Mobiuz mobil operatori billing tizimini yangilash bo‘yicha ishlarni olib bormoqda va ularning natijasida Sizga yangi imkoniyatlarni taqdim qilishimiz mumkin bo‘ladi.
Shuning munosabati bilan 31.07.2020 soat 23:00 dan 01.08.2020y. soat 13:00 gacha kompaniyaning billing tizimida profilaktika ishlari o‘tkaziladi.
Ushbu vaqt oralig’ida to‘lovlarni qabul qilish/hisobni to‘ldirish, ofislarda xizmat ko‘rsatish va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tizimlarning barcha turlaridan foydalanishning imkoniyati bo‘lmaydi.