«Mobiuzdan bahorgi bonus»
2017 yilning 25-martidan 10-aprel yakuniga qadar barcha abonentlar (jismoniy shaxslar uchun) limitdan ortiq ishlatilgan mobil aloqa xizmatlari uchun quyidagi narxlar belgilanadi:
1 jadval
Mobil aloqa xizmati | Birlik narxi |
---|---|
1 (bir) MB 08:00 dan 00:00 gacha |
0,0055 sh.b |
1 (bir) MB 00:00 dan 08:00 gacha |
0,0004 sh.b |
1 (bir) daqiqa Mobiuz tarmog‘i ichida |
0,0133 sh.b |
1 (bir) daqiqa O‘zbekiston bo‘yicha boshqa mobil operatorlar tarmoqlari va shahar raqamlariga |
0,0133 sh.b |
1 (bitta) chiquvchi SMS-xabar Mobiuz tarmog‘i ichida |
0,008 sh.b |
1 (bitta) chiquvchi SMS-xabar boshqa operatorlar tarmoqlariga |
0,008 sh.b |
Hech nimani faollashtirish talab etilmaydi. Opsiya avtomatik ravishda ishlaydi.
Shartlar:
- Agar abonentda tarifga kiritilgan daqiqa/MB/SMS mavjud bo‘lsa, aynan ularga kiritilgan hajmlar sarflanadi va keyingina aksiya shartlari amal qiladi.
- Agar abonentda bir martalik yoki davriy daqiqa/MB/SMS to‘plamlar mavjud bo‘lsa, aynan ularga kiritilgan hajmlar sarflanadi va keyingina aksiya shartlari amal qiladi.
- Agar abonentda daqiqa/MB/SMS mavjud bo‘lmasa, mobil aloqa xizmati narxlari 1 jadvalda ko‘rsatilgan tartib bo‘yicha belgilanadi.
- Xarid qilingan bir martalik yoki davriy daqiqa/MB/SMS to‘plamlar (oylik, tungi, SMS-to‘plamlar, daqiqalar to‘plamlari, OnNet) mavjud bo‘lsa va ularning amal qilish muddati 2017 yilning 27 martidan 31 martigacha to‘g‘ri kelsa, ularning amal qilish muddati 2017 yilning 10 aprel yakunigacha uzaytiriladi.
- Barcha narxlar QQS bilan ko'rsatilgan