mobi cinema + TV video servisi

Chop etish versiyasi

mobiuz™ abonentlariga iOS va Android uchun «mobi cinema» mobil ilovasi orqali va mobicinema.uz web-portalida kino, serial, teleko‘rsatuvlarni tomosha qilish imkonini beradi.

«Mobi TV» – bu 100+ mahalliy va rossiya telekanallari, shu jumladan MTV, VH1, Nickelodeon, M1 Global, Paramount Channel kabilarni bir oy cheklovlarsiz tomosha qilish imkoniyati.

«Mobi cinema – Premium» – bu 4 ta: «More.tv», «Start», «Megogo» va «Amediateka» onlayn kinoteatrlarini bir oy cheklovlarsiz tomosha qilish imkoniyati.

«Mobi cinema Milliy» – bu o‘zbek filmlari va seriallarini, obuna amal qiladigan davr davomida, cheklovlarsiz tomosha qilish imkoniyati.


Xizmatning narxi:

Obunalar

Narxi

«Mobi TV» 30 kunga, avtomatik ravishda uzaytiriladigan

23 999 so‘m

«Mobi cinema – Premium»
30 kunga, avtomatik ravishda uzaytiriladigan

56 500 so‘m

«Mobi cinema Milliy»
30 kunga, avtomatik ravishda uzaytiriladigan

23 999 so‘m

 

Saytga havola: https://mobicinema.uz/

Yuklab olish uchun havolalar

Android: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.mobiuz.cinema&utm_source=website

iOS: https://apps.apple.com/uz/app/mobi-cinema/id1611167645

  •  Abonentga amal qilish muddati 30 kun bo‘lgan xizmatni ulash imkoniyatini taqdim etiladi.

  • Obuna (xizmat) faollashtirilganda Abonent «mobi cinema» ilovasi doirasida 3 ta qurilmada 30 kunga kontentdan cheklanmagan ravishda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


Ulash jarayoni:

  • Abonent mobicinema.uz portalida yoki «mobi cinema» ilovasida ro‘yxatdan/avtorizatsiyadan o‘tadi (o‘z telefon raqamini kiritadi).

  • Abonentga «mobicinema» harf-sonli raqamidan tekshiruv kodi keladi. mobicinema harf-sonli raqami xabarlash uchun ishlatiladi, unda kontent yo‘q va kontent-xizmat to‘laqonli ishlashi uchun taqdim qilingan. Abonentga «mobicinema» harf-sonli raqamidan kiruvchi SMS xabarlar – narxlanmaydi.

  • Tekshiruv kodi kiritilgandan keyin Abonent 30 kunlik obunani xarid qilsh imkoniyatiga ega bo‘ladi.

  • Foydalanuvchi obunani bekor qilish orqali avtomatik ravishda uzaytirishni bekor qilmagan holatda, obuna muddati tugaganidan keyin avtomatik ravishda uzaytiriladi. Obuna bekor qilingandan keyin, undan takroran foydalanish uchun obunani qaytadan faollashtirish kerak.

  • Obuna avtomatik ravishda uzaytirilishini bekor qilish uchun Abonent obunani mobicinema.uz portalida yoki «mobi cinema» ilovasida bekor qilishi kerak.


Shartlar:

  • «Mobi cinema + TV» xizmatidan foydalanish uchun “Mobil internet” xizmatini, u avval o‘chirilgan bo‘lsa, faollashtirish kerak.

  • Xizmatni Abonent balansida xizmat qiymatini yechib olish uchun yetarli mablag‘ bo‘lganda faollashtirish mumkin.

  • Obuna faollashtirilgan paytdan boshlab, muddati tugagunga qadar amal qiladi va Abonent holatiga bog‘liq emas.

  • Obuna faol bo‘lgan paytda, mobi cinema ilovasi va mobicinema.uz portalining web-versiyasi doirasidagi internet trafik,faol obuna ishlatilayotgan, har qanday 3 ta qurilmalarda narxlanmaydi.

  • 1 kunni tashkil qiluvchi xizmat bilan tanishuv davri va/yoki treylerlarni ko‘rish paytida, mobi cinema ilovasi va mobicinema.uz portalining web-versiyasi doirasidagi internet trafik narxlanmaydi.