Abonent to‘lovi oyiga / kuniga
-
O'zbekiston bo'yicha qo'ng'iroqlarning bir daqiqasi
50 so‘mO’zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlariga (oyiga 5 000 daqiqa/kuniga 167 daqiqa tugagandan keyin)
50 so‘mShahar raqamlariga (oyiga 5 000 daqiqa/kuniga 167 daqiqa tugagandan keyin)
-
O'zbekiston bo'yicha 1 ta SMS-xabar
0 so‘m Kiruvchi SMS-xabar
84,2 so‘mChiquvchi SMS-xabarlar – Mobiuz abonentlariga (oyiga 3 500 SMS/kuniga 117 SMS tugagandan keyin)
84,2 so‘mChiquvchi SMS-xabarlar – O’zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlariga (oyiga 3 500 SMS/kuniga 117 SMS tugagandan keyin)
1000 so‘mChiquvchi xalqaro SMS-xabarlar
-
Internetning 1 MB trafigi
421,04 so‘m Internetning 1 MB trafigi (oyiga 65 000 MB/ kuniga 2167 MB tugagandan keyin)
-
Foydali buyruqlar:
- *100# - balans, tarif rejasi va oylik to‘lovga kiritilgan daqiqa va MB to‘plamlarining qoldig‘ini bilish*
- *104# - xarid qilingan SMS-to‘plamlari qoldig‘ini bilish
- *102# - xarid qilingan Internet-to‘plamlar qoldig‘ini bilish*
*qoldiqni faqat internet-sessiya faol bo'lmagan holatda tekshirish kerak -
Shartlar:
- 07.06.2023y. dan «Mobi 90» tarif rejasiga ulanish va o‘tish imkoniyati – mavjud emas.
- Qo‘ng‘iroqlarni narxlash daqiqalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
- Bitta ovozli qo‘ng‘iroqning eng uzoq davomiyligi 60 daqiqani tashkil qiladi
- Barcha chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni narxlash 1-soniyadan boshlanadi. Qo‘ng‘iroq davomiyligi katta tarafga qarab yaxlitlanadi.
- Internet-trafikni yaxlitlash kvanti 1 KB.
- AT oylik yechib olishda to‘plamlar to‘liq hajmda 1 kalendar oyiga taqdim etiladi.
- Foydalanilmagan daqiqa, MB va SMS keyingi davrga o‘tkazilmaydi.
- Balans nolga teng yoki manfiy bo‘lib qolganda,raqam qisman blokirovka qilinadi (qisman blokirovkada chiquvchi daqiqalar, SMS va internet bloklanadi) va abonent «Aloqadaman» xizmatining shartlariga muvofiq kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va SMS larni qabul qilishi mumkin bo‘ladi.
- Tarif rejasiga kiritilgan 5000 daqiqa O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan.
- «Mobi 90» tarifida “Gap ko‘p” va «Konferens-aloqa» xizmatidan foydalanish imkoniyati mavjud emas.
- «Mobi 90» tarif rejasidan o‘tilganda, balansda o‘tish amalga oshirilayorgan tarif rejasining to‘liq oy uchun abonent to‘lovini amalga oshirish uchun yetarli mablag‘ mavjud bo‘lganda «Mobi 90» TR to‘plamlari yangi tarifning to‘plamlari bilan qo‘shiladi.
· Amaldagi va 21.04.2023y. gacha ulangan abonentlar uchun:
- Agar Mobi 90 TR amaldagi va ulangan abonentlarida 21.04.2023y. gacha aprel uchun abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechib olingan bo‘lsa, abonent to‘lovini eng yaqin yechib olinishi va Mobiuz tarmog‘i ichida Unlim daqiqalar va boshqa tarmoqlarga daqiqalar to‘plamlari MB va SMS hisoblanishining muddati 01.05.2023y. bo‘ladi.
Agar 01.05.2023y. da oylik to‘liq abonent to‘lovini yechib olish uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, abonent hisobida mavjud mablag‘lardan har kunlik abonent to‘lovini yechib olish yoqiladi, MB va SMS to‘plamlari 1 kunlik hajmda beriladi. Abonent to‘lovini yechib olish sanasi 1 kunga suriladi.
