«Mobi 70» tarif rejasidagi o‘zgarishlar

Chop etish versiyasi

Hurmatli abonentlar!

11.01.2023y. dan «Mobi 70» tarifida abonent to‘lovini hisob-kitob qilish va daqiqalar, MB va SMS to‘plamlarini hisoblash tizimi o‘zgartirilganini (3500 so‘m/kuniga miqdoridagi har kunlik abonent to‘lovini yechishga o‘tish va har kunlik Mobiuz tarmog‘i ichida Unlim daqiqalar, O‘zbekiston bo‘yicha boshqa tarmoqlarga 167 daqiqa, 667 MB, 117 SMS to‘plamlarini hisoblanishini hisobga olgan holda) ma’lum qilamiz.  

 

  • Amaldagi va 11.01.2023y. gacha ulangan abonentlar uchun:

- Agar Mobi 70 TR amaldagi va ulangan abonentlarida 11.01.2023y. gacha yanvar uchun abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechib olingan bo‘lsa, abonent to‘lovini eng yaqin yechib olinishi va Mobiuz tarmog‘i ichida Unlim daqiqalar va boshqa tarmoqlarga daqiqalar to‘plamlari MB va SMS hisoblanishining muddati 01.02.2023y. bo‘ladi.

Agar 01.02.2023y. da oylik to‘liq abonent to‘lovini yechib olish uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, abonent hisobida mavjud mablag‘lardan har kunlik abonent to‘lovini yechib olish yoqiladi, boshqa tarmoqlarga daqiqalar to‘plamlari, MB va SMS ham 1 kunlik hajmda beriladi. Abonent to‘lovini yechib olish sanasi 1 kunga suriladi.

Abonent to‘lovini oylik yechib olishga o‘tish, abonent hisobida abonent to‘lovining to‘liq miqdorini yechib olish uchun yetarli mablag‘ bo‘lganda amalga oshiriladi. Boshqa tarmoqlarga daqiqalar to‘plamlari, MB, SMS to‘liq oy uchun hajmda hisoblanadi. Abonent to‘lovini yechib olish sanasi 1 kalendar oyiga suriladi.

1 kun uchun abonent to‘lovini yechib olish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmaganda, abonent mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha blokga tushadi va hisobni oylik yoki kunlik abonent to‘loviga teng miqdordagi mablag‘ bilan to‘ldirmaguncha blokda qoladi. Hisob oylik yoki kunlik abonent to‘lovining miqdoriga teng mablag‘ bilan to‘ldirilgandan keyin, mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha bloklash yechiladi. Abonent to‘lovini yechib olish va boshqa tarmoqlarga daqiqalar to‘plamlari, MB, SMS hisoblash, hisob to‘ldirilgandan keyin, darhol amalga oshiriladi (to‘ldirish mablag‘idan kelib chiqqan holdagi hajmlarda: to‘liq oyga yoki bir kunga). 

- Agar Mobi 70 TR amaldagi va ulangan abonentlarida 11.01.2023y. gacha yanvar uchun abonent to‘lovi yechib olinmagan bo‘lsa, raqam qisman bloklashda bo‘ladi. Bloklashdan chiqish uchun abonent balansni 70 000 so‘m yoki undan ko‘proq mablag‘ bilan to‘ldirishi kerak.

To‘liq oy uchun abonent to‘lovini yechib olish va Mobiuz tarmog‘i ichida Unlim daqiqalar, boshqa tarmoqlarga daqiqalar to‘plamlari, MB, SMS hisoblash, balans yetarli mablag‘ bilan to‘ldirilganda amalga oshiriladi. Keyingi yechib olish sanasi 1 kalendar oyiga suriladi.

  • Yangi ulanishda (11.01.2023y. dan):

- Agar yangi ulanishda abonent balansidagi mablag‘ 70 000 so‘m yoki undan ko‘proq bo‘lsa, boshqa tarmoqlarga daqiqalar to‘plamlari, MB, SMS to‘liq hajmda 1 kalendar oyiga hisoblanadi. Abonent to‘lovi to‘liq hajmda (bir oy uchun) yechib olinadi;

Agar abonent balansidagi mablag‘ 70 000 so‘mdan kam bo‘lsa, raqam mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha blokda bo‘ladi. Blokdan chiqish uchun balansni 70 000 so‘m yoki undan ko‘proq mablag‘ bilan to‘ldirish kerak. Balansni kerakli miqdordagi mablag‘ bilan to‘ldirish paytida abonent to‘lovini yechib olish va boshqa tarmoqlarga daqiqalar to‘plamlari, MB, SMS hisoblash, to‘liq hajmda (bir oy uchun) 1 kalendar oylik muddatga (balans to‘ldirilgan kundan boshlab) amalga oshiriladi.

  • Tarifga o‘tilganda (11.01.2023y. dan):

- Agar o‘tish paytida abonent balansida  o‘tish narxining miqdori (4210,35 yoki 10 000 so‘m) + 70 000 so‘m yoki undan ko‘proq mablag‘ mavjud bo‘lsa, tarif rejasini, avvalgi tarif bo‘yicha to‘plamlar qoldiqlarining Mobi 70 TR bo‘yicha butun oy uchun hajmdagi boshqa tarmoqlarga daqiqalar to‘plamlari,  MB, SMS qo‘shilishi bilan birga, muvaffaqiyatli o‘zgartirilishi amalga oshiriladi. Mobi 70 TR bo‘yicha abonent to‘lovi ham to‘liq hajmda (bir oy uchun) yechib olinadi; Keyingi yechib olish sanasi 1 kalendar oyiga suriladi.

