mobi music musiqiy servisi

Chop etish versiyasi

«mobi music» xizmati mobiuz abonentlariga ham o‘zbek, ham xorijiy sevimli ijrochilarining musiqalarini tinglash, o‘z pleylistlarini tuzish, shaxsiy tavsiyalarni olish, hamda qo‘shiqlarni smartfonga yuklab olish va ularni «mobi music» mobil ilovasi orqali yoki mobimusic.uz portalida hattoki offline foydalanishda ham tinglash imkonini beradi.

Abonent obunaning amal qilish muddatini tanlashi mumkin: 1 kun yoki 1 oy.

Abonent obunani (xizmat) faollashtirganda «mobi music» ilovasi va mobimusic.uz portali doirasida kontentdan cheklanmagan tarzda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Xizmatning narxi:

Obuna muddati

Narxi

bir kunlik

599 so‘m

oylik

14 999 so‘m


Ilovani yuklab olish uchun havola: https://bit.ly/3oct3S7

Ulash jarayoni:

  • Abonent obunani USSD bo‘yicha, «mobi music» ilovasida yoki mobimusic.uz portalida faollashtirishi mumkin.
  • USSD-kod

    • *130# - obunaning holatini tekshirish
    • *130*0# - xizmatni o‘chirish
    • *130*1# - bir kunlik obunani ulash
    • *130*30# - oylik obunani ulash
  • Abonentga mobi music harf-sonli raqamidan tekshiruv kodi keladi.
  • «mobi music» xizmatidan foydalanish uchun “Mobil internet” xizmatini, u avval o‘chirilgan bo‘lsa, faollashtirish kerak.
  • Xizmatni balansda qiymatni yechib olish uchun yetarli mablag‘ bo‘lgandagina faollashtirish mumkin.
  • Obuna faollashtirilgan paytdan boshlab,uning muddati tugagunga qadar amal qiladi va abonentning holatiga bog‘liq bo‘lmaydi.
  • Faol obuna mavjud bo‘lgan holatda Abonent xuddi shunday turdagi obunani faollashtirolmaydi. Lekin obuna turini boshqasiga o‘zgartirishi (har kunlikdan oylik obunaga, oylik obunadan har kunlikka) mumkin. Bunda birinchi obuna o‘chadi.
  • Bir kunlik yoki oylik obuna birinchi marta faollashtirilganda, abonentga tanlangan obuna turidan qat’iy nazar, bir oylik promo davr taqdim etiladi.
  • Obuna faol bo‘lgan paytda, avtorizatsiyadan o‘tgandan keyin mobi music ilovasi va mobimusic.uz veb-portalining internet trafiki narxlanmaydi.
  • Trafik faqat obuna xarid qilingan, abonent raqami joylashgan qurilmada narxlanmaydi. Faol obunadan bir vaqtning o‘zida bir nechta qurilmada foydalanish nazarda tutilmagan.
  • Obuna faollashtirilishi va akkaunt mobi music ilovasi yoki mobimusic.uz veb-portalida avtorizatsiyadan o‘tishgacha bo‘lgan davrda, abonentning mobil trafiki sarflanadi/narxlanadi.
  • Obuna, agar u o‘chirilmagan bo‘lsa, avtomatik ravishda xuddi shunday davrga uzaytiriladi.