Xizmat quyidagi resurslarda internet-trafikdan cheksiz foydalanish imkoniyatini taqdim etadi: YouTube, Telegram, Instagram, Facebook, Facebook Messenger.
|
Opsiya |
Kiritilgan resurslar |
Abonent to‘lovi (oyiga) |
|---|---|---|
|
«Unlim MIX» |
YouTube, Telegram, Instagram, Facebook, Facebook Messenger |
35 000 so‘m |
Xizmatni ulash / o‘chirish:
-
Mobiuz mobil ilovasi orqali (ilovani yuklab oling)
-
*230# USSD-buyrug‘i
-
Kontakt markazi (0890, +99897 130 09 09)
-
Mobiuz kompaniyasi ofislari
* Xizmatni ulash / o‘chirish faqat to‘liq abonent to‘lovini yechish uchun mablag‘ mavjud bo‘lganda yoki xizmat holati faol bo‘lganda amalga oshiriladi.
Abonent to‘lovi:
-
Opsiya bo‘yicha abonent to‘lovi opsiya o‘chirilguniga qadar har oy yechib olinadi.
-
Xizmatni ulash faqat balansda to‘liq qiymatni yechish uchun yetarli mablag‘ bo‘lganda amalga oshiriladi.
-
Balans yetishmasligi sababli raqam «Unlim MIX» opsiyasi uchun to‘lovni amalga oshira olmagani tufayli bloklangan taqdirda, blokdan chiqish uchun balans opsiya abonent to‘lovidan ko‘p bo‘lishi kerak.
- Agar servis uchun oylik to‘lovni yechib olishga balansda mablag‘ yetarli bo‘lmasa, servis vaqtincha taqdim etilmaydi. Bunda raqam faol holatda qoladi va bloklanmaydi. Servisdan foydalanish narxi tarif shartlariga muvofiq balansdan yechib olinadi.
- Balans zarur miqdorga to‘ldirilgandan so‘ng abonent to‘lovi avtomatik ravishda yechib olinadi va servis qayta taqdim etila boshlaydi. Servis uchun navbatdagi abonent to‘lovi amalda yechib olingan sanadan bir oy o‘tgach yechib olinadi.
- Agar mablag‘ yetishmasligi sababli servis vaqtincha taqdim etilmasa, opsiyani istalgan vaqtda o‘chirish mumkin.
Shartlar:
-
Xizmat jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan tarif rejasi abonentlari uchun mavjud («Mobiuz 8 yil» tarif rejasidan tashqari).
-
Trafik faqat resurslarning rasmiy mobil ilovalari yoki brauzerdagi rasmiy mobil versiyasidan foydalanganda tariflanmaydi.
-
Xizmatning to‘g‘ri ishlashi uchun qurilmadan mobil internetni tarqatish tavsiya etilmaydi, chunki bunday holatda trafik «Unlim MIX» xizmatidan tashqarida foydalanish qoidalariga muvofiq tariflanishi mumkin.
-
Xizmatdan foydalanish ustuvorligi — internet-xizmatlari orasida birinchi o‘rinda.
-
Ma’lumot uzatish tezligi cheklanmaydi.
-
GPRS/EDGE/3G/4G/5G tarmoqlarida mavjud.
-
Roumingda internet tarif rejasi shartlariga muvofiq tariflanadi.
-
Proksi, VPN yoki uchinchi tomon saytlaridan foydalanilganda trafik tarif rejasiga muvofiq tariflanadi.
-
«Kunlik Unlim» xizmati ulangan bo‘lsa, tezlik faqat YouTube, Telegram, Instagram, Facebook, Facebook Messenger’dan boshqa resurslar uchun cheklanadi.
-
Resurs egasining IP-manzillari o‘zgargan taqdirda tarif rejasi bo‘yicha trafik sarfi yuzaga kelishi mumkin.
-
Smartfonlar fon rejimida trafik sarf qilishi mumkin (yangilanishlar, sinxronizatsiya va hokazo), bunday trafik tarif rejasiga muvofiq tariflanadi.
-
Barcha narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.