Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobi 150
150 000/7500 so'm
Abonent to‘lovi oyiga/kuniga
Tanlash
UNLIM
O‘zbekiston bo‘yicha barcha chiquvchi qo‘ng‘iroqlarga
100 000/3 334 MB
Mobil internet oyiga/kuniga
10 000/334
SMS oyiga/kuniga
Tarif haqida batafsil
  • O'zbekiston bo'yicha qo'ng'iroqlarning bir daqiqasi

    0 so‘m MOBIUZ abonentlariga

    0 so‘m O’zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlariga

    0 so‘m Shahar raqamlariga

  • O'zbekiston bo'yicha 1 ta SMS-xabar

    0 so‘m Kiruvchi SMS-xabar

    84,2 so‘mChiquvchi SMS-xabarlar – Mobiuz abonentlariga (oyiga 10 000/kuniga 334 SMS tugagandan keyin)

    84,2 so‘mChiquvchi SMS-xabarlar – O’zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlarga (oyiga 10 000/kuniga 334 SMS tugagandan keyin)

    1000 so‘mChiquvchi xalqaro SMS-xabarlar

  • Internetning 1 MB trafigi

    421,04 so‘m Internetning 1 MB trafigi (oyiga 100 000/kuniga 3 334 MB tugagandan keyin)

  • Foydali buyruqlar:

    • *100# - balans, tarif rejasi  va oylik to‘lovga kiritilgan daqiqa va MB to‘plamlarining  qoldig‘ini bilish*

    • *104# - xarid qilingan SMS-to‘plamlari qoldig‘ini bilish

    • *102# - xarid qilingan Internet-to‘plamlar qoldig‘ini bilish*
      *qoldiqni faqat internet-sessiya faol bo'lmagan holatda tekshirish kerak

    «Har kunlik abonent to‘loviga o‘tkazishga taqiq»

    Siz tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovini har kunlik yechib olishga o‘tishni mustaqil ravishda o‘chirishingiz/ulashingiz mumkin. 

     Boshqarish usullari: 

     *111*000*1# - taqiqni yoqish 

    *111*000*0# - taqiqni o‘chirish 

     *111*000# - holatni tekshirish

     Xizmatning narxi – 0 so‘m. 

     Har kunlik abonent to‘loviga o‘tkazishga taqiqni faol va bloklangan holatda va birinchi abonent to‘lovi (raqamni ulagandan keyin) muvaffaqiyatli yechib olingandan keyin ulash/o‘chirish mumkin. 

     Izohlar: 

    • Har kunlik abonent to‘loviga o‘tkazishga taqiq» xizmati yoqilgan holatda, abonent to‘lovini yechib olish paytida hisobingizda to‘liq oy uchun abonent to‘lovidan kamroq mablag‘ bo‘lsa, raqam bloklanadi. Blokdan chiqish uchun hisobingizni to‘liq oy uchun abonent to‘lovining qiymatigacha to‘ldirishingiz kerak bo‘ladi.

    • «Har kunlik abonent to‘loviga o‘tkazishga taqiq» o‘chirilgandan keyin, abonent to‘lovini yechib olish paytida hisobingizda to‘liq oy uchun abonent to‘lovidan kamroq, lekin 1 kun uchun abonent to‘lovidan ko‘proq mablag‘ bo‘lsa, abonent to‘lovini har kunlik yechib olish qo‘llaniladi va kunlik megabayt, daqiqa va SMS hajmlari taqdim etiladi. 

     • Abonent to‘lovi uchun hisobida yetarli mablag‘ bo‘lmaganligi sababli blokda bo‘lgan holda, «Har kunlik abonent to‘loviga o‘tkazishga taqiq» xizmatini o‘chirsangiz va bunda hisobingizda 1 kunlik abonent to‘lovidan ko‘proq mablag‘ bo‘lsa, raqam hisob 0 so‘mdan ko‘proq bo‘lgan har qanday qiymat bilan to‘ldirilganda,avtomatik ravishda blokdan chiqadi. 

     •  Har kunlik abonent to‘loviga o‘tkazishga taqiq xizmati yoqilgan paytda tarif rejasi o‘zgartirilganda – o‘tishga taqiq saqlanib qoladi.

