SMS-to'plamlar
Chop etish versiyasi«SMS-to'plamlar» xizmati abonеntlarga o‘z raqamlariga SMS-xabarlarni arzon narxlarda ulash imkonini beradi. «SMS-to'plamlar» o‘zida turli miqdordagi SMS-xabarlarni jamlagan bo‘lib, O‘zbekistonning mobil aloqa kompaniyalari abonеntlariga xabar jo‘natishda ishlatilishi mumkin.
Faollashtirish uchun 2 ta «SMS-to'plam» taqdim etiladi:
To'plam | To'plamdagi SMS-xabarlar soni |
To'plamga ulanish uchun (USSD) sеrvis raqami |
«SMS yordamchi» vositasida faollashtirish | To'plamning narxi |
---|---|---|---|---|
«SMS 100» |
100 |
*104*100# |
616018 raqamiga 100 sonini |
4 500 so'm |
«SMS 300» |
300 |
*104*300# |
616018 raqamiga 300 sonini |
10 500 so'm |
To'plamning qiymati xizmat faollashtirilganda yechib olinadi.
Faollashtirilgan «SMS-to'plamlar»da qolgan xabarlar sonini bilish uchun *104# USSD-buyrug‘ini yoki 616018 raqamiga 3 soni bilan SMS-xabar jo‘natish zarur.
- Xalqaro chiquvchi SMS-xabarlar va kontеnt-provaydеr xizmatiga SMS-so‘rovlar ularga o‘rnatilgan tariflar bo‘yicha narxlanadi.
- SMS-xabarlarning tegishli hajmidan to'plam faollashtirilgan kundan boshlab, abonеnt bu vaqtda blokirovkada bo‘lgan muddatdan qat’iy nazar, 30 kalеndar kun muddati mobaynida foydalanish mumkin.
- SMS-to'plamlarga to'plam faollashtirilganidan so‘ng abonеnt hisobida 42,10 so'mdan kam bo‘lmagan mablag‘ bo‘lishi sharti bilan ulanish mumkin.
- Xarid qilingan to'plamlar o‘rtasidagi vaqt oralig‘i kamida 10 daqiqa bo‘lishi zarur.
- Xarid qilingan barcha to'plamlarning hajmi jamlanadi, foydalanish muddati esa oxirgi sotib olingan to'plamning muddati tugaguniga va sotib olingan kundan boshlab 30 kunga qadar cho‘ziladi.
- Xizmat – jismoniy va yuridik shaxs bo‘lgan barcha abonеntlarga,barcha tarif rejalarda amal qiladi.
- To'plamlar faqat abonеnt O‘zbekiston hududidagi «UMS» MChJ tarmog‘ida bo'lgan paytda va O‘zbekiston mobil operatorlariga yuborish uchun amal qiladi.
Narxlar barcha soliqlarni hisobga olgan holda ko'rsatilgan.