Abonent to‘lovini oylik yechib olishga o‘tish, abonent hisobida abonent to‘lovining to‘liq miqdorini yechib olish uchun yetarli mablag‘ bo‘lganda amalga oshiriladi. MB, SMS to‘plamlari to‘liq oy uchun hajmda hisoblanadi. Abonent to‘lovini yechib olish sanasi 1 kalendar oyiga suriladi.
1 kun uchun abonent to‘lovini yechib olish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmaganda, abonent mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha blokga tushadi va hisobni oylik yoki kunlik abonent to‘loviga teng miqdordagi mablag‘ bilan to‘ldirmaguncha blokda qoladi. Hisob oylik yoki kunlik abonent to‘lovining miqdoriga teng mablag‘ bilan to‘ldirilgandan keyin, mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha bloklash yechiladi. Abonent to‘lovini yechib olish va MB, SMS to‘plamlarini hisoblash, hisob to‘ldirilgandan keyin, darhol amalga oshiriladi (to‘ldirish mablag‘idan kelib chiqqan holdagi hajmlarda: to‘liq oyga yoki bir kunga).
- Agar Mobi 90 TR amaldagi va ulangan abonentlarida 21.04.2023y. gacha aprel uchun abonent to‘lovi yechib olinmagan bo‘lsa, raqam qisman bloklashda bo‘ladi. Bloklashdan chiqish uchun abonent balansni 90 000 so‘m yoki undan ko‘proq mablag‘ bilan to‘ldirishi kerak.
To‘liq oy uchun abonent to‘lovini yechib olish va Mobiuz tarmog‘i ichida Unlim daqiqalar, boshqa tarmoqlarga daqiqalar to‘plamlari, MB, SMS hisoblash, balans yetarli mablag‘ bilan to‘ldirilganda amalga oshiriladi. Keyingi yechib olish sanasi 1 kalendar oyiga suriladi.
· Yangi ulanishda (21.04.2023y. dan):
- Agar yangi ulanishda abonent balansidagi mablag‘ 90 000 so‘m yoki undan ko‘proq bo‘lsa, MB, SMS to‘plamlari to‘liq hajmda 1 kalendar oyiga hisoblanadi. Abonent to‘lovi to‘liq hajmda (bir oy uchun) yechib olinadi;
Agar abonent balansidagi mablag‘ 90 000 so‘mdan kam bo‘lsa, raqam mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha blokda bo‘ladi. Blokdan chiqish uchun balansni 90 000 so‘m yoki undan ko‘proq mablag‘ bilan to‘ldirish kerak. Balansni kerakli miqdordagi mablag‘ bilan to‘ldirish paytida abonent to‘lovini yechib olish va MB, SMS to‘plamlarini hisoblash, to‘liq hajmda (bir oy uchun) 1 kalendar oylik muddatga (balans to‘ldirilgan kundan boshlab) amalga oshiriladi.
· Tarifga o‘tilganda (21.04.2023y. dan):
- Agar o‘tish paytida abonent balansida o‘tish narxining miqdori (4210,35 yoki 10 000 so‘m) + 90 000 so‘m yoki undan ko‘proq mablag‘ mavjud bo‘lsa, tarif rejasini, avvalgi tarif bo‘yicha to‘plamlar qoldiqlarining Mobi 90 TR bo‘yicha butun oy uchun hajmdagi MB, SMS to‘plamlari qo‘shilishi bilan birga, muvaffaqiyatli o‘zgartirilishi amalga oshiriladi. Mobi 90 TR bo‘yicha abonent to‘lovi ham to‘liq hajmda (bir oy uchun) yechib olinadi; Keyingi yechib olish sanasi 1 kalendar oyiga suriladi.
1-misol: Abonent 25-aprelda Mobi 60 TRdan Mobi 90 TRga o‘tishni xohlamoqda, o‘tish narxi – 4210,35 so‘m. Abonent balansida 100 000 so‘m mablag‘ mavjud (o‘tish narxiga va bir oy uchun to‘liq abonent to‘loviga yetadi). Bu holatda o‘tish muvaffaqiyatli amalga oshadi. Mobi 90 TR bo‘yicha bir oylik abonent to‘lovi va o‘tish narxi, o‘tish amalga oshirilishi bilan, darhol yechib olinadi. Mobi 90 TR uchun keyingi abonent to‘lovini yechish sanasi – 25-may. Mobi 60 TR bo‘yicha to‘plamlar qoldiqlari va Mobi 90 TR bo‘yicha bir oylik to‘liq to‘plamlar amal qilish muddati 25-maygacha bo‘lgan holda qo‘shiladi.
