Xizmatlardan foydalanganlik bo‘yicha hisobot

Chop etish versiyasi

Xizmat barcha suhbatlar, qabul qilingan va jo‘natilgan SMS-xabarlar (ularning mazmuni EMAS), sarflangan Internet-trafik va turli foydalanilgan xizmatlar haqida batafsil ma’lumot olish imkonini beradi.

Qanday qilib olish mumkin?

Jismoniy shaxslar.

1. Intеrnеt-yordamchida. Maxsus bo‘limdan hisob bo‘yicha zarur davrni, hisobi ko‘rib chiqildi, shuningdek, uni olish usuli tanlab olinadi. Intеrnеt-yordamchi vositasida olingan fayl saqlab olish, shuningdek, shakllantirilgan fayl ko‘rsatilgan manzil elеktron pochtasiga jo‘natilishi mumkin.

2. Kompaniya markaziy ofislarida, shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinganda.

Yuridik shaxslar.

Kompaniya markaziy ofislarida, quyidagi hujjatlar mavjud bo’lganda:

  • Firma blankasida rahbar imzosi va muhr bilan xat
  • Xizmatga murojaat qilgan shaxsga berilgan ishonchnoma
  • Ishonchli vakilning shaxsini tasdiqlovchi hujjat.

Narxi qancha?

Jismoniy shaxslar.

  • Intеrnеt-yordamchida aniqlash – 0,00 so‘m 
  • Ofisda - 15 000 so‘m ( kalendar oyining 1 kunidan 31 kunigacha,har qanday o’tgan davri uchun).

Yuridik shaxslar.

1. Korporativ Internet yordamchi orqali aniqlash  – 0,00 so'm

2. Ofisda - 15 000 so‘m (kalendar oyining 1 kunidan 31 kunigacha,har qanday o’tgan davri uchun).

Izohlar.

Ofisda xizmatlardan foydalanganlik bo‘yicha hisobotga buyurtmani kalendar oyining 1 kunidan 31 kunigacha,har qanday o’tgan davri uchun berish mumkin. Davr uzunligi xizmat narxiga ta’sir qilmaydi.

Agar abonentga 31 kundan ortiq muddat uchun Xizmatlardan foydalanganlik bo‘yicha hisobot kerak bo'lsa, u bir nechta davr uchun Xizmatlardan foydalanganlik bo‘yicha hisobotga buyurtma berishi va har biri uchun alohida to'lov amalga oshirishi mumkin.

Abonent Operator bilan tuzilgan Shartnomaning amal qilish muddati davomida  o’zining Operatorga  yo’llangan yozma arizasi asosida, foydalanilgan aloqa xizmatlari va Shaxsiy (elektron) hisobidagi mablag'larning sarflanishi haqida Operator tomonidan belgilangan tariflar bo’yicha  batafsil ma'lumotlarni olishga haqli.

Internet-yordamchida buyurtma berilgan kundan avval keladigan 3 oy uchun Xizmatlardan foydalanganlik bo‘yicha hisobot bo'yicha ma'lumotlar mavjud.

Narxlar barcha soliqlarni inobatga olgan holda ko’rsatilgan.