  • Shartlar:
    • 07.06.2023y. dan «Mobi 150» tarif rejasiga ulanish va o‘tish imkoniyati – mavjud emas.
    • Qo'ng'iroqlarni narxlash daqiqalar bo’yicha amalga oshiriladi.
    • Bitta ovozli qo‘ng‘iroqning eng uzoq davomiyligi 60 daqiqani tashkil qiladi
    • Barcha chiquvchi qo’ng’iroqlarni narxlash 1-soniyadan boshlanadi. Qo’ng’iroq davomiyligi katta tarafga qarab yaxlitlanadi
    • Internet-trafikni yaxlitlash kvanti 1 KB.
    • Abonentda bir necha turdagi Internet-to‘plamlar mavjud bo‘lsa, ularning sarflanish tartibi quyidagicha bo‘ladi:
    • Ulanishdagi 1000 MB bonusli to‘plam doirasidagi trafik -> Kunlik internet-to‘plam -> TR doirasidagi trafik -> OnNet xizmati doirasidagi trafik -> oylik internet-to‘plam>
    • Abonent to‘lovini oylik yechib olish holatida MB to‘liqligicha 1 kalendar oyiga beriladi.
    • Mobi 150 TRdan o'tilganda, Mobi 150 TR to'plamlari qoldiqlari va o'tish amalga oshirilayotgan tarif bo'yicha to'plamlar - qo'shiladi.
    • Mobi 150 tarif rejasi abonentlari uchun "Sizga qo'ng'iroq qilishdi/Aloqadaman" xizmatiga doimiy ravishda 100% chegirma taqdim etiladi.
    • Tarif rejasi o‘zgartirilganda foydalanilmagan daqiqa, SMS va megabaytlar keyingi davrgao‘tkaziladi va qo’shiladi.
    • Balans nolga teng yoki manfiy bo‘lib qolganda,raqam qisman blokirovka qilinadi (qisman blokirovkada chiquvchi daqiqalar, SMS va internet bloklanadi)va abonent «Aloqadaman»xizmatining shartlariga muvofiq kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va SMS larni qabul qilishi mumkin bo‘ladi.
    • “Mobi 150” tarifida “Gap ko‘p”xizmati ishlamaydi.
    • “Mobi 150” tarifida Konferens-aloqa xizmatidan foydalanish imkoniyati mavjud.
    • «Mobi 150» tarif rejasi va Faxriy, MOBIUZ bilan birga tarif rejalari orasida o‘zaro o‘tish narxi – 0.
    • Abonent to`lovi ko`proq bo`lgan tarif rejalaridan "Mobi 150" TRga o`tish narxi - 10000 so`m
    • Abonent to`lovi kamroq bo`lgan tarif rejalaridan "Mobi 150" TRga o`tish narxi - 4210,35 so`m.
    • Chilla Lite+, Mobi 20, Mobi 16, GAP yo‘q Mini tarif rejalariga o‘tish narxi - 20000 so‘m.
    • Amaldagi va 29.11.2022y gacha ulangan abonentlar uchun:
    • Agar Mobi 150 TR amaldagi va ulangan abonentlarida 29.11.2022 gacha noyabr uchun abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechib olingan bo‘lsa, abonent to‘lovini eng yaqin yechib olinishi va MB, SMS va Unlim daqiqalar to‘plamlari hisoblanishining muddati 01.12.2022y. bo‘ladi.
    • Agar 01.12.2022y. da oylik to‘liq abonent to‘lovini yechib olish uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, abonent hisobida mavjud mablag‘lardan har kunlik abonent to‘lovini yechib olish yoqiladi, MB, SMS va Unlim daqiqalar ham 1 kunlik hajmda beriladi. Abonent to‘lovini yechib olish sanasi 1 kunga suriladi.
    • Abonent to‘lovini oylik yechib olishga o‘tish, abonent hisobida abonent to‘lovining to‘liq miqdorini yechib olish uchun yetarli mablag‘ bo‘lganda amalga oshiriladi. MB, SMS va Unlim daqiqalar to‘plamlari to‘liq oy uchun hajmda hisoblanadi. Abonent to‘lovini yechib olish sanasi 1 kalendar oyiga suriladi.
    • 1 kun uchun abonent to‘lovini yechib olish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmaganda, abonent mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha blokga tushadi va hisobni oylik yoki kunlik abonent to‘loviga teng miqdordagi mablag‘ bilan to‘ldirmaguncha blokda qoladi. Hisob oylik yoki kunlik abonent to‘lovining miqdoriga teng mablag‘ bilan to‘ldirilgandan keyin, mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha bloklash yechiladi. Abonent to‘lovini yechib olish va MB, SMS va Unlim daqiqalar to‘plamlarini hisoblash, hisob to‘ldirilgandan keyin, darhol amalga oshiriladi (to‘ldirish mablag‘idan kelib chiqqan holdagi hajmlarda: to‘liq oyga yoki bir kunga).
    • Agar Mobi 150 TR amaldagi va ulangan abonentlarida 29.11. gacha noyabr uchun abonent to‘lovi yechib olinmagan bo‘lsa, raqam qisman bloklashda bo‘ladi. Bloklashdan chiqish uchun abonent balansni 150 000 so‘m yoki undan ko‘proq mablag‘ bilan to‘ldirishi kerak.
    • To‘liq oy uchun abonent to‘lovini yechib olish va MB, SMS va Unlim daqiqalarni hisoblash, balans yetarli mablag‘ bilan to‘ldirilganda amalga oshiriladi. Keyingi yechib olish sanasi 1 kalendar oyiga suriladi