- Agar o‘tish paytida abonent balansida o‘tish narxining miqdori (4210,35 yoki 10 000 so‘m) + 4500 dan 89 999 so‘mgacha bo‘lsa, tarif rejasini, abonent to‘lovini har kunlik yechib olishga o‘tish va har kunlik Mobiuz tarmog‘i ichida Unlim daqiqalar, boshqa tarmoqlarga daqiqalar to‘plamlari, MB, SMS hisoblash bilan bo‘lgan, muvaffaqiyatli o‘zgartirilishi amalga oshiriladi. Bu holatda avvalgi tarif to‘plamlarining qoldiqlari bilan qo‘shish amalga oshirilmaydi.
2-misol: Abonent 25-aprelda Mobi 60 TRdan Mobi 90 TRga o‘tishni xohlamoqda, o‘tish narxi – 4210,35 so‘m. Abonent balansida 50 000 so‘m mablag‘ mavjud (o‘tish narxiga yetadi lekin bir oy uchun to‘liq abonent to‘loviga yetmaydi). Bu holatda o‘tish muvaffaqiyatli amalga oshiriladi, lekin abonent to‘lovini har kunlik yechib olishga o‘tish amalga oshiriladi. Mobi 90 TR bo‘yicha 1 kun uchun abonent to‘lovi (4500 so‘m) va o‘tish narxi uchun to‘lovni yechib olish o‘tish amalga oshirilgandan keyin, darhol amalga oshiriladi. Mobi 90 TR uchun keyingi har kunlik abonent to‘lovini yechish – 26-aprelda. Bu holatda Mobi 60 TR bo‘yicha to‘plamlar qoldiqlari kuyadi. Faqat amal qilish muddati 25-aprel kunining oxirigacha bo‘lgan, Mobi 90 TR bo‘yicha kunlik to‘plamlar (Mobiuz tarmog‘i ichida Unlim daqiqalar, O‘zbekiston bo‘yicha boshqa tarmoqlarga 167 daqiqa, 2167 MB, 117 SMS) hisoblanadi.
- Agar o‘tish paytida balansda faqat o‘tish narxining qiymatiga teng mablag‘ bo‘lsa (4210,35 yoki 10 000 so‘m), tarifni o‘zgartirish muvaffaqiyatli amalga oshiriladi, lekin raqam balans to‘liq oy yoki kunlik abonent to‘lovini yechib olish uchun (tegishli hajmdagi to‘plamlarning hisoblanishi bilan) yetarli mablag‘ bilan to‘ldirilmaguncha mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha blokga tushadi.
3-misol: Abonent 25-aprelda Mobi 60 TRdan Mobi 90 TRga o‘tishni xohlamoqda, o‘tish narxi – 4210,35 so‘m. Abonent balansida 5000 so‘m mablag‘ mavjud (o‘tish narxiga yetadi,lekin oylik ham, kunlik abonent to‘lovi uchun ham yetmaydi). Bu holatda o‘tish muvaffaqiyatli amalga oshiriladi, o‘tish uchun mablag‘ yechib olinadi (4210,35 so‘m), biroq o‘tish amalga oshirilgandan keyin, raqam mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha blokga tushadi. Blokdan chiqish uchun balansni 4500 so‘m yoki undan ko‘proq mablag‘ bilan to‘ldirish kerak.
Balans 4500 so‘mdan 89 999 so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ bilan to‘ldirilganda Mobi 90 TR bo‘yicha har kunlik abonent to‘lovi yechib olinib, tegishli hajmdagi to‘plamlar beriladi. Mobi 60 TR bo‘yicha to‘plamlar qoldiqlari kuyadi.
