Kunlik internet-to’plamlar
Chop etish versiyasiAbonentlarga quyidagi to’plamlar taqdim etiladi:
To`plam |
Kiritilgan Internet hajmi |
Narxi |
To`plamni ulash uchun USSD-buyruq |
SMS-yordam |
---|---|---|---|---|
Internet 200 |
200 MB |
2 000 so‘m |
*102*1*200# | 616019ga 1*200 |
Internet 300 |
300 MB |
3 000 so‘m |
*102*1*300# | 616019ga 1*300 |
Internet 500 |
500 MB |
4 000 so‘m |
*102*1*500# | 616019ga 1*500 |
Internet 1000 |
1000 MB |
5 000 so‘m |
*102*1*1000# | 616019ga 1*1000 |
Internet 2000 |
2000 MB |
9 000 so‘m |
*102*1*2000# | 616019ga 1*2000 |
Internet 3000 |
3000 MB |
12 000 so‘m |
*102*1*3000# | 616019ga 1*3000 |
Internet 5000 |
5000 MB |
16 500 so‘m |
*102*1*5000# | 616019ga 1*5000 |
Internet 10000 |
10000 MB |
25 000 so‘m |
*102*1*10000# | 616019ga 1*10000 |
Ushbu internet-to’plamlardan barcha abonentlar - jismoniy va yuridik shaxslar foydalanishlari mumkin.
To`plam qoldig`ini bilish uchun *102# USSD-buyrug`ini tering yoki 616019 raqamiga 3ni yuboring.
To’plam narxi faollashtirilganda yechib olinadi.
Shartlar:
- Internet-to’plamlardan foydalanish uchun «Mobil internet» xizmati yoqilgan bo’lishi kerak.
- Tegishli hajmga ega internet-to’plam 1 sutka davomida, abonent vaqtinchalik blokirovka qilingan muddatdan qat’iy nazar amal qiladi.
- Bir nechta to’plamlarni harid qilish o’rtasidagi farq 10 daqiqadan kam bo’lmasligi kerak.
- Barcha sotib olingan to’plamlarning hajmi qo’shiladi, ularning foydalanish muddati esa har bir yangi to’plam faollashtirilgan kundan boshlab 1 sutkaga uzaytiriladi.
- Sutkalik internet-to’plamni harid qilish oylik internet-to’plamdan foydalanish muddatiga ta’sir qilmaydi.
- Belgilangan trafik yakunlansa yoki to’plamning amal qilish muddati o’tsa, trafik abonent foydalanayotgan tarif bo’yicha hisoblanadi.
- Bir vaqtning o’zida tarif rejasi doirasidagi foydalanilmagan megabayt hamda sutkalik internet-to’plam mavjud bo’lsa, birinchi bo’lib sutkalik internet-to’plam doirasidagi megabaytlar sarflanadi.
- Abonentda bittadan ziyod turdagi internet-to’plam mavjud bo’lsa, ular quyidagi navbat bilan sarflanadi:
sutkalik Internet-to‘plam -> TR doirasidagi to’plam -> «OnNet» mobil interneti -> Oylik internet-to’plamlar - 00:00dan 8:00gacha bo’lgan davrda internet-to’plamlar qo’yidagi navbat bilan sarflanadi:
- Tungi internet-to’plamlar -> Kunlik Internet-to‘plam -> TR doirasidagi to’plam -> «OnNet» mobil interneti -> Oylik internet-to’plamlar
- Tarif rejasi o’zgartirilganda to’plamlarni taqdim etish shartlari o’zgarmaydi.
- Internet-to‘plamlarni xarid qilgandan so‘ng ular to‘g‘ri narxlanishi uchun telefon/planshet yoki 3G modemni o‘chirib-yoqish kerak.
- To’plamlar abonent O’zbekiston Respublikasi hududida «UMS» MChJ tarmogida bo’lgandagina amal qiladi.
- Narxlar barcha soliqlarni hisobga olgan xolda ko’rsatilgan.