    • Yangi ulanishda (29.11.2022y. dan):
    • Agar yangi ulanishda abonent balansidagi mablag‘ 150 000 so‘m yoki undan ko‘proq bo‘lsa, MB, SMS va Unlim daqiqalar to‘plamlari to‘liq hajmda 1 kalendar oyiga hisoblanadi. Abonent to‘lovi to‘liq hajmda (bir oy uchun) yechib olinadi;
    • Agar abonent balansidagi mablag‘ 150 000 so‘mdan kam bo‘lsa, raqam mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha blokda bo‘ladi. Blokdan chiqish uchun balansni 150 000 so‘m yoki undan ko‘proq mablag‘ bilan to‘ldirish kerak. Balansni kerakli miqdordagi mablag‘ bilan to‘ldirish paytida abonent to‘lovini yechib olish va MB, SMS va Unlim daqiqalar to‘plamlarini hisoblash, to‘liq hajmda (bir oy uchun) 1 kalendar oylik muddatga (balans to‘ldirilgan kundan boshlab) amalga oshiriladi.
    • Tarifga o‘tilganda (29.11.2022y. dan):
    • Agar o‘tish paytida abonent balansida o‘tish narxining miqdori (4210,35 yoki 10 000 so‘m) + 150 000 so‘m yoki undan ko‘proq mablag‘ mavjud bo‘lsa, tarif rejasini, avvalgi tarif bo‘yicha to‘plamlar qoldiqlarining Mobi 150 TR bo‘yicha butun oy uchun hajmdagi MB, SMS va Unlim daqiqalar to‘plamlari qo‘shilishi bilan birga, muvaffaqiyatli o‘zgartirilishi amalga oshiriladi. Mobi 150 TR bo‘yicha abonent to‘lovi ham to‘liq hajmda (bir oy uchun) yechib olinadi; Keyingi yechib olish sanasi 1 kalendar oyiga suriladi.
    • 1-misol: Abonent 5-dekabrda Mobi 60 TRdan Mobi 150 TRga o‘tishni xohlamoqda, o‘tish narxi – 4210,35 so‘m. Abonent balansida 165 000 so‘m mablag‘ mavjud (o‘tish narxiga va bir oy uchun to‘liq abonent to‘loviga yetadi). Bu holatda o‘tish muvaffaqiyatli amalga oshadi. Mobi 150 TR bo‘yicha bir oylik abonent to‘lovi va o‘tish narxi, o‘tish amalga oshirilishi bilan, darhol yechib olinadi. Mobi 150 TR uchun keyingi abonent to‘lovini yechish sanasi – 5-yanvar. Mobi 60 TR bo‘yicha to‘plamlar qoldiqlari va Mobi 150 TR bo‘yicha bir oylik to‘liq to‘plamlar amal qilish muddati 5-yanvargacha bo‘lgan holda qo‘shiladi.
    • Agar o‘tish paytida abonent balansida o‘tish narxining miqdori (4210,35 yoki 10 000 so‘m) + 7500 dan 149 999 so‘mgacha bo‘lsa, tarif rejasini, abonent to‘lovini har kunlik yechib olishga o‘tish va har kunlik MB, SMS va Unlim daqiqalar to‘plamlarini hisoblash bilan bo‘lgan, muvaffaqiyatli o‘zgartirilishi amalga oshiriladi. Bu holatda avvalgi tarif to‘plamlarining qoldiqlari bilan qo‘shish amalga oshirilmaydi.
