Raqam egasini o‘zgartirish

Chop etish versiyasi

“Raqam egasini o‘zgartirish” xizmati raqamni boshqa jismoniy shaxs nomiga rasmiylashtirish uchun mo'ljallangan

Xizmatdan faqat Mobiuz shaxsiy ofislarida foydalanish mumkin

Xizmat narxi (butun Respublika bo'yicha)21 000 so‘m.

Xizmatning haqi raqamning yangi abonenti (raqam nomiga o'tkazilayotgan) tomonidan to'lanadi.

Xizmat narxi yangi shartnoma tuzish paytidagi dastlabki bo'nak to'loviga kiradi. Barcha narxlar QQS va aksiz solig'ini hisobga olgan holda ko'rsatilgan.

1-jadval

Qayta rasmiylashtirilayotgan raqam toifasi

To‘lov foizi

Qayta rasmiylashtirish narxi

Super Platinum Plus











50%

50 000 000 so'm

Super Platinum

25 000 000 so‘m

Platinum Plus

20 000 000 so‘m 

Platinum

12 500 000 so‘m 

Platinum Light 5 000 000 so'm

Super Gold

2 500 000 so‘m 

Gold

1 000 000 so‘m 

Silver

420 000 so‘m 

Silver Light 315 000 so'm

Bronze

150 000 so‘m 

Steel

65 000 so‘m  

Steel Light 40 000 so'm


Shartlar:

  • Narxlar barcha soliqlarni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.
  • Raqamni qayta rasmiylashtirish amaldagi va yangi abonentlarning (yoki amaldagi abonent tomonidan Ishonchnomaga ega bo'lgan vakili) shaxsiy ishtirokida amalga oshiriladi. Abonentlar pasportning asl nusxasi bilan tashrif buyurishlari kerak.
  • Raqam egasini o‘zgartirish arizasi berilgan paytdan boshlab 7 kalendar kuni davomida Kompaniya tomonidan ko‘rib chiqiladi.
  • Xizmat narxi (21 000 so‘m) yangi abonent tomonidan to‘lanadi. Ushbu mablag' bir marta uning hisobidan yechib olinadi.

Agar xizmat to'lovi abonent (jismoniy shaxs) tomonidan 7 kalendar kuni davomida to‘lanmasa, Kompaniya abonent bilan tuzilgan shartnomani bekor qilishga va raqamni sotuvga chiqarib yuborishga haqli.

  • Agar alohida toifadagi raqam egasi o‘zgarayotgan bo‘lsa, uning yangi egasi “Raqam egasini o‘zgartirish” xizmati bo‘yicha haq va alohida toifadagi raqam haqini (1-jadvalda ko‘rsatilgan) to‘laydi.
  • Agar alohida toifadagi raqam avval chegirmalar bilan yoki aksiyalar davomida ulangan bo‘lsa, uning yangi egasi “Raqam egasini o‘zgartirish” xizmati bo‘yicha haq va alohida toifadagi raqam haqini (1-jadvalda ko‘rsatilgan) to‘laydi.  
  • Agar alohida toifadagi raqam hozirda bo‘layotgan aksiyalar davomida ulangan va uning egasi o‘zgarayotgan bo‘lsa, uning yangi egasi “Raqam egasini o‘zgartirish” xizmati bo‘yicha haq va alohida toifadagi raqam haqini (1- jadvalda ko‘rsatilgan) to‘laydi. Bunday holatda raqamning yangi egasiga aksiyalar shartlari amal qilmaydi. “Chiroyli raqamlarga super chegirmalar” aksiyasi bundan mustasno.

    “Raqam egasini o‘zgartirish” xizmatidan foydalanganda "Alohida toifadagi raqam haqini qismlarga bo‘lib to‘lash" xizmati ulanilmaydi.

  “Raqam egasini o‘zgartirish” xizmati quyidagi holatlarda taqdim ETILMAYDI:
  • Agar egasi o'zgartirilayotgan abonentlik raqamida qarzdorlik (manfiy balans) mavjud bo'lsa.
  • Amaldagi yoki yangi egalarning mavjud bo'lgan har qanday abonentlik raqamlarida qarzdorlik (manfiy balans) mavjud bo'lsa.
  • Agar egasi o'zgartirilayotgan raqam va/yoki amaldagi yoki yangi egalarda mavjud bo'lgan qaysidir raqam GSM-shlyuzda ishlatilayotgan bo'lsa.
  • Agar dastlabki bo'nak to'lovi amaldagi abonent tomonidan to'liq to'lanmagan bo'lsa (jismoniy shaxs tomonidan ulangan paytdan boshlab 7 kalendar kuni davomida);
  • Agar raqamning amaldagi yoki yangi egasi O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy yoki vaqtinchalik ro'yxatdan o'tmagan bo'lsa
  • Agar "Alohida toifadagi raqam haqini qismlarga bo‘lib to‘lash" xizmati bilan ulangan alohida toifadagi raqamning umumiy qiymati amaldagi abonent tomonidan to'lanmagan bo'lsa.
  • Agar "Raqamni tiklash" xizmati ulangan paytdan to'liq 90 kalendar kuni o'tmagan bo'lsa. 


Abonent vafot etgan holatda, raqamni kerakli hujjatlarni taqdim qilgan holda yaqin kishilaridan birining (otasi, onasi,eri,ayoli,o‘g’li,qizi, aka-ukasi,opa-singillari) nomiga o‘tkazish mumkin. 

Raqam egasini o‘zgartirish quyidagi hujjatlar mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi:

  • o‘lim haqidagi guvohnoma (asl nusxasi);

  • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali tomonidan berilgan O‘lim ro'yxatga olinganligi haqidagi ma’lumotnomaning nusxasi;

  • vafot etgan abonent bilan qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjat (tug’ilganlik haqidagi guvohnoma, nikoh qayd etilganligi haqidagi guvohnoma va boshq).