Abonent to‘lovi oyiga

12 000 so‘m

400 daqiqa

O‘zbekiston bo‘yicha barcha chiquvchi qo‘ng‘iroqlarga

50 MB

oyiga

50 SMS

oyiga
O'zbekiston bo'yicha qo'ng'iroqlarning bir daqiqasi

12 so‘m

Mobiuz abonentlariga (400 daqiqalik limit tugagandan keyin)

12 so‘m

O’zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlariga (400 daqiqalik limit tugagandan keyin)

12 so‘m

Shahar raqamlariga (400 daqiqalik limit tugagandan keyin)
O'zbekiston bo'yicha 1 ta SMS-xabar

0,00 so‘m

Kiruvchi SMS-xabar

12 so‘m

Chiquvchi SMS-xabarlar – Mobiuz abonentlariga (50 SMS limit tugagandan keyin)

12 so‘m

Chiquvchi SMS-xabarlar – O’zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlarga (50 SMS limit tugagandan keyin)

1000 so‘m*

Chiquvchi xalqaro SMS-xabarlar*
Internetning 1 MB trafigi

12 so‘m

1 MB Internet-trafik uchun (50 MB tugagandan keyin)
Foydali buyruqlar:
  • *100# - balans, tarif rejasi  va oylik to‘lovga kiritilgan daqiqa, SMS va MB to‘plamlarining  qoldig‘ini bilish

  • *104# - xarid qilingan SMS-to’plamlari qoldig’ini bilish

  • *102# - xarid qilingan Internet-to’plamlar qoldig’ini bilish 

Shartlar:

  •  15.09.2020y. sanasidan «Omad» tarif rejasiga ulanish imkoniyati mavjud emas

  • Ulanish narxi - 0;

  • Mobil aloqa xizmatlaridan faqat musbat balansda, abonent to‘lovi yechib olindandan so‘ng foydalanish mumkin;

  • Tarif rejasiga ulanganda daqiqa, MB va SMS-to‘plamlar oyning qolgan kuniga mutanosib ravishda belgilanadi;

  • Qo'ng'iroqlarni narxlash daqiqalar bo’yicha amalga oshiriladi. 

  • Barcha chiquvchi qo’ng’iroqlarni narxlash 1-soniyadan boshlanadi. Qo’ng’iroq davomiyligi katta tarafga qarab yaxlitlanadi;

  • Internet-trafikni yaxlitlash kvanti 1 KB;

  • Yangi to’plam har oyning 1-sanasida belgilanadi;

  • Foydalanilmagan MB va SMS-xabarlar keyingi davrga o’tkazilmaydi;

  • “Omad” TR dan boshqa tarifga o’tilganda tarif rejasiga kiritilgan daqiqa, MB va SMS bekor qilinadi;

  • Balans nolga teng yoki manfiy bo‘lib qolganda,raqam qisman blokirovka qilinadi (qisman blokirovkada chiquvchi daqiqalar, SMS va internet bloklanadi) va abonent «Aloqadaman» xizmatining shartlariga muvofiq kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va SMS larni qabul qilishi mumkin bo‘ladi. 

  • "Omad" TRga boshqa tarif rejalaridan o'tish imkoniyati - mavjud emas.

  • "Omad" tarif rejasi va  Faxriy, MOBIUZ bilan birga tarif rejalari orasida o‘zaro o‘tish narxi –  0.

  • Markaziy Osiyo: Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston va Qirg‘iziston.

  • MDH mamlakatlari: Аzarbayjon, Armaniston, Bеlarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina.

  • Yevropa: Аvstriya, Albaniya, Andorra, Bеlgiya, Bolgariya, Bosniya va Gеrtsеgovina, Vatikan, Buyuk Britaniya, Vеngriya, Gеrmaniya, Grеtsiya, Daniya, Isroil, Irlandiya, Islandiya, Ispaniya, Italiya, Kipr, Kosovo, Latviya, Litva, Lixtеnshtеyn, Lyuksеmburg, Makеdoniya, Malta, Monako, Nidеrland, Norvеgiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Slovakiya, Slovеniya, Turkiya, Finlyandiya, Fransiya, Xorvatiya, Chеrnogoriya, Chеxiya, Shvеytsariya, Shvеtsiya, Estoniya.

