«MobiCinema» xizmati sizga «MobiCinema» mobil ilovasi va mobicinema.uz veb-sayti orqali filmlar, seriallar va teleko‘rsatuvlarni tomosha qilish imkonini taqdim etadi.
Siz obuna amal qilish muddatini tanlashingiz mumkin: 1 kun yoki 1 oy.
KONTENT-XIZMATLAR NARXI:
Muhim! Setanta Sports All Inclusive, Full TV, KinoUZ va PlayON obunalariga kirmaydi va alohida rasmiylashtiriladi.
| Kontent-xizmat (obuna turi va tavsifi) | Narxi |
|---|---|
|
All Inclusive, 1 oyga 150 ta telekanal, kinoarxiv va video bazasiga kirishni taqdim etuvchi kompleks koʻngilochar taklif. Obuna yetakchi onlayn-kinoteatrlar kontentini birlashtiradi: MEGOGO, WINK, START, KinoUZ, Plan B. |
39 000 soʻm (oyiga) |
|
Full TV, 1 oyga 150 ta telekanal va dasturlar arxiviga kirishni oʻz ichiga olgan raqamli televideniye tomosha qilish uchun maxsus toʻplam. |
29 900 soʻm (oyiga) |
|
Full TV, 1 kunga 150 ta telekanal va dasturlar arxiviga kirishni oʻz ichiga olgan raqamli televideniye tomosha qilish uchun maxsus toʻplam. |
1990 soʻm (kuniga) |
|
KinoUZ, 1 oyga Oʻzbek tilidagi filmlar va seriallar katalogiga kirishni taqdim etuvchi tematik obuna. |
12 000 soʻm (oyiga) |
|
KinoUZ, 1 kunga Oʻzbek tilidagi filmlar va seriallar katalogiga kirishni taqdim etuvchi tematik obuna. |
699 soʻm (kuniga) |
|
PlayON, 1 kunga Sport ishqibozlari uchun taklif, 19 ta sport kanalini oʻz ichiga oladi. |
1495 soʻm (kuniga) |
|
Setanta Sports, 1 oyga Setanta Sportsʼning ikki telekanaliga maxsus obuna, futbol oʻyinlari, MMA turnirlari, Formula-1 poygalari va basketbol uchrashuvlari kabi jahon sport tadbirlarining jonli efirlariga kirishni taʼminlaydi. |
16 999 soʻm (oyiga) |
|
Mobi TV 1 Turli mavzudagi 50 ta telekanaldan iborat asosiy toʻplam va koʻrsatuvlar arxividan foydalanish imkoniyati. |
ORZU, ORZU 90 va ORZU 110 tariflariga kiritilgan |
|
Mobi TV 2 Sport telekanallaridan iborat ixtisoslashtirilgan toʻplam boʻlib, ONE FC musobaqalari translyatsiyalari, shuningdek Setanta Sports turkumidagi kanallarni oʻz ichiga oladi. |
ORZU 150 tarifiga kiritilgan |
«MobiCinema» mobil ilovasini yuklab olish uchun havolalar:
- iOS operatsion tizimi uchun
- Android operatsion tizimi uchun
- HarmonyOS (Huawei) operatsion tizimi uchun
Ulanish jarayoni:
-
Abonent «MobiCinema» mobil ilovasida yoki mobicinema.uz saytida ro‘yxatdan o‘tadi/avtorizatsiyadan o‘tadi. Shuningdek, abonentni ro‘yxatdan o‘tkazish va xizmatni ulash/o‘chirish OPERATORning billing tizimi orqali abonent so‘roviga asosan amalga oshirilishi mumkin.
-
Xizmatdan foydalanish shartlari bilan tanishgandan so‘ng, abonent MobiCinema akkauntida o‘z telefon raqamini kiritadi.
-
Abonentga «1490» qisqa raqamidan tasdiqlash kodi yuboriladi.
-
Tasdiqlash kodi kiritilgandan so‘ng, abonent maxfiylik siyosati va foydalanuvchi bitimi shartlarini qabul qiladi hamda bosh sahifaga o‘tadi.
-
So‘ng abonent o‘zini qiziqtirgan kontentni tanlaydi va 1 kun yoki 1 oy amal qilish muddatiga ega obunani rasmiylashtiradi.
Obuna tanlangan muddat yakunida avtomatik ravishda uzaytiriladi. Obuna muddati tugagach, agar abonent obunani oldindan bekor qilmagan bo‘lsa va balansida yetarli mablag‘ mavjud bo‘lsa, keyingi davr uchun to‘lov yechib olinadi. Obunani avtomatik uzaytirishni «MobiCinema» mobil ilovasi yoki mobicinema.uz veb-sayti orqali o‘chirish mumkin.
Mavjudlik
Jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan tarif rejalarida
Shartlar:
-
«MobiCinema» xizmatidan foydalanish uchun «Mobil internet» xizmati yoqilgan bo‘lishi kerak (agar u o‘chirilgan bo‘lsa).
-
Obunani faollashtirish uchun balansda yetarli mablag‘ mavjud bo‘lishi zarur.
-
Obuna faollashtirilgan paytdan boshlab uning amal qilish muddati tugaguncha amal qiladi.
-
Faol obuna mavjud bo‘lsa, abonent xuddi shu turdagi boshqa obunani faollashtira olmaydi.
-
MobiCinema servisdan («MobiCinema» mobil ilovasi yoki mobicinema.uz veb-sayti orqali) foydalanilganda trafik faol obuna doirasida sarflanmaydi.
-
MobiCinema servisi ilovasi va saytida ro‘yxatdan o‘tish MNP xizmati orqali Mobiuz tarmog‘iga o‘tgan foydalanuvchilar uchun vaqtincha mavjud emas
-
MobiCinema xizmati bitta akkaunt ostida bir vaqtning o‘zida 3 (uch) tagacha qurilmani avtorizatsiya qilish imkonini beradi (egasining asosiy qurilmasi va qo‘shimcha ravishda 2 tagacha ulanish).