Flash SIM o‘zi nima?

Flash SIM – mikrosxema o‘rnatilgan identifikatsiya moduli bo‘lib,uning yordamida Abonent qurilmasi identifikatsiyalanishi, u mobil aloqa tarmog‘iga kirishi, shuningdek abonent raqamidan ruxsatsiz foydalanishdan himoya ta’minlanadi; qo‘shimcha – shaxsiy ma’lumotlarni saqlash uchun joy mavjudligi funksiyasi bilan.
Mazkur SIM-karta barcha turdagi tarmoqlar - 2G/3G/4G bilan ishlatish uchun mos keladi.

U o‘rnatilgan xotiraning ko‘paytirilgan hajmi bilan oddiy SIM-kartadan farq qiladi — unda rasmlar, video va boshqa shaxsiy fayllarni saqlash mumkin. Flash SIM hattoki microSD xotira kartalarini qo‘llab-quvvatlamaydigan smartfonlarda ham xotirani ko‘paytirishga imkon beradi. Shuningdek, foydalanuvchilar yangi SIM-kartalar yordamida ma’lumotlarni zaxiraviy ko‘chirishni amalga oshirishlari mumkin.

Nano-sim va SD turdagi slotli qurilmalarda qo‘llab-quvvatlanadi. Nano-sim turidagi ikki slotli qurilmalarda qo‘llab-quvvatlanmaydi.

Flash SIM afzalliklari

  • Standart microSD o‘rnini bosuvchi

  • Katta hajmdagi o‘rnatilgan xotira

  • Mobil qurilma almashtirilganda ma’lumotlarni qulay ko‘chirish imkoniyati

  • Ma’lumotlarning shifrlangan ko‘rinishda saqlanishi

  • Zaxiraviy nusxalarni avtomatik ravishda yaratishni sozlash imkoniyati

Xizmatdan qanday foydalanish mumkin?

Xizmatdan foydalanish uchun abonent- jismoniy shaxs, Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan Kompaniya shaxsiy ofisiga murojaat qilishi kerak.

Shuningdek, amaldagi Mobiuz abonentlari ham ularda mavjud bo‘lgan standart turdagi SIM-kartani Kompaniya ofislariga shaxsan tashrif buyurgan holda Flash SIMga almashtirishlari mumkin. Buning uchun abonent o‘zi bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjatni olib kelishi zarur. Flash SIMga almashtirilgan standart (avvalgi) SIM-karta ishlashdan to‘xtaydi.

Yuridik shaxslar (yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar) xizmatdan foydalanish uchun Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida shartnomani tuzish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar to‘plami bilan Kompaniya shaxsiy ofisiga murojaat qilishlari kerak:

  • Ulanish uchun arizaning asl nusxasi (Mobiuz namunaviy blanki yoki tashkilot xos ish blankasida);

  • Ro‘yxatdan o‘tganlik haqidagi Guvohnoma nusxasi (Guvohnoma);

  • Qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida Davlat ro‘yxatidan o‘tganlik haqidagi Guvohnoma nusxasi;

  • Korxona rahbari yoki ishonchli shaxs (rahbar pasportining nusxasi bo‘lishi shart) pasportining asl nusxasi;

  • Vakolatli vakil nomiga Ishonchnoma.

Ulash uchun 32 GB xotirali hajmdagi Flash SIM mavjud.

Diqqat! Operator abonent tomonidan Flash SIMda o‘rnatilgan xotirada saqlab qo‘yilgan ma’lumotlarni saqlash, tiklash xizmatlarini ko‘rsatmaydi. Flash SIMda o‘rnatilgan xotirada saqlanayotgan ma’lumotlarning maxfiyligi va saqlanganligi uchun javobgarlik abonentning zimmasida bo‘ladi.

Flash SIM xizmatining soni cheklangan.

Flash SIM ulashning narxi qancha?

Flash SIM ulashning narxi – 250 000 so‘m.

Flash SIM bilan «Raqam egasini o‘zgartirish» xizmati taqdim etilmaydi.

«Raqamni tiklash» xizmati abonent bilan yangi Shartnoma tuzish orqali amalga oshiriladi.

Abonentning ushbu xizmatdan foydalanish huquqini boshqa shaxsga berishga vakolati yo‘q.

«Raqamni tiklash» xizmatidan faqat abonentlik raqami shartnomaning oxirgi bekor qilinishigacha nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan abonent foydalanishi mumkin. Raqamni tiklash faqat abonent raqami abonentlik shartnomasini bekor qilish paytigacha tegishli bo‘lgan shaxs nomiga amalga oshiriladi. Raqamni tiklash shaxs tomonidan ishonchli vakiliga berilgan notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida amalga oshirilishi mumkin. Ishonchnomada abonentlik raqami va xizmatning nomi ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lishi shart. 

Flash SIMdan standart turdagi SIM-kartaga «Raqamni tiklash» xizmatining narxi - 21 000 so‘m, bir marotaba abonent balansidan yechib olinadi.

SIM-kartani Flash SIMga almashtirishning narxi – 250 000 so‘m.

Flash SIMdan - Flash SIMga Raqamni tiklash» xizmatining narxi - 250 000 so‘m.