    • 2-misol: Abonent 5-dekabrda Mobi 60 TRdan Mobi 150 TRga o‘tishni xohlamoqda, o‘tish narxi – 4210,35 so‘m. Abonent balansida 100 000 so‘m mablag‘ mavjud (o‘tish narxiga yetadi lekin bir oy uchun to‘liq abonent to‘loviga yetmaydi). Bu holatda o‘tish muvaffaqiyatli amalga oshiriladi, lekin abonent to‘lovini har kunlik yechib olishga o‘tish amalga oshiriladi. Mobi 150 TR bo‘yicha 1 kun uchun abonent to‘lovi (7500 so‘m) va o‘tish narxi uchun to‘lovni yechib olish o‘tish amalga oshirilgandan keyin, darhol amalga oshiriladi. Mobi 150 TR uchun keyingi har kunlik abonent to‘lovini yechish – 6-dekabrda. Bu holatda Mobi 60 TR bo‘yicha to‘plamlar qoldiqlari kuyadi. Faqat amal qilish muddati 5-dekabr kunining oxirigacha bo‘lgan, Mobi 150 TR bo‘yicha kunlik to‘plamlar (O‘zbekiston bo‘yicha Unlim daqiqalar , 3 334 MB, 334 SMS to‘plamlari) hisoblanadi.
    • Agar o‘tish paytida balansda faqat o‘tish narxining qiymatiga teng mablag‘ bo‘lsa (4210,35 yoki 10000 so‘m), tarifni o‘zgartirish muvaffaqiyatli amalga oshiriladi, lekin raqam balans to‘liq oy yoki kunlik abonent to‘lovini yechib olish uchun (tegishli hajmdagi to‘plamlarning hisoblanishi bilan) yetarli mablag‘ bilan to‘ldirilmaguncha mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha blokga tushadi.
    • 3-misol: Abonent 5-dekabrda Mobi 60 TRdan Mobi 150 TRga o‘tishni xohlamoqda, o‘tish narxi – 4210,35 so‘m. Abonent balansida 5000 so‘m mablag‘ mavjud (o‘tish narxiga yetadi,lekin oylik ham, kunlik abonent to‘lovi uchun ham yetmaydi). Bu holatda o‘tish muvaffaqiyatli amalga oshiriladi, o‘tish uchun mablag‘ yechib olinadi (4210,35 so‘m), biroq o‘tish amalga oshirilgandan keyin, raqam mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha blokga tushadi. Blokdan chiqish uchun balansni 7500 so‘m yoki undan ko‘proq mablag‘ bilan to‘ldirish kerak.
    • Balans 7500 so‘mdan 149999 so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ bilan to‘ldirilganda Mobi 150 TR bo‘yicha har kunlik abonent to‘lovi yechib olinib, tegishli hajmdagi to‘plamlar beriladi. Mobi 60 TR bo‘yicha to‘plamlar qoldiqlari kuyadi.
    • Balans 150 000 so‘m yoki undan ko‘proq mablag‘ bilan to‘ldirilganda, to‘liq oy uchun abonent to‘lovi yechib olinadi va tegishli hajmdagi to‘plamlar beriladi. Mobi 60 TRdagi to‘plamlar qoldiqlari va Mobi 150 TR bo‘yicha bir oylik to‘liq to‘plamlar qo‘shiladi. Amal qilish muddati – balans to‘ldirilgan paytdan boshlab 1 kalendar oyi.
    • Agar o‘tish paytida balansdagi mablag‘ o‘tish narxidan (4210,35 yoki 10 000 so‘m) kamroq bo‘lsa, tarifni o‘zgartirish amalga oshirilmaydi.
    • 4-misol: Abonent 5-dekabrda Mobi 60 TRdan Mobi 150 TRga o‘tishni xohlamoqda, o‘tish narxi – 4210,35 so‘m. Abonent balansida 3000 so‘m mablag‘ mavjud. Bu holatda o‘tish amalga oshmaydi, chunki o‘tish narxi uchun ham, tarif uchun abonent to‘loviga ham mablag‘ yetmaydi.

