Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Qisqa xabarni jo‘natish uchun mobil tеlеfonidagi yo‘riqnomaga amal qilish zarur. Qabul qiluvchi raqamini kiruvchi qo‘ng‘roqlarda belgilanganidek, to‘liq xalqaro formatda ko‘rsatish zarur – ya’ni

+998(shahar kodi) (abonеnt rаqami).

Masalan, Mobiuz abonеntiga SMS-xabarlar jo‘natish uchun - kod - 97

SMS-markaz raqami (+998972690001) sizning SIM-kartangiz xotirasiga yozilgan.

Xabar turli kodirovkada uzatilishi mumkin. Ko‘pgina apparatlar ingliz alifbosini qo‘llab-quvvatlaydi. Ingliz alifbosida xabarlarning maksimal o‘lchami - 160 belgi bo‘lishi zarur. Zamonaviy apparatlar "emnicode" kodirovkasini qo‘llab-quvvatlaydi, unda kirilcha belgilari mavjud. Biroq mazkur kodirovka ancha «och ko‘z», bunda bir xabarga 70ta belgidan ortiqchasi sig‘maydi. Agar xabarda bittagina kirillcha belgi bo‘lsa, apparatdan butun xabar "emnicode" kodirovkasida jo‘natiladi.

Deyarli barcha zamonaviy tеlеfonlar xabarlarni lotin alifbosida 160 belgidan ham ortiqcha yoki 70ta kirillcha belgi uzatilishi mumkin, biroq uzatish bir necha qisimga bo‘lib, qoidaga muvofiq 160 yoki 70 belgidan amalga oshiriladi. Sizga bir necha xabar uchun hisob keladi.

«SMS-to'plamlar» xizmati abonеntlarga o‘z raqamlariga SMS-xabarlarni arzon narxlarda ulash imkonini beradi. «SMS-to'plamlar» o‘zida turli miqdordagi SMS-xabarlarni jamlagan bo‘lib, O‘zbekistonning mobil aloqa kompaniyalari abonеntlariga xabar jo‘natishda ishlatilishi mumkin.

Faollashtirish uchun 2 ta «SMS-to'plam» taqdim etiladi:

To'plam To'plamdagi SMS-xabarlar soni To'plamga ulanish uchun (USSD) sеrvis raqami
«SMS yordamchi» vositasida faollashtirish To'plamning narxi

«SMS 100»

100

*104*100#

616018 raqamiga 100 sonini

4 500 so'm

«SMS 300»

300

*104*300#

616018 raqamiga 300 sonini

10 500 so'm

To'plamning qiymati xizmat faollashtirilganda yechib olinadi.

Faollashtirilgan «SMS-to'plamlar»da qolgan xabarlar sonini bilish uchun *104# USSD-buyrug‘ini yoki 616018 raqamiga 3 soni bilan SMS-xabar jo‘natish zarur.

Izohlar:

  • Xalqaro chiquvchi SMS-xabarlar va kontеnt-provaydеr xizmatiga SMS-so‘rovlar ularga o‘rnatilgan tariflar bo‘yicha narxlanadi.
  • SMS-xabarlarning tegishli hajmidan to'plam faollashtirilgan kundan boshlab, abonеnt bu vaqtda blokirovkada bo‘lgan muddatdan qat’iy nazar, 30 kalеndar kun muddati mobaynida foydalanish mumkin.
  • SMS-to'plamlarga to'plam faollashtirilganidan so‘ng abonеnt hisobida 42,10 so'mdan kam bo‘lmagan mablag‘ bo‘lishi sharti bilan ulanish mumkin.
  • Xarid qilingan to'plamlar o‘rtasidagi vaqt oralig‘i kamida 10 daqiqa bo‘lishi zarur.
  • Xarid qilingan barcha to'plamlarning hajmi jamlanadi, foydalanish muddati esa oxirgi sotib olingan to'plamning muddati tugaguniga va sotib olingan kundan boshlab 30 kunga qadar cho‘ziladi.
  • Xizmat – jismoniy va yuridik shaxs bo‘lgan barcha abonеntlarga,barcha tarif rejalarda amal qiladi.
  • To'plamlar faqat abonеnt O‘zbekiston hududidagi «UMS» MChJ tarmog‘ida bo'lgan paytda va  O‘zbekiston mobil operatorlariga yuborish uchun amal qiladi.

Narxlar barcha soliqlarni hisobga olgan holda ko'rsatilgan.

«SMS-OnNet» bilan manfaatli suhbat!

Xizmatni ulang va har kuni 50 SMS ga ega bo‘ling!

Ulash narxi – 450 so'm (bir marta yechiladi).

Kunlik to‘lov – 450 so'm (xizmat ulangan kuni OLINMAYDI)

Xizmatdan faqat Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlari abonentlar, jismoniy va yuridik shaxslar foydalanishlari mumkin.

Xizmat

Kiritilgan SMS-xabarlar soni (kuniga)

Xizmatni ulash uchun servis (USSD) raqami

“SMS-Yordamch” orqali faollashtirish

Xizmat narxi (kuniga)

SMS – OnNet

50 SMS

*204*50#

616204

raqamiga 50

450 so'm

Xizmatni boshqarish:

Xizmat bo‘yicha sarflangan SMS sonini aniqlash:

USSD-buyruq: *204# (yoki *104#)
SMS-buyruq: 616204 ga 1 

Faollashtirish:
USSD - buyruq: *204*50#
SMS - buyruq:  616204 ga 50

O‘chirish buyrug‘i:

USSD-buyruq: *204*0#
SMS-buyruq: 616204 ga 0

Ulash narxi – 450 so'm (bir martalik)

Kunlik to‘lov – 450 so'm (xizmat ulangan kuni abonent to‘lovi OLINMAYDI)

Shartlar:

  • Xalqaro SMS-xabarlar va kontent-provayderlar xizmatlarini boshqarish uchun SMS-so‘rovlar ular uchun belgilangan tariflar bo‘yicha narxlanadi.
  • Xizmat yoqilgan paytda abonent balansida kamida 492,14 so'm bo'lsagina xizmatni faollashtirish mumkin.
  • Xizmat abonent O‘zbekiston hududida “UMS” MChJ tarmog‘i bo‘lgandagina hamda faqat O‘zbekiston mobil operatorlari abonentlariga yuborish uchun amal qiladi.
  • Xizmatning amal qilish muddati-cheklanmagan, u o‘chirilmaguncha ishlaydi.
  • SMS-to‘plam raqam bandlangan/bandlanmaganidan qat’iy nazar beriladi.
  • SMS-to‘plam har kuni beriladi va keyingi kunga o‘tkazilmaydi.
  • Kunlik abonent to‘lovi faqat musbat balansda yechib qolinadi.
  • SMS sarflanish tartibi:

Tarif rejasi bo‘yicha SMS-to‘plam > SMS-OnNet xizmati bo‘yicha SMS >  SMS-to‘plam 

Ro'yxatga qaytish