«Mobiuz bilan birga»

Chop etish versiyasi

8420,70 so‘m/oyiga

Abonent to'lovi

500 daqiqa

Mobiuz tarmog‘i ichida chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun;

500 SMS

Mobiuz abonentlariga, O’zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlariga

1000 MB

Mobil internet oyiga
O'zbekiston bo'yicha qo'ng'iroqlarning bir daqiqasi

84,21 so‘m

Mobiuz abonentlariga (oyiga 500 daqiqa tugagandan keyin)

84,21 so‘m

O’zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlariga

84,21 so‘m

Shahar raqamlariga
O'zbekiston bo'yicha 1 ta SMS-xabar

0,00 so‘m

Kiruvchi SMS-xabar

84,21 so‘m

Chiquvchi SMS-xabarlar – Mobiuz abonentlariga (oyiga 500 SMS tugagandan keyin)

84,21 so‘m

Chiquvchi SMS-xabarlar – O’zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlarga (oyiga 500 SMS tugagandan keyin)

1000 so‘m

Chiquvchi xalqaro SMS-xabarlar
Internetning 1 MB trafigi

421,04 so‘m

1 МВ internet (oyiga 1000 MB tugagandan keyin)
Foydali buyruqlar:
  • *100#- balansni, tarif rejasini va tarifga kiritilgan daqiqalar qoldig‘ini bilish*
  • *111*018# - ulangan SMS-to‘plamdagi trafik qoldig‘ini bilish.
  • *102# - ulangan Internet-to‘plamdagi trafik qoldig‘ini bilish*
    *qoldiqni faqat internet-sessiya faol bo'lmagan holatda tekshirish kerak
Shartlar:
  • Qo'ng'iroqlrni narxlash daqiqalar bo’yicha amalga oshiriladi.
  • Barcha chiquvchi qo’ng’iroqlarni narxlash 1-soniyadan boshlanadi. Qo’ng’iroq davomiyligi katta tarafga qarab yaxlitlanadi.
  • Internet-trafikni yaxlitlash kvanti 1 KB.
  • Narxlar soliqlarni inobatga olgan holda ko‘rsatilgan.
  • «Mobiuz bilan birga» tarif rejasiga ulanilgandagi boshlang‘ich to‘lov – 3 000 so‘m. Ushbu mablag‘ to‘laligicha hisobga tushadi.
  • «Mobiuz bilan birga» tarif rejasiga faqat imkoniyati cheklangan (1-guruh nogironligi bor) shaxslar ulanishlari yoki o‘tishlari mumkin.
  • «Mobiuz bilan birga» tarif rejasiga ulanish yoki o‘tish uchun Mobiuz ga qarashli ofislarning biriga murojaat qilib, abonent pasportining asl nusxasini va 1-guruh nogironligi ko‘rsatib o‘tilgan nafaqa daftarchasini taqdim etish kerak.
  • Ushbu tarif rejasidan boshqa tarif rejasiga o‘tish mumkin. O‘tish narxi – 0,00 so‘m.
  • Bitta imkoniyati cheklangan (1-guruh nogironligi bor) shaxs nomiga «Mobiuz bilan birga» tarif rejasi ulangan faqat bitta raqam olish mumkin.
  • Agar «Mobiuz bilan birga» TR ulangan raqam bekor qilingan bo‘lsa va abonentning nomiga shu tarif rejasiga ulangan boshqa raqam olinmagan bo‘lsa (raqamning hozirgi holatidan qat’iy nazar), u «Mobiuz bilan birga» TR ga qayta ulanishi mumkin.
  • Foydalanilmagan daqiqalar/SMS/MB kelasi davrga o‘tkazilmaydi.
  • Balans nolga teng yoki manfiy bo‘lib qolganda,raqam qisman blokirovka qilinadi (qisman blokirovkada chiquvchi daqiqalar, SMS va internet bloklanadi) va abonent «Aloqadaman» xizmatining shartlariga muvofiq kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va SMS larni qabul qilishi mumkin bo‘ladi. 