Balans 90 000 so‘m yoki undan ko‘proq mablag‘ bilan to‘ldirilganda, to‘liq oy uchun abonent to‘lovi yechib olinadi va tegishli hajmdagi to‘plamlar beriladi. Mobi 60 TRdagi to‘plamlar qoldiqlari va Mobi 90 TR bo‘yicha bir oylik to‘liq to‘plamlar qo‘shiladi. Amal qilish muddati – balans to‘ldirilgan paytdan boshlab 1 kalendar oyi.
- Agar o‘tish paytida balansdagi mablag‘ o‘tish narxidan (4210,35 yoki 10 000 so‘m) kamroq bo‘lsa, tarifni o‘zgartirish amalga oshirilmaydi.
4-misol: Abonent 25-aprelda Mobi 60 TRdan Mobi 90 TRga o‘tishni xohlamoqda, o‘tish narxi – 4210,35 so‘m. Abonent balansida 3000 so‘m mablag‘ mavjud. Bu holatda o‘tish amalga oshmaydi, chunki o‘tish narxi uchun ham, tarif uchun abonent to‘loviga ham mablag‘ yetmaydi.
- Agar hisobni to‘ldirish paytida abonent to‘lovni har kunlik yechishda bo‘lsa, abonent to‘lovini yechishning quyidagi qoidalari amal qiladi:
a) Abonent bloklangan va balansni 0 so‘mdan ko‘proq va 90 000 so‘mdan kamroq bo‘lgan mablag‘ bilan to‘ldiradi (oylik abonent to‘lovining to‘liq miqdoridan kamroq):
1-misol: Abonent 15-iyunda -200 so‘m balans bilan bloklangan (mablag‘ yetishmaganligi sababli yoki qisman bloklash) holatda. 15-iyun soat 12:00 da balansni 10000 so‘mga to‘ldiradi. Raqam faollashadi, balans 9 800 so‘mni (-200 so‘m qarzdorlikni qoplashga) tashkil qiladi. Hisob to‘ldirilishi bilan, «Mobi 90» tarif rejasi uchun joriy kunga kunlik abonent to‘lovini yechish darhol amalga oshiriladi. Joriy kun oxirigacha kunlik MB, SMS va daqiqalar to‘plamlaridan foydalanish mumkin. Hisobda 90 000 so‘mdan kam mablag‘ bo‘lganligi sababli, abonent to‘lovini oylik yechib olishga o‘tish AMALGA OSHIRILMAYDI.
b) Abonent bloklangan va balansni 90 000 so‘mgacha yoki ko‘proq mablag‘ bilan to‘ldirdi (oylik abonent to‘loviga teng yoki undan ko‘proq):
2-misol: Abonent 10-iyunda -200 so‘m balans bilan blokga tushgan. Tarif bo‘yicha abonent to‘lovini yechish 15-iyunga belgilangan. 15-iyun soat 12:00 da balansni 95 000 so‘mga to‘ldiradi. Raqam faollashadi, balans 94 800 so‘mni (-200 so‘m qarzdorlikni qoplashga) tashkil qiladi. Hisob to‘ldirilgandan keyin tarif rejasi uchun oylik abonent to‘lovi to‘liqligicha yechib olinadi. Mablag‘lar yechib olingandan keyin abonent balansi 4800 so‘mni tashkil qiladi. Mablag‘lar yechib olinganda tarif bo‘yicha to‘plamlar to‘liq hajmda, 1 kalendar oyiga beriladi. Keyingi yechib olish sanasi 15-iyul deb belgilanadi.
c) Abonent faol holatda,abonent to‘lovini har kunlik yechishda va balansni 90 000 so‘mgacha yoki ko‘proq mablag‘ bilan to‘ldirdi (oylik abonent to‘loviga teng yoki undan ko‘proq):
3-misol: Abonent 15-iyunda 5000 so‘m balans bilan faol holatda. Tarif uchun kunlik abonent to‘lovi 0:00 dan keyin yechib olingan. Abonent 15-iyun soat 17:00 da balansni 95 000 so‘mga to‘ldiradi. Balans jami 100 000 so‘mni tashkil qiladi. Hisob to‘ldirilgandan keyin abonent to‘lovini har oylik yechib olishga o‘tiladi va abonent to‘lovi darhol yechib olinadi. Mablag‘lar yechib olingandan keyin balans 10 000 so‘mni tashkil qiladi. To‘plamlarning 15-may uchun qoldiqlari oylik tarmoq ichidagi UNLIM daqiqalar, boshqa tarmoqlarga 5000 daqiqa, 20 000 MB, 3500 SMS bilan qo‘shiladi. Abonent to‘lovini keyingi yechib olish sanasi 15-iyul deb belgilanadi.