    • Agar hisobni to‘ldirish paytida abonent to‘lovni har kunlik yechishda bo‘lsa, abonent to‘lovini yechishning quyidagi qoidalari amal qiladi:
    • a) Abonent bloklangan va balansni 0 so‘mdan ko‘proq va 150 000 so‘mdan kamroq bo‘lgan mablag’ bilan to‘ldiradi (oylik abonent to‘lovining to‘liq miqdoridan kamroq):
    • 1-misol:Abonent 15-dekabrda -200 so’m balans bilan bloklangan (mablag' yetishmaganligi sababli yoki qisman bloklash) holatda. 15-yanvar soat 12:00 da balansni 10000 so‘mga to‘ldiradi. Raqam faollashadi, balans 9 800 so‘mni (-200 so‘m qarzdorlikni qoplashga) tashkil qiladi. Hisob to'ldirilishi bilan, «Mobi 150» tarif rejasi uchun joriy kunga kunlik abonent to'lovini yechish darhol amalga oshiriladi. Joriy kun oxirigacha kunlik MB, SMS va Unlim daqiqalardan foydalanish mumkin. Hisobda 150 000 so'mdan kam mablag' bo'lganligi sababli, abonent to'lovini oylik yechib olishga o'tish AMALGA OSHIRILMAYDI.
    • b) Abonent bloklangan va balansni 150 000 so‘mgacha yoki ko‘proq mablag’ bilan to‘ldirdi (oylik abonent to‘loviga teng yoki undan ko‘proq):
    • 2-misol:Abonent 10-dekabrda -200 so‘m balans bilan blokga tushgan. Tarif bo'yicha abonent to'lovini yechish 15-dekabrga belgilangan. 15-dekabr soat 12:00 da balansni 155000 so‘mga to‘ldiradi. Raqam faollashadi, balans 154 800 so‘mni (-200 so‘m qarzdorlikni qoplashga) tashkil qiladi. Hisob to'ldirilgandan keyin tarif rejasi uchun oylik abonent to'lovi to'liqligicha yechib olinadi. Mablag'lar yechib olingandan keyin abonent balansi 4800 so'mni tashkil qiladi. Mablag'lar yechib olinganda tarif bo'yicha to'plamlar to'liq hajmda, 1 kalendar oyiga beriladi. Keyingi yechib olish sanasi 15-yanvar deb belgilanadi.
    • c)Abonent faol holatda,abonent to'lovini har kunlik yechishda va balansni 150 000 so‘mgacha yoki ko‘proq mablag’ bilan to‘ldirdi (oylik abonent to‘loviga teng yoki undan ko‘proq):
    • 3-misol:Abonent 15-dekabrda 5000 so‘m balans bilan faol holatda. Tarif uchun kunlik abonent to'lovi 0:00 dan keyin yechib olingan. Abonent 15-dekabr soat 17:00 da balansni 155 000 so‘mga to‘ldiradi. Balans jami 160 000 so'mni tashkil qiladi. Hisob to'ldirilgandan keyin abonent to'lovini har oylik yechib olishga o'tiladi va abonent to'lovi darhol yechib olinadi. Mablag'lar yechib olingandan keyin balans 10000 so'mni tashkil qiladi. To'plamlarning 15-dekabr uchun qoldiqlari oylik UNLIM daqiqalar, 100 000 MB, 10000 SMS. bilan qo'shiladi. Abonent to‘lovini keyingi yechib olish sanasi 15-yanvar deb belgilanadi.
    • Agar hisobni to'ldirish paytida abonent to'lovini har oylik yechib olishda bo'lsa, abonent to'lovini yechishning quyidagi qoidalari amal qiladi:
    • a) Abonent faol holatda,abonent to'lovini har oylik yechishda va balansni 150 000 so‘mgacha yoki ko‘proq mablag’ bilan to‘ldirdi (oylik abonent to‘loviga teng yoki undan ko‘proq):
