«Gap ko‘p» xizmati bilan Mobiuz tarmog‘i ichidagi chiquvchi qo‘ng‘iroqlar bepul**!

Xizmatdan «Mobi 20», «Mobi 25», «Mobi 30», «Mobi 30+», «O'qituvchi 1», «O'qituvchi 2» tarif rejalaridagi yangi va amaldagi abonentlar, hamda «777», «Maxi Year» , «777 Year», «Asosiy» , «Maxi New», «Omad» , «Omad Plus» , «Optimal», «Optimal+», «Premial», «Premial Yillik», «Qulay», «Qulay Yillik», «Qulay Yillik+», «Qulay+», «Standart», «Start», «Universal», «Yorqin», «Yorqin Yillik» tarif rejalaridagi amaldagi abonentlar foydalanishlari mumkin.

Xizmatni ulashning narxi — 10 000 so‘m ( bir marotaba, xizmat ulanganda yechiladi).

Xizmat uchun oylik abonent to‘lovi — 0 so‘m!

Xizmatning amal qilish muddati cheklanmagan.

Xizmatni boshqarish uchun *166# USSD-so‘rovini yuboring. Uning yordamida:

1. Xizmatni ulash

2. Xizmatni o‘chirish

3. Xizmatning holatini tekshirish mumkin

Yoki 616166 qisqa raqamiga SMS-xabar orqali 1 – xizmatni yoqish uchun, 2 – xizmatni o‘chirish uchun yoki 0 – holatni tekshirish uchun yuboring.

Izohlar:

**«Gap ko‘p» xizmati yoqilganda Mobiuz tarmog‘i ichida chiquvchi qo‘ng’iroqlar uchun bir  oy muddatga 15000 daqiqalik to‘plam beriladi. Daqiqalar to‘plami har oyning xizmat ulangan kunida taqdim etiladi.

Mobiuz tarmog’i ichidagi chiquvchi qo‘ng’iroqlarga berilgan 15000 daqiqa ulangan paytdan kalendar oyining oxiriga qadar tugaganda - Mobiuz abonentlariga chiquvchi qo‘ng’iroqlarni narxlash,tarif rejasining shartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Kalendar oyi tugaganda, abonentga yangi muddatga yana 15000 daqiqa beriladi va har oyda shunday tartib amal qiladi.

“Gap ko‘p” xizmatiga yangi ulanganda foydalanish shartlari.

Agar abonent avval «Gap ko‘p» xizmatini ulamagan bo‘lsa, xizmatni ulagan paytda undan 10 000 so‘m (faollashtirish uchun haq) yechib olinadi.

Xizmatning har oylik abonent to‘lovi uchun pul mablag’lari – YECHIB OLINMAYDI.

Avval faollashtirilgan “Gap ko‘p” xizmatidan foydalanish:

- «Gap ko‘p» xizmati ulangan tarif rejasi, «Gap ko‘p» xizmatidan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lgan tarifga o‘zgartirilganda,xizmat saqlanib qoladi.

- «Gap ko‘p» xizmati ulangan tarif rejasi, «Gap ko‘p» xizmatidan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lmagan tarifga o‘zgartirilganda, xizmat saqlanib qolmaydi.

  • Narxlar barcha soliqlarni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan;

  • Xizmatning amal qilish muddati cheklanmagan;

  • «Gap ko‘p» xizmati yoqilganda «Konferens-aloqa» xizmatidan foydalanish imkoniyati mavjud emas;

  • «Gap ko‘p» xizmati doirasida berilgan 15000 daqiqalik to‘plam keyingi davrga o‘tkazilmaydi;

  • Xizmatni ulash/o‘chirishlarning soni cheklanmagan;

  • Xizmatni unga ulangandan keyin abonent hisobida kamida 42.10 so‘m qolishi  sharti bilan ulash mumkin.

  • Bir vaqtda «Gap ko‘p» xizmati, tarif rejasi va foydalanilmagan bir martalik daqiqalar to‘plami bo‘yicha belgilangan Mobiuz tarmog’iga chiquvchi daqiqalar  mavjud bo‘lsa - Mobiuz tarmog’i ichidagi chiquvchi qo‘ng’iroqlar oldin «Gap ko‘p» xizmati bo‘yicha, keyin («Gap ko‘p» xizmati bo‘yicha 15 000 daqiqa tugagandan keyin) abonent to‘loviga kiritilgan daqiqalar to‘plamidan va undan so‘ng bir martalik daqiqalar to‘plamidan sarflanadi.

  • «Gap ko‘p» xizmati bo‘yicha berilgan daqiqalar to‘plami Mobiuz mobil operatori tarmog’iga O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha chiquvchi qo‘ng’iroqlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan;