MyMusic – Sizga qo‘ng‘iroq qilayotgan abonentlarining telefonlarida odatiy uzun chaqiriqlar o‘rniga eshitiladigan, taronalar yoki jumlalarni tanlash va o‘rnatish imkoniyatini taqdim qiladi.
Obunani faollashtirish uchun:- http://mm.mobi.uz/ saytiga kirib taronani tanlab, o‘zining telefon raqamini tasdiqlash kerak bo‘ladi, keyin Sizga xizmatni faollashtirish uchun terish kerak bo‘lgan pin-kod keladi.
Obunani o‘chirish uchun:
- SMS yordamida 5126 qisqa raqamiga «STOP» matnini yuborish;
- http://mm.mobi.uz/ saytiga kirib «Profil» bo‘limida «Xizmatni O‘chirish» tugmasini bosish.
Axborot SMS-xabarlari 5126 qisqa raqamidan kelib tushadi.
Obunani tariflash 5127 (SMS), 5128 (SMS) qisqa raqamlaridan amalga oshiriladi.
Servis raqamlari: 5126 (SMS), 5127 (SMS), 5128 (SMS)
5127 raqamidan kiruvchi 1 (bitta) SMS-xabarning narxi – 1000 so‘m QQS bilan.
5128 raqamidan kiruvchi 1 (bitta) SMS-xabarning narxi – 500 so‘m QQS bilan.
Hurmatli abonentlar! So‘rov yuborilayotgan SMS-raqamni diqqat bilan tekshirishingizni so‘raymiz. Agar abonent kontent-xizmatlarni olishga noto‘g‘ri raqamni tersa va SMS-xabar yuborsa, noto‘g‘ri SMS-xabarlar uchun to‘langan pul mablag‘lari qaytarilmaydi..
Kontent-provayderning abonentlar bilan ishlash bo‘limi: +998712004555.
«KRON TELEKOM NETVORK» MCHJ