Alohida toifadagi raqam haqini qismlarga bo‘lib to‘lash

Chop etish versiyasi

Toifa

10 oy davomida “Alohida toifadagi raqam haqini qismlarga bo‘lib to‘lash” xizmati bilan ulash narxi (1 oyga)

“Alohida toifadagi raqam haqini qismlarga bo‘lib to‘lash” xizmati bilan raqamning 10 oy uchun umumiy qiymati

Silver

 
    92 400 so‘m 924 000 so‘m 

Gold

220 000 so‘m

2 200 000 so‘m

Super gold

550 000 so‘m

5 500 000 so‘m

Platinum Light

1 100 000 so‘m

11 000 000 so‘m

Platinum

2 750 000 so‘m

27 500 000 so‘m

Platinum Plus

4 400 000 so‘m

44 000 000 so‘m

Super platinum

5 500 000 so‘m

55 000 000 so‘m

Super platinum+

11 000 000 so‘m

110 000 000 so‘m

  • Xizmatdan jismoniy va yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar foydalanishlari mumkin.

  • Xizmatdan xohlagan tarifni tanlagan holda foydalanish mumkin («Tourist SIM», «Tourist SIM Lite», «Tourist SIM+», «Tourist SIM Lite+» tariflari bundan mustasno).

  • Tarif rejasi o‘zgartirilganda “Alohida toifadagi raqam haqini qismlarga bo‘lib to‘lash” xizmati saqlanib qoladi (qismlarga bo‘lib to‘lash davom etiladi).

  • «Alohida toifadagi raqam haqini qismlarga bo‘lib to‘lash» xizmati bilan raqamni ulashning birinchi oy uchun to’lovi ulanish paytida (ulanish sanasidan qat’iy nazar) to’liqligicha to’lanadi.

  • «Alohida toifadagi raqam haqini qismlarga bo‘lib to‘lash» xizmati bo‘yicha kelasi 9 oydagi haq har oyning birinchi sanasida yechib olinadi

  • Abonent raqami bandlangan bo‘lsa, “Alohida toifadagi raqam haqini qismlarga bo‘lib to‘lash” xizmati bo‘yicha haq yechilmaydi.

  • Agar “Alohida toifadagi raqam haqini qismlarga bo‘lib to‘lash” xizmati yordamida raqam ulangan bo‘lsa, lekin uning haqi oxirigacha to‘lanmagan bo‘lsa va abonent bilan shartnoma bekor qilinsa, raqam kompaniya tasarrufida qoladi, to‘langan mablag‘lar qaytarib berilmaydi.

  • Agar abonent bir oydan ko‘proq muddat davomida bandlangan holatda bo‘lsa, “Alohida toifadagi raqam haqini qismlarga bo‘lib to‘lash” xizmatining amal qilish muddati huddis shuncha muddatga uzaytiriladi.

  • Barcha narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.



«Haqini bo‘lib to‘lashni muddatidan oldin qoplash» xizmati

    «Alohida toifadagi raqam haqini qismlarga bo‘lib to‘lash» xizmatini ulagan abonent, xizmatning barcha to‘lanmagan oylari uchun haqni muddatidan oldin qoplashi mumkin.

    Xizmatdan foydalanish uchun abonent, shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan Mobiuz shaxsiy ofisiga murojaat qilishi va tegishli arizani yozib, haqini qismlarga bo‘lib to‘lashning barcha to‘lanmagan oylari uchun haqrini to‘liq hajmda qoplashi kerak.

    Abonent haqini qismlarga bo‘lib to‘lashning haqini to‘liq qoplamagan holatda  - xizmat taqdim etilmaydi.

    Xizmat «Alohida toifadagi raqam haqini qismlarga bo‘lib to‘lash» xizmatining birinchi oyi (ulangan oy) uchun haq muvaffaqiyatli yechib olingandan keyin taqdim qilinadi. Agar bunday haqni yechib olish amalga oshirilmasa,«Haqini bo‘lib to‘lashni muddatidan oldin amalga qoplash » xizmati taqdim etilmaydi.