«Interaktiv televideniye hophop.tv» sizga kino, seriallar, teleko‘rsatuvlarni www.hophop.tv veb-sayti, mobil ilova «hophop.tv», shuningdek, SMART-TV va Android TV ilovalari orqali tomosha qilish imkonini beradi.
Siz obuna muddatini tanlashingiz mumkin: 1 kun yoki 30 kun.
Obuna (xizmat) faollashtirilgach, siz «hophop.tv» ilovasi doirasidagi kontentdan va tanlangan obuna muddatidan cheksiz foydalanish huquqiga ega bo‘lasiz.
Xizmat narxlari:
KONTENT-XIZMAT NARXLARI
|
Kontent-xizmat (obuna turi) |
Стоимость |
|
|
TV Lite, 1 kun – 40+ TV kanali |
1800 so‘m |
|
|
TV Lite, 30 kun – 40+ TV kanali |
12000 so‘m |
|
|
Xorijiy kino, 1 kun – Filmlar paketi + Start + Wink + Plan_B + Megogo |
5250 so‘m |
|
|
Xorijiy kino, 30 kun – Filmlar paketi + Start + Wink + Plan_B + Megogo |
35000 so‘m |
|
|
Oilaviy, 1 kun – 150 kanallar + KinoUz |
3000 so‘m |
|
|
Oilaviy, 30 kun – 150 kanallar + KinoUz |
20000 so‘m |
|
|
Sport, 30 kun – Sport kanallari + 2 ta Setanta Sports kanali |
24000 so‘m |
|
|
KinoUz, 1 kun |
1950 so‘m |
|
|
KinoUz, 30 kun |
13000 so‘m |
|
|
Wink, 30 kun |
16000 so‘m |
|
|
Start, 30 kun |
15000 so‘m |
|
|
Plan_B, 30 kun |
10000 so‘m |
|
|
Megogo, 30 kun |
17000 so‘m |
|
Ilovani yuklab olish havolasi:
Ulanish jarayoni:
-
Abonent hophopTV ilovasi yoki https://hophop.tv/ saytida ro‘yxatdan o‘tadi / avtorizatsiya qiladi. Shuningdek, abonent ro‘yxatdan o‘tishi va xizmatni ulashi OPERATOR tizimi orqali abonent so‘rovi bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
-
Xizmatdan foydalanish shartlari bilan tanishib chiqqach, abonent o‘z telefon raqamini hophop.tv akkauntida kiritadi.
-
Abonentga «hophoptv» alfanumerik raqamidan tasdiqlash kodi yuboriladi.
-
Tasdiqlash kodini kiritgach, abonent maxfiylik siyosati va foydalanuvchi kelishuvi shartlarini qabul qiladi va bosh sahifaga o‘tadi.
-
Keyin abonent o‘zini qiziqtirgan kontentni tanlaydi va 1 kun yoki 30 kunlik obunani sotib oladi.
Shartlar:
-
«Interaktiv televideniye hophop.tv» xizmatidan foydalanish uchun «Mobil internet» xizmati yoqilgan bo‘lishi kerak (agar o‘chirilgan bo‘lsa).
-
Obuna faollashtirilishi uchun balansda xizmat narxini yechib olishga yetarli mablag‘ bo‘lishi kerak.
-
Obuna faollashgan paytdan boshlab uning amal qilish muddati tugaguniga qadar kuchda bo‘ladi.
-
Agar faol obuna mavjud bo‘lsa, abonent shu turdagi boshqa obunani faollashtira olmaydi.
-
Trafik faqat «hophop.tv» ilovasi doirasida tariflanmaydi.
-
Faol obuna veb-portal hophop.tv versiyasiga tatbiq etilmaydi – brauzer orqali tomosha qilinganda trafik tarif rejasi bo‘yicha hisoblanadi.
-
Obuna faollashmaguncha va «hophop.tv» ilovasiga muvaffaqiyatli avtorizatsiya qilinmaguncha, abonentning mobil trafiki tariflanadi.
-
Agar abonent «Interaktiv televideniye hophop.tv» xizmatidan tashqari boshqa kontentdan foydalansa, trafik tarif rejasi shartlariga muvofiq hisoblanadi.
Aksiya «hophop.tv 30 kun»
Aksiya muddati: 2025-yil 2-oktabrdan 2025-yil 2-dekabrgacha (shu jumladan).
Aksiya tavsifi:
Aksiya interaktiv televideniye xizmati «hophop.tv» ni targ‘ib qilish maqsadida o‘tkaziladi. Aksiya ishtirokchilari — ilgari «hophop.tv» interaktiv televideniye xizmatidan foydalanmagan abonentlar bo‘lishi mumkin.
Aksiya doirasida ishtirokchiga «TV Lite, 30 kun» telekanallar paketidan 30 kun davomida 100% chegirma bilan foydalanish imkoni beriladi. Promo-muddati ishtirokchi tomonidan «hophop.tv» servisida tegishli harakatlarni amalga oshirish orqali obunani faollashtirgan paytdan boshlanadi hamda to‘xtatilishi yoki uzaytirilishi mumkin emas.
Har bir ishtirokchi aksiya davomida faqat bir marta foydalanishi mumkin.
30 kunlik promo-muddati tugagach, «TV Lite, 30 kun» telekanallar paketiga kirish avtomatik ravishda to‘xtatiladi. Keyinchalik abonent amaldagi tariflarga muvofiq «TV Lite, 30 kun» paketini va/yoki boshqa mavjud telekanallar paketini pullik asosda ulashi mumkin.
Aksiyaning batafsil shartlari: https://hophop.tv/promotion