  • Аmеrika, Afrika: Jazoir, Angilya, Angola, Antigua va Barbuda, Argеntina, Aruba, Bеrmud, Braziliya, Burkina-Faso, Burundi, Vеnеsuela, Gabon, Gaiti, Gambiya, Gana, Gvatеmala, Gonduras, Grеnada, Guam, Kongo Dеmokratik Rеspublikasi, Dominika, Misr, Kaymanov orollari, Kanada, Kеniya, Kuba, Libеriya, Madagaskar, Malavi, Mali, Marokko, Mеksika, Mozambik, Namibiya, Nigеriya, Tеrks va Kaykos orollari, Panama, Paragvay, Sudan, Samoa, Sеnеgal, Sеnt Vinsеnt va Grеnadin, Sеnt Kits va Nеvis, Sеnt Lyusiya, AQSH, Sеrra-Lеonе, Tanzaniya, Trinidad va Tobago, Tunis, Chili, Urugvay, Ekvador, El-Salvador, Efiopiya, JAR, Yamayka.

  • Osiyo: Afg‘oniston, Bangladеsh, Baxrеyn, Brunеy, Vyеtnam, Gonkong, Hindiston, Indonеziya, Iordaniya, Iroq, Eron, Yaman, Kambodja, Qatar, Xitoy, Liviya, Malayziya, Maldivi, Mongoliya, Nеpal, Oman, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Singapur, Suriya, Tailand, Tayvan, Yaponiya, Janubiy Korеya.

«Omad»TR ning amaldagi abonentlaridan abonent to’lovini yechib olish:

  • Abonent to’lovini yechib olish har oyning 1-sanasida soat 00:00 dan keyin amalga oshiriladi.

  • “Omad” tarif rejasiga ulangan yoki o’tgan abonentlardan abonent to’lovini (12 000 so'm) yechib olish uchun mazkur oyning oxirgi kuni soat 23:59 dan kech bo’lmagan davrda abonentning balansi kamida 12 000 so'mni tashkil etishi kerak.

  • Abonent to’lovini yechib olish paytida abonent hisobida 12 000 so'mdan kam mablag’ bo’lsa, raqam qisman bandlanadi va abonent “Aloqadaman” xizmati shartlariga ko’ra kiruvchi qo’ng’iroq va SMS’larni qabul qila oladi.

Bunday holatda abonent hisobini kamida 12 000 so'mga yetadigan summaga to’ldirgandan keyin abonent to’lovi bir sutka muddat ichida yechib olinadi.

Abonent hisobini 12 000 so‘m summasiga yetkuncha to’ldirgandan keyin tarifga kiritilgan daqiqa, MB va SMS dan kalendar oyining oxirigacha foydalanishi mumkin.

Masalan: 1-avgust holatiga ko’ra abonent balansida 10 000 so‘m mavjud – bunday holda abonent to’lovi yechilmaydi va raqam qisman bandlanadi, daqiqa, MB va SMS’dan foydalanib bo’lmaydi. Abonent yetmayotgan summani (kamida 2 000 so‘mni) 5-avgust kuni to’laydi. Hisob kamida 12 000 so'mni tashkil qilgan zahotiyoq tarifga kiritilgan 400 daqiqa, 50 MB va 50 SMSdan kalendar oyining oxirigacha foydalanish mumkin. Abonent to’lovi bir sutka davomida to’la hajmda (12 000 so'm) yechib qolinadi.

  • Agar abonent qisman bandlangandan (kiruvchi qo‘ng‘iroq va SMS larni qabul qila oladigan) keyin bir oy muddat otib, balansini 12 000 so'mga yetkuncha to’ldirsa, abonent to’lovini yechib olish va to’plamlarni belgilash blokirovkada bo'lgan muddatdan qat'iy nazar faqat mazkur oy uchun, lekin to’laligicha bir oylik hajmda amalga oshiriladi.

“Omad” TR yangi abonentlaridan abonent to‘lovini yechib olish:

  • Ushbu tarif rejasiga yangi ulanilganda  abonent to’lovini yechib olish kalendar oyining qolgan kunlariga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.Tarif rejasi doirasidagi daqiqa, MB va SMS oyning ham qolgan kuniga mutanosib ravishda beriladi.

  • Abonent to’lovini yechib olish  “Omad” TRga ulanilgan/o’tilgandan keyin bir sutka davomida amalga oshiriladi.

  • Ushbu tarifdan boshqa tarif rejasiga o’tilganda yechib olingan abonent to’lovi qayta hisoblab va/yoki qaytarib berilmaydi