS-xabarlaridan foydalanish avtomatik ravishda 3G yoki 2G tarmog’ini ishlatadi.

4G standartida ishlay oladigan telefonlar ro’yxati bormi?

800 MHz, 1800 MHz va 2600 MHzni qo’llab-quvvatlovchi barcha moslamalar Mobiuz tarmog’ida ishlaydi. O’z telefoningiz modelini bu yerdan topishingiz mumkin.

Men *222*1# yuborib, xizmatni yoqdim. LTE (yoki 4G) belgisi telefonda yonmayapti.
  1. Telefoningiz LTE tarmog’ida, kerakli chastotada – 800 MHz, 1800 MHz va 2600 MHzda ishlay olishiga ishonch hosil qiling. Yoki uni sozlamalardan toping.
  2. Operatsion tizim yoki apparat turiga qarab telefon sozlamalarida “Faqat LTE” yoki “2G/3G/4G (LTE) universal rejimi”ni tanlang.
  3. Telefoningizning o’zini yoki “Parvoz rejimi”ni o’chirib yoqing.

Agar belgi shunda ham yonmagan bo’lsa, bu holat apparatingiz tarmoqning kerakli diapazonida ishlay olmasligidan, ya’ni mintaqamizda ishlashga moslashmaganidan dalolat beradi.