- Agar hisobni to‘ldirish paytida abonent to‘lovini har oylik yechib olishda bo‘lsa, abonent to‘lovini yechishning quyidagi qoidalari amal qiladi:
a) Abonent faol holatda,abonent to‘lovini har oylik yechishda va balansni 90 000 so‘mgacha yoki ko‘proq mablag‘ bilan to‘ldirdi (oylik abonent to‘loviga teng yoki undan ko‘proq):
4-misol: Abonent 15-iyunda 5000 so‘m balans bilan faol holatda. Tarif bo‘yicha abonent to‘lovini keyingi yechish 16-iyunga belgilangan. 15-iyun soat 12:00 da balansni 90 000 so‘mga to‘ldiradi. Balans jami 95 000 so‘mni tashkil qiladi. Yechib olish har oylik bo‘lib qoladi. 16-iyun 00:00 dan keyin 1 abonent to‘lovi - butun oy uchun yechib olinadi. Oylik (tarmoq ichidagi UNLIM daqiqalar, boshqa tarmoqlarga 5000 daqiqa, 65 000 MB, 3500 SMS) to‘plamlardan foydalanish mumkin. Keyingi safar abonent to‘lovini yechish 16-iyulda amalga oshiriladi.
- «Mobi 90» TR JShShIR bo‘lmagan xorijiy fuqarolarga ulash imkoniyati mavjud. JShShIR bo‘lmagan xorijiy fuqaroning SIM-kartasi faollashtirilgan paytdan boshlab 90 kun davomida faol bo‘ladi.
- SIM-kartaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun abonent 90 kun o‘tgunga qadar JShShIR (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami) taqdim qilishi kerak.
- Abonent tomonidan JShShIR taqdim qilingandan keyin, xodim ariza, shaxsni tasdiqlovchi hujjat asosida JShShIR ma’lumotlarini abonent kartochkasiga kiritadi.
- Abonent shartnoma bekor qilingandan keyin raqamdan foydalanish istagini bildirganda, raqamni tiklash «Raqamni tiklash» xizmatining shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
- Bunda abonent JShShIR taqdim qilishi kerak.
- JShShIR bo‘lmagan xorijiy fuqarolarga xizmat ko‘rsatish davrida, rouming xizmatlaridan foydalanish imkoniyati mavjud emas.
Xotirjam tarif rejalariga o‘tish tartibi
Mobiuz mobil ilovasi orqali, hamda kompaniyaning ofislarida
Xotirjam tarif rejalariga o‘tish tartibi
“Kerakli 45” tarif rejasiga USSD-buyruq orqali “Jozibali“, “Kerakli 30“, “Gap Yoq Optima”, “Xotirjam 25”, “Xotirjam 40”, “Jozibali 35”, “Shunchaki 35”, “Shunchaki 45”, “GAP yo'q”, “Gap Yo`q Mini”, “Omad Plus”, “Mobi 20”, “Mobi 40”, “Mobi 30+”, “Mobi 25”, “Chilla Lite +”, “Mobi 16”, “Veteran”, “Maktab”, “Вместе с Mobiuz”, “O'qituvchi 1”, “O'qituvchi 2”, “Fidokor”, “Fidokor+”, “Talaba”, “Talaba+” tarif rejalaridan o‘tish imkoniyati mavjud.
USSD-buyruq *111*128#
“Kerakli 35” tarif rejasiga USSD-buyruq orqali “Jozibali“, “Kerakli 30“, “Xotirjam 25”, “Jozibali 35”, “Shunchaki 35”, “GAP yo‘q”, “Gap Yo‘q Mini”, “Omad Plus”, “Mobi 20”, “Mobi 30+”, “Mobi 25”, “Chilla Lite +”, “Mobi 16”, “Veteran”, “Maktab”, “Вместе с Mobiuz”, “O‘qituvchi 1”, “Fidokor”, “Talaba” tarif rejalaridan o‘tish imkoniyati mavjud.
USSD-buyruq *111*127#