Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mediabaydan Mobil TV!

«Mediabay Mobil TV» xizmati Mobiuz abonentlariga «Mediabay» mobil ilovasi orqali kino,serial,teleko‘rsatuvlarni tomosha qilish imkoniyatini taqdim qiladi.     

Mediabaydan Mobil TV: ulash bo‘yicha yo‘riqnoma

Mediabay – bu IPTV, kino va seriallar portali.

4 ta portalni o‘z ichiga oladi:

  • Mediabay Premium Televidenye

  • Mediabay TV+Metrotelecom

  • Mediabay Online TV

  • Mediabay Amediateka

Abonent servisga qarab (Mediabay Premium Televidenye, Mediabay TV+Metrotelecom, Mediabay Online TV, Mediabay Amediateka) obunani  va obunaning amal qilish muddatini (1,7,30 va 90 kun) tanlashi mumkin.

Obuna (xizmat) faollashtirilganda abonent tanlangan servisning kontentiga, obuna muddati - 1,7,30 va 90 kunga cheklanmagan kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Xizmatning narxi:

Obuna muddati

Mediabay Premium

Mediabay TV+Metrotelecom

Mediabay Online TV

Mediabay Amediateka

           Milliy                

1 kun

7 000 so‘m

5 000 so‘m

4 000 so‘m

-

          1000 so‘m

7 kun

23300 so‘m

18 000 so‘m

14 500 so‘m

7 300 so‘m

          5000 so‘m

30 kun

63900 so‘m

52 000 so‘m

42 000 so‘m

21 000 so‘m

          10500 so‘m

90 kun

126500 so‘m

110 000 so‘m

90 000 so‘m

45 000 so‘m

          22500 so‘m


Ilovani yuklab olish uchun havola:

https://mediabay.uz/apps

Ulanish jarayoni:

  • Abonent mediabay.uz portalida yoki Mediabay ilovasida ro‘yxatdan/avtorizatsiyadan o‘tadi.

  • Menyuda «Mobiuz: mobil TV» bo‘limini tanlaydi.

  • Mediabay akkauntida o‘z telefon raqamini kiritadi.

  • Abonentga Mediabay raqamidan SMS-xabar orqali tekshirish  kodi keladi.

  • Tekshiruv kodi kiritilgandan keyin abonentda tanlangan servisga 1 kun, 7 kun, 30 kun yoki 90 kunga obunani xarid qilish imkoniyati bo‘ladi. 

Obuna muddati tugagandan keyin, obuna avtomatik ravishda o‘chiriladi. Takroran foydalanish uchun obunani qaytadan faollashtirish zarur.

Shartlar:

  • «Mediabay mobil TV» xizmatidan foydalanish uchun  “Mobil internet” xizmatini, agar u avval o‘chirilgan bo‘lsa, faollashtirish kerak.

  • Xizmatni hisobda obuna qiymatini yechib olish uchun yetarli mablag’ bo‘lgandagina faollashtirish mumkin.

  • Obuna abonentning holatidan qat’iy nazar, faollashtirilgan paytdan boshlab 1/7/30/90 kun amal qiladi.

  • Xizmat faqat bloklanmagan holatda faol bo‘ladi.

  • Faol obunani 3-tagacha qurilmalarda ishlatish nazarda tutilgan.

  • Obuna faol bo‘lgan paytda, avtorizatsiyadan o‘tgandan keyin, Mediabay ilovasi va mediabay.uz portalining web-versiyasidagi internet trafik tariflanmaydi.

  • Trafik, faqat obuna xarid qilingan,abonent raqami joylashtirilgan qurilmada tariflanmaydi.

Ro'yxatga qaytish