Unlim “YouTube” xizmati YouTube resursiga cheksiz kirish imkonini beradi.
|
Opsiya |
Kiritilgan resurslar |
Abonent to‘lovi (oy/kun) |
|---|---|---|
|
Unlim «Youtube» |
Youtube |
20 000 so‘m/ 1 000 so‘m |
Servisni Ulash/O‘chirish:
- Mobiuz mobil ilovasi orqali (ilovani yuklab olish).
- *230# USSD-buyrug‘i;
- Aloqa markazi (0890, +998971300909);
- Mobiuz kompaniyasini ofislari.
- Faqat to‘liq abonent to‘lovi yechib olinishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lganda mavjud.
Abonent to‘lovi:
- Xizmat o‘chirilgunga qadar har oy yechib olinadi.
- Yetarli mablag‘ bo‘lmaganda kunlik to‘lovga o‘tishi mumkin.
- Agar servis uchun oylik yoki kunlik to‘lovni yechib olishga balansda mablag‘ yetarli bo‘lmasa, servis vaqtincha taqdim etilmaydi. Bunda raqam faol holatda qoladi va bloklanmaydi. Servisdan foydalanish narxi tarif shartlariga muvofiq balansdan yechib olinadi.
- Balans zarur miqdorga to‘ldirilgandan so‘ng abonent to‘lovi avtomatik ravishda yechib olinadi va servis qayta taqdim etila boshlaydi. Servis uchun navbatdagi abonent to‘lovi amalda yechib olingan sanadan bir oy o‘tgach yechib olinadi.
- Agar mablag‘ yetishmasligi sababli servis vaqtincha taqdim etilmasa, opsiyani istalgan vaqtda o‘chirish mumkin.
- Xizmat faqat jismoniy shaxslar uchun tariflarga ulangan abonentlar uchun mavjud (“Mobiuz 8 yil”, “Xotirjam 100” va “Xotirjam 80” tariflaridan tashqari).
- Internet tarmog‘idan faqat resursning rasmiy mobil ilovasida yoki brauzerdagi rasmiy mobil versiyasida foydalanganda trafik tariflanmaydi. Faqat YouTube’ning rasmiy ilovalari va mobil versiyasida ishlaydi.
- Xizmatdan foydalanish ustuvorligi – internet-xizmatlar orasida birinchi o‘rinda.
- Ma’lumot uzatish tezligi cheklanmaydi.
- GPRS/EDGE/3G/4G/5G tarmoqlarida mavjud.
- Roumingda internet tarif rejasining standart shartlariga muvofiq tariflanadi.
- Proksi, VPN yoki uchinchi tomon saytlaridan foydalanilganda trafik tarif rejasiga ko‘ra tariflanadi.
- “Sutkalik Unlim” xizmati ulangan bo‘lsa, tezlik faqat YouTube’dan tashqari resurslar uchun cheklanadi.
- “Kunlik to‘lovga o‘tishni taqiqlash” xizmati faollashtirilganda, bu cheklov Unlim YouTube xizmatiga ham tatbiq etiladi.
- Resurs egasi tomonidan IP-manzillar o‘zgartirilganda, trafik tarif rejasiga ko‘ra sarflanishi mumkin.
- Smartfonlar fonda trafik sarflashi mumkin (yangilanishlar, sinxronizatsiya va h.k.), bu trafik tarif rejasiga ko‘ra tariflanadi.
- 2024-yil 11-martgacha opsiyani ulagan abonentlar xizmatni to‘liq narxda to‘laydilar.
- Barcha narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.