«Raqamni tiklash» xizmati

Chop etish versiyasi

Xizmat narxi – 21 000 so'm.

Xizmatdan faqat Mobiuz shaxsiy ofislarida foydalanish mumkin.

«Raqamni tiklash» xizmati navbatdan tashqari va alohida toifadagi raqamlarni Mobil aloqa xizmatlarini korsatish shartnomasi bekor qilingan bolsa bitta abonentning oziga tiklash (qaytadan ulash) uchun moljallangan ( shartnoma oxirgi marta bekor qilinishidan oldin abonentlik raqami nomiga royxatga olingan abonentga tiklanadi).

Abonent xizmatdan faqat barcha shaxsiy hisoblar boyicha (ushbu abonent nomigaga royxatga olingan barcha abonentlik raqamlari, shuningdek bekor qilingan raqamlar bo'yicha ham) qarzdorlik qoplangandan keyin foydalanishi mumkin.

Abonent «Raqamni tiklash» xizmatidan foydalanishi mumkin bo'lgan davr:

  •          Alohida toifadagi raqamlar uchun Shartnoma bekor qilingandan keyin 60 kun ichida*

  •          Navbatdan tashqari raqamlar uchun Shartnoma bekor qilingandan keyin 30 kun ichida

* Raqamni tiklash, raqam yangi abonentga ulanmagan bo’lsa amalga oshirilishi mumkin. Agar Shartnoma bekor qilingandan 30 kun keyin, murojaat etilgan paytda abonentlik raqami boshqa abonentga ulangan bo'lsa, «Raqamni tiklash» xizmatidan foydalanishning imkoniyati mavjud emas.

«Raqamni tiklash» xizmati abonent bilan yangi Shartnoma tuzish orqali amalga oshiriladi.

Abonentning ushbu xizmatdan foydalanish huquqini boshqa shaxsga berishga vakolati yo’q.

«Raqamni tiklash» xizmatidan faqat abonentlik raqami shartnomaning oxirgi bekor qilinishigacha nomiga royxatdan otkazilgan abonent foydalanishi mumkin. 
Raqamni tiklash faqat abonent raqami abonentlik shartnomasini bekor qilish paytigacha tegishli bolgan shaxs nomiga amalga oshiriladi. Raqamni tiklash shaxs tomonidan ishonchli vakiliga berilgan notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida amalga oshirilishi mumkin. Ishonchnomada abonentlik raqami va xizmatning nomi ko’rsatib o’tilgan bo’lishi shart.  

Shartlar :

  • Barcha narxlar QQS va aksiz solig’ini hisobga olgan holda ko’rsatilgan.
  •          O’zining avvalgi raqamini tiklash uchun, abonent Mobiuz shaxsiy ofisiga,mobil aloqa xizmatlarini ko’rsatish Shartnomani tuzish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjati bo’lgan holda,shaxsan murojaat qilishi kerak.

  •          Raqamni tiklash uchun ariza,Kompaniya tomonidan berilgan kundan boshlab 10 kalendar kuni ichida ko’rib chiqiladi.

  •          Xizmat narxi - 21 000 so'm, bir marotaba abonent balansidan yechib olinadi.

  •          Quyidagi holatlarda  «Raqamni tiklash» xizmati taqdim ETILMAYDI:

  •          Shartnoma abonent tashabussi bo’yicha, shuninigdek shartnoma shartlarida nazarda tutilgan boshqa shartlar asosida Operator tashabussi bo’yicha, abonent tomonidan aloqa xizmatlarini ko’rsatish to’xtatib qo’yilgan kundan boshlab 60 (oltmish) kalendar kuni davomida badal to’lovini amalga oshirmaslik (qarzdorlikni qoplamaslik) bilan bog’liq bo’lmagan holatlarda.

  •          Tiklanishi kerak bo’lgan va/yoki abonentda mavjud bo’lgan boshqa har qanday raqamlarda qarzdorlik QOPLANMAGAN (balans manfiy bo’lgan) holatlarda.

  •          Agar tiklanayotgan va/yoki abonentdagi bor bo’lgan boshqa har qanday raqam GSM-shlyuzda ishlatilayotgan bo’lsa.

  •          Agar abonent O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yoki vaqtinchalik ro’yxatdan o’tmagan bo’lsa.

  •          Agar murojaat qilingan paytda abonentlik raqami Operator tomonidan boshqa abonentga taqdim etilgan bo’lsa (boshqa abonent nomiga ro’yxatdan o’tkazilgan).

 Xizmat narxi yangi shartnomani tuzish paytidagi birlamchi badal to’loviga kiradi.

Abonent- jismoniy shaxs tomonidan 7 kalendar kuni ichida Birlamchi badal to’lovining to’liq qiymatini to’lamaslik, abonent tomonidan Shartnomadan voz kechilganligini anglatadi.

Tiklangan raqamning egasini almashtirish faqat tiklangan paytdan keyin 90 kalendar kuni o’tgandan keyin amalga oshirilishi mumkin.

Raqam tiklangan paytdan 90 kalendar kuni to’liq o’tmagunga qadar «Raqam egasini o’zgartirish» xizmati taqdim ETILMAYDI.

Tiklangan abonentlik raqami egasi o’zgartirilganda, «Raqamni tiklash» xizmati, tarif rejasining abonent to’lovi, alohida toifadagi raqamning narxi va boshqa xizmatlar uchun yechib olingan pul mablag’lari - qaytarilmaydi.

Abonent to’lovni qisman amalga oshirgan alohida toifadagi raqamni ulashga chegirma taqdim qiladigan, aksiyalar, xizmatlar, tarif rejasi shartlarini bajarmagan, holda «Raqamni tiklash» xizmatini ulash.

Xizmat narxi : 21000 so'm. Xizmat narxi shartnomani tuzish paytidagi birlamchi badal to’loviga kiradi. Barcha narxlar soliqlar va aksiz solig’ini hisobga olgan holda ko’rsatilgan.

Abonent «Raqamni tiklash» xizmatidan faqat alohida toifadagi raqamni taqdim qilishning qiymatini raqamni tiklash uchun Ariza berilgan kundagi Operator tomonidan alohida toifadagi raqamni ulash uchun o’rnatilgan to’lovni,oldin berilgan chegirmalar qo’llanilmagan, oldin amalga oshirilgan (qisman) to’lovlarni, raqamni tiklash paytida amal qilayotgan chegirmalarni  hisobga olmagan holda to’liq amalga oshirganda foydalanishi mumkin.