    • 4-misol:Abonent 15-yanvarda 5000 so‘m balans bilan faol holatda. Tarif bo'yicha abonent to'lovini keyingi yechish 16-yanvarga belgilangan. 15-yanvar soat 12:00 da balansni 150000 so‘mga to‘ldiradi. Balans jami 155 000 so'mni tashkil qiladi. Yechib olish har oylik bo'lib qoladi. 16-yanvar 00:00 dan keyin 1 abonent to‘lovi - butun oy uchun yechib olinadi. Oylik (UNLIM daqiqa,100 000 MB, 10000 SMS)to’plamlardanfoydalanish mumkin. Keyingi safar abonent to‘lovini yechish 16-fevralda amalga oshiriladi.
    • «Mobi 150» TR JShShIR bo‘lmagan xorijiy fuqarolarga ulash imkoniyati mavjud. JShShIR bo‘lmagan xorijiy fuqaroning SIM-kartasi faollashtirilgan paytdan boshlab 90 kun davomida faol bo‘ladi.
    • SIM-kartaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun abonent 90 kun o‘tgunga qadar JShShIR (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami) taqdim qilishi kerak.
    • Abonent tomonidan JShShIR taqdim qilingandan keyin, xodim ariza, shaxsni tasdiqlovchi hujjat asosida JShShIR ma’lumotlarini abonent kartochkasiga kiritadi.
    • Abonent shartnoma bekor qilingandan keyin raqamdan foydalanish istagini bildirganda, raqamni tiklash «Raqamni tiklash» xizmatining shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
    • Bunda abonent JShShIR taqdim qilishi kerak.
    • JShShIR bo‘lmagan xorijiy fuqarolarga xizmat ko‘rsatish davrida, rouming xizmatlaridan foydalanish imkoniyati mavjud emas.
    • Markaziy Osiyo: Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston va Qirg‘iziston.
    • MDH mamlakatlari: Аzarbayjon, Armaniston, Bеlarus, Gruziya,Moldova, Rossiya,Ukraina.
    • Yevropa: Аvstriya, Albaniya, Andorra, Bеlgiya, Bolgariya, Bosniya va Gеrtsеgovina, Vatikan, Buyuk Britaniya, Vеngriya, Gеrmaniya, Grеtsiya, Daniya, Isroil, Irlandiya, Islandiya, Ispaniya, Italiya, Kipr, Kosovo, Latviya, Litva, Lixtеnshtеyn, Lyuksеmburg, Makеdoniya, Malta, Monako, Nidеrland, Norvеgiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Slovakiya, Slovеniya, Turkiya, Finlyandiya, Fransiya, Xorvatiya, Chеrnogoriya, Chеxiya, Shvеytsariya, Shvеtsiya, Estoniya.
    • Аmеrika, Afrika: Jazoir, Angilya, Angola, Antigua va Barbuda, Argеntina, Aruba, Bеrmud, Braziliya, Burkina-Faso, Burundi, Vеnеsuela, Gabon, Gaiti, Gambiya, Gana, Gvatеmala, Gonduras, Grеnada, Guam, Kongo Dеmokratik Rеspublikasi, Dominika, Misr, Kaymanov orollari, Kanada, Kеniya, Kuba, Libеriya, Madagaskar, Malavi, Mali, Marokko, Mеksika, Mozambik, Namibiya, Nigеriya, Tеrks va Kaykos orollari, Panama, Paragvay, Sudan, Samoa, Sеnеgal, Sеnt Vinsеnt va Grеnadin, Sеnt Kits va Nеvis, Sеnt Lyusiya, AQSH, Sеrra-Lеonе, Tanzaniya, Trinidad va Tobago, Tunis, Chili, Urugvay, Ekvador, El-Salvador, Efiopiya, JAR, Yamayka.
    • Osiyo: Afg‘oniston, Bangladеsh, Baxrеyn, Brunеy, Vyеtnam, Gonkong, Hindiston, Indonеziya, Iordaniya, Iroq, Eron, Yaman, Kambodja, Qatar, Xitoy, Liviya, Malayziya, Maldivi, Mongoliya, Nеpal, Oman, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Singapur, Suriya, Tailand, Tayvan, Yaponiya, Janubiy Korеya.

    Xalqaro aloqa uchun tariflar.


Barcha tariflar
Boshqa tariflar