Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Chiroyli raqamlarning onlayn auksioni

Chiroyli raqamlarning onlayn auksioni – bu alohida toifadagi raqamni O‘zbekiston respublika tovar xomashyo birjasi ( “O‘zRTXB” AJ) tizimida tanlash va ulash imkoniyati.

Siz onlayn-auksion g‘olibi bo‘lgan holda, alohida toifadagi raqamdan foydalanish huquqiga ega bo‘lishingiz mumkin!

Auksion g‘oliblari Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomani tuzish uchun 10 ish kuni ichida Kompaniya ofisiga murojaat qilishlari kerak (ish soatlari: Dushanba-Juma 9.00 dan 18.00 gacha).

“O‘zRTXB” AJ axborot tizimida, alohida toifadagi raqamlardan foydalanish bo‘yicha shartnoma tuzish huquqiga ega bo‘lish uchun onlayn auksionni o‘tkazishning amaldagi qoidalari bilan https://www.uzex.uz/ru va mobilraqam.uzex.uz rasmiy saytlarida tanishib chiqish mumkin.

Onlayn-auksionlarda ishtirok etish masalasida qo‘shimcha ma’lumotlarni olish uchun (+99871) 207-00-33 telefon raqami bo‘yicha birjaning qo‘ng‘iroqlar-markaziga yoki @uzexfeedbackbot telegram-boti orqali murojaat qilish mumkin.

Ro'yxatga qaytish