1-misol: Abonent 15-yanvarda Mobi 60 TRdan Mobi 70 TRga o‘tishni xohlamoqda, o‘tish narxi – 4210,35 so‘m. Abonent balansida 80 000 so‘m mablag‘ mavjud (o‘tish narxiga  va bir oy uchun to‘liq abonent to‘loviga yetadi). Bu holatda o‘tish muvaffaqiyatli amalga oshadi. Mobi 70 TR bo‘yicha bir oylik abonent to‘lovi va o‘tish narxi, o‘tish amalga oshirilishi bilan, darhol yechib olinadi. Mobi 70 TR uchun keyingi abonent to‘lovini yechish sanasi – 15-fevral. Mobi 60 TR bo‘yicha to‘plamlar qoldiqlari va Mobi 70 TR bo‘yicha bir oylik to‘liq to‘plamlar amal qilish muddati 15-fevralgacha bo‘lgan holda qo‘shiladi. 

- Agar o‘tish paytida abonent balansida o‘tish narxining miqdori (4210,35 yoki 10 000 so‘m) + 3500 dan 69 999 so‘mgacha bo‘lsa, tarif rejasini, abonent to‘lovini har kunlik yechib olishga o‘tish va har kunlik Mobiuz tarmog‘i ichida Unlim daqiqalar, boshqa tarmoqlarga daqiqalar to‘plamlari, MB, SMS hisoblash bilan bo‘lgan, muvaffaqiyatli o‘zgartirilishi amalga oshiriladi. Bu holatda avvalgi tarif to‘plamlarining qoldiqlari bilan qo‘shish amalga oshirilmaydi.

2-misol: Abonent 15-yanvarda Mobi 60 TRdan Mobi 70  TRga o‘tishni xohlamoqda, o‘tish narxi – 4210,35 so‘m. Abonent balansida 50 000 so‘m mablag‘ mavjud (o‘tish narxiga yetadi lekin bir oy uchun to‘liq abonent to‘loviga yetmaydi). Bu holatda o‘tish muvaffaqiyatli amalga oshiriladi, lekin abonent to‘lovini har kunlik yechib olishga o‘tish amalga oshiriladi. Mobi 70 TR bo‘yicha 1 kun uchun abonent to‘lovi (3500 so‘m) va o‘tish narxi uchun to‘lovni yechib olish o‘tish amalga oshirilgandan keyin, darhol amalga oshiriladi. Mobi 70 TR uchun keyingi har kunlik abonent to‘lovini yechish – 16-yanvarda. Bu holatda Mobi 60 TR bo‘yicha to‘plamlar qoldiqlari kuyadi. Faqat  amal qilish muddati 15-yanvar kunining oxirigacha bo‘lgan, Mobi 70 TR bo‘yicha kunlik to‘plamlar (Mobiuz tarmog‘i ichida Unlim daqiqalar, O‘zbekiston bo‘yicha boshqa tarmoqlarga 167 daqiqa, 667 MB, 117 SMS) hisoblanadi. 

- Agar o‘tish paytida balansda faqat o‘tish narxining qiymatiga teng mablag‘ bo‘lsa (4210,35 yoki 10 000 so‘m), tarifni o‘zgartirish muvaffaqiyatli amalga oshiriladi, lekin raqam balans to‘liq oy yoki kunlik abonent to‘lovini yechib olish uchun (tegishli hajmdagi to‘plamlarning hisoblanishi bilan) yetarli mablag‘ bilan to‘ldirilmaguncha mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha blokga tushadi.

3-misol: Abonent 15-yanvarda Mobi 60 TRdan Mobi 70 TRga o‘tishni xohlamoqda, o‘tish narxi – 4210,35 so‘m. Abonent balansida 5000 so‘m mablag‘ mavjud (o‘tish narxiga yetadi,lekin oylik ham, kunlik abonent to‘lovi uchun ham yetmaydi). Bu holatda o‘tish muvaffaqiyatli amalga oshiriladi, o‘tish uchun mablag‘ yechib olinadi (4210,35 so‘m), biroq o‘tish amalga oshirilgandan keyin, raqam mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha blokga tushadi. Blokdan chiqish uchun balansni 3500 so‘m yoki undan ko‘proq mablag‘ bilan to‘ldirish kerak.

Balans 3500 so‘mdan 69 999 so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ bilan to‘ldirilganda Mobi 70 TR bo‘yicha har kunlik abonent to‘lovi yechib olinib, tegishli hajmdagi to‘plamlar beriladi. Mobi 60 TR bo‘yicha to‘plamlar qoldiqlari kuyadi.

Balans 70 000 so‘m yoki undan ko‘proq mablag‘ bilan to‘ldirilganda, to‘liq oy uchun abonent to‘lovi yechib olinadi va tegishli hajmdagi to‘plamlar beriladi. Mobi 60 TRdagi to‘plamlar qoldiqlari va Mobi 70  TR bo‘yicha bir oylik to‘liq to‘plamlar qo‘shiladi. Amal qilish muddati – balans to‘ldirilgan paytdan boshlab 1 kalendar oyi.   

- Agar o‘tish paytida balansdagi mablag‘ o‘tish narxidan (4210,35 yoki 10 000 so‘m) kamroq bo‘lsa, tarifni o‘zgartirish amalga oshirilmaydi.

4-misol: Abonent 15-yanvarda Mobi 60 TRdan Mobi 70 TRga o‘tishni xohlamoqda, o‘tish narxi – 4210,35 so‘m. Abonent balansida 3000 so‘m mablag‘ mavjud. Bu holatda o‘tish amalga oshmaydi, chunki  o‘tish narxi uchun ham, tarif uchun abonent to‘loviga ham mablag‘ yetmaydi. 

 

Batafsil >>>


Ro'yxatga qaytish