«Favqulodda yordam» servisining afzalliklari
Sizning xavfsizligingiz va yaqinlaringiz xotirjamligi kafolati
Ortiqcha qo‘ng‘iroqlarsiz chaqiruv
Dispetcherga qayerda ekanligingizni aytish va tushuntirish shart emas — tizim aniq GPS-koordinatalarni avtomatik ravishda yuboradi
Professional qo‘riqlash
Yordamga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti ekipaji yetib keladi
Ilovada kuzatib borish
Ekipaj haqidagi ma’lumotlar real vaqt rejimida ko‘rinadi: xodimlarning F.I.Sh., avtomobil rusumi va davlat raqami, shuningdek, taxminiy yetib kelish vaqti
Yaqinlaringizga g‘amxo‘rlik
Ekipajni nafaqat o‘zingiz uchun chaqirishingiz, balki yordamga muhtoj boshqa shaxsning joylashuvini ham ko‘rsatishingiz mumkin
Xizmatga ulanish formatlari
Bir martalik himoya yoki qulay oylik obunani tanlang
- To‘lov amalga oshirilgan paytdan boshlab 1 soat davomida amal qiladi
- Signal yuborilgandan so‘ng yoki 1 soat o‘tgach, xizmat avtomatik ravishda o‘z faoliyatini to‘xtatadi
- GPS-koordinatlarni avtomatik uzatish
- Ilovada ekipajning yetib kelishini kuzatib borish
- Signal yuborilganda qo‘shimcha to‘lovlarsiz
- Har oy avtomatik to‘lov
- GPS-koordinatlarni avtomatik uzatish
- Ilovada ekipajning yetib kelishini kuzatib borish
Xizmatdan qanday foydalanish mumkin?
Mobiuz ilovasida SOS signalini yuborish bo‘yicha bosqichma-bosqich yo‘riqnoma
Bo‘limni oching
Mobiuz mobil ilovasiga kiring va «Favqulodda yordam» bo‘limini tanlang
Geolokatsiyaga ruxsat bering
Ilovaga qurilmangizning aniq joylashuvini aniqlash uchun ruxsat bering
Tarifni tanlang
O‘zingizga qulay to‘lov formatini (bir martalik chaqiruv yoki foydali obuna) tanlang va mablag‘ yechilishini tasdiqlang
«SOS yuborish» tugmasini bosing
Yordam kimga kerakligini (sizga yoki boshqa shaxsga) ko‘rsating va ekipajni chaqirish uchun SOS tugmasini bosing
Mobiuz mobil ilovasini yuklab oling
SOS tugmasi va boshqa raqamli servislardan foydalaning
Ko‘p beriladigan savollar (FAQ)
Murojaat qabul qilingandan so‘ng darhol Mobiuz ilovasida real vaqt rejimida to‘liq ma’lumot paydo bo‘ladi: yetib kelayotgan qo‘riqlash xodimlarining F.I.Sh., xizmat avtomobilining rusumi va davlat raqami, shuningdek, manzilga taxminiy yetib kelish vaqti
Yo‘q, qo‘ng‘iroq qilish va manzilni tushuntirish talab etilmaydi. Tizim smartfoningiz orqali aniq GPS-koordinatlaringizni avtomatik ravishda aniqlaydi va ularni O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Qo‘riqlash departamenti dispetcheriga yuboradi
Bir martalik chaqiruv narxi 100 000 so‘m bo‘lib, faollashtirilgan paytdan boshlab 1 soat ichida SOS signalini bir marta yuborish imkonini beradi. Oylik obuna narxi oyiga 80 000 so‘m bo‘lib, har bir chaqiruv uchun qo‘shimcha to‘lovlarsiz cheklanmagan miqdorda SOS chaqiruvlarini amalga oshirish imkonini beradi
SOS signalini muvaffaqiyatli yuborish uchun raqamingiz faol bo‘lishi va shaxsiy hisobingizda tanlangan xizmat turi uchun yetarli mablag‘ bo‘lishi kerak (obuna uchun 80 000 so‘m yoki bir martalik chaqiruv uchun 100 000 so‘m)
Xizmat Mobiuz mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan, geolokatsiyaga kirishga ruxsat bergan va jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan tarif rejalaridan foydalanayotgan barcha Mobiuz abonentlari — jismoniy shaxslar uchun mavjud