SIM-kartani almashtirish xizmati narxi – 10 000 so‘m. Yangi SIM-karta bilan yana aloqada bo‘lasiz!
SIM-kartani almashtirish uchun Kompaniyaning ofisiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelish kerak bo'ladi.
Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasini imzolagan abonent bevosita murojaat qilgandagina uning SIM-kartasi almashtirib berilishi mumkin.
Agar abonent yuridik shaxs bo‘lsa, SIM-kartani almashtirish rasmiy xat asosida amalga oshiriladi.
Agar abonent nomidan uning qonuniy vakili murojaat qilsa, SIM-karta ishonch bildiruvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarida ko‘zda tutilgan tartibda berilgan muayyan huquqlar va xatti-harakatlar ta’riflangan ishonchnoma asosida almashtiriladi. Bunday hollarda ishonchli vakil ishonchnomaning asl nusxasi bilan birga shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ham taqdim etishi kerak.
Izohlar:
-
Narxlar soliqlarni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.
-
SIM-kartani almashtirish narxi (10 000 so‘m) yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga mo‘ljallangan tarif rejalari, jismoniy shaxslar uchun yillik tarif rejalari hamda “Faxriy”, “Mobiuz bilan birga” tarif rejalaridan tashqari barcha tariflar uchun haqiqiy.
-
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga mo‘ljallangan tarif rejalari, jismoniy shaxslar uchun yillik tarif rejalari hamda “Faxriy”, “Mobiuz bilan birga” tarif rejalari abonentlariga SIM-kartalar bepul almashtirilib beriladi.