Onlayn tarzda eSIM ulash– bu ofisga tashrif buyurmagan holda, Mobiuz tarmog‘iga ulanish imkoniyati. Ulanish uchun quyidagi shakldagi talabnomani to‘g‘ri to‘ldirish va barcha kerakli fayllarni (rasm va fayllarning sifati yaxshi bo‘lishi kerak) ilova qilish kerak.
- talabnomani ko‘rib chiqish muddati uch ish kunini tashkil qiladi. Operator uch kun ichida elektron pochta yoki qo‘ng‘iroq orqali Siz bilan bog‘lanadi.
- tanlangan abonent raqamidan avval foydalanilgan bo‘lishi mumkin – zarur bo‘lganda, buni operatordan aniqlashtiring.
- abonent raqamini faqat eSIM’ga ulash imkoniyati mavjud – smartfoningiz ushbu texnologiyani qo‘llab-quvvatlashiga ishonch hosil qiling.