  • Raqam 3 oy davomida bandlangan holda (balans manfiy) bo’lsa, kompaniya va abonent o’rtasidagi shartnoma bekor qilinadi, xizmat ko’rsatish to’xtatiladi.

**Tarif rejasiga kiritilgan 500 daqiqa O‘zbekiston hududida Mobiuz abonentlariga qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan.

«Mobiuz bilan birga» TR ning amaldagi abonentlaridan abonent to’lovini yechib olish:

  • Abonent to’lovini yechib olish har oyning 1 sanasida soat 00:00dan keyin amalga oshiriladi.
  • «Mobiuz bilan birga» tarif rejasiga ulangan yoki o’tgan abonentlardan abonent to’lovini (8420,70 so'm) ) yechib olish uchun mazkur oyning oxirgi kuni soat 23:59 dan kech bo’lmagan davrda abonentning balansi kamida 8420,70 so'mni tashkil etishi kerak.
  • Abonent to’lovini yechib olish paytida abonent hisobida 8420,70 so‘mdan kam mablag’ bo’lsa, raqam qisman bandlanadi va abonent “Aloqadaman” xizmati shartlariga ko’ra kiruvchi qo’ng’iroq va SMSlarni qabul qila oladi.

Bunday holatda abonent hisobini kamida 8420,70 so‘mga yetadigan summaga to’ldirgandan keyin abonent to’lovi bir sutka muddat ichida yechib olinadi.

  • Abonent hisobini 8420,70  so'mga yetkuncha to’ldirgandan keyin tarifga kiritilgan daqiqa, MB va SMS lardan kalendar oyining oxirigacha foydalanishi mumkin.

Masalan, 1 noyabr holatiga ko’ra abonent balansida 4210,35 so‘m mavjud – bunday holda abonent to’lovi yechilmaydi va raqam qisman bandlanadi, daqiqa, MB va SMS lardan foydalanib bo’lmaydi. Abonent yetmayotgan summani 5 noyabr kuni to’laydi. Hisob kamida 8420,70 so‘mni tashkil qilgan zahotiyoq tarifga kiritilgan daqiqa, MB va SMS lardan kalendar oyining oxirigacha foydalanish mumkin. Abonent to’lovi bir sutka davomida to’la hajmda (8420,70 so'm) yechib olinadi.

  • Abonent to’lovini yechib olishning yuqorida ko’rsatilgan tartibi oyning 1-chi sanasi holatiga ko’ra majburiy bandlangan (balansi -126 310,50 bo‘lgan) abonentlar uchun amal qilmaydi.
  • Abonent 1-chi sanada qisman bandlangan  holatda bo’lsa va 2-chi sanada yoki keyinroq balansini to’ldirsa, abonent to’lovi to'laligicha (8420,70 so‘m) yechib qolinadi.
  • Agar abonent qisman bandlangandan keyin bir oy muddat otib, balansini 8420,70 so‘mga yetkuncha to’ldirsa, abonent to’lovini yechib olish va to’plamlarni belgilash faqat mazkur oy uchun, qancha muddat bloklangandan qat'iy nazar lekin to’laligicha bir oylik hajmda amalga oshiriladi. Daqiqa to'plamlari ham to'liqligicha taqdim etiladi.

“Mobiuz bilan birga” TR ning yangi abonentlaridan abonent to’lovini yechib qolish:

  • “Mobiuz bilan birga” tarif rejasiga yangi ulanilganda yoki o’tilganda abonent to’lovini yechib olish kalendar oyining qolgan kunlariga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
  • Abonent to’lovini yechib olish “Mobiuz bilan birga” TR ga ulanilgan/o’tilgandan keyin bir sutka davomida amalga oshiriladi.
  • Ushbu tarif rejasi doirasidagi daqiqa, MB va SMS lar oyning qolgan kuniga mutanosib ravishda beriladi.
  • Ushbu tarifdan boshqa tarif rejasiga o’tilganda yechib olingan abonent to’lovi qayta hisoblab va/yoki qaytarib berilmaydi.
  • Tarif rejasi o'zgartirilganda, tarif shartlari bo'yicha taqdim etilgan daqiqa/Mb va SMS to'plamlar bekor qilinadi.