Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Internet haqida

Mobiuzdan mobil Intеrnеt - bu:

  • Internet-trafikni narxlash kvanti 1 Kb

  • Ma’lumotlar uzatilishining yuqori tezligi.

  • Taqdim etilayotgan sеrvisning ishonchli sifati.

  • Mobil tеlеfondan istalgan joyda butunjahon tarmog‘iga chiqishning kunu-tunda ulanish imkoniyati.

Qаnday foydalaniladi?

Mobil intеrnеt xizmati barcha abonentlarga avtomatik ravishda yoqilgan.

Agar siz Android, iOS yoki Windows Mobile opеratsion tizimida ishlovchi smartfon egasi bo‘lsangiz, sozlamalarda Internetga kirish imkoniyatini beradigan nuqta yaratilgani va “Ma’lumotlar uzatish” optsiyasi (turli xil modellarda turlicha nomlanishi mumkin) yoqilganligiga (galochka turganligiga) amin bo’ling.

Agar Internetdan foydalanish uchun smartfondan foydalanmasangiz, mobil telefonni sozlashingizga to’g’ri keladi:

Internet sozlamalarini “Sozlab ol” xizmati yordamida avtomatik ravishda olish yoki qo’lda kiritish mumkin.

Ma’lumotlarni uzatish tezligi*:

  • HSPA+: 42 Мbit/s.gacha;

  • HSDPA: 14,4 Мbit/s.gacha;

  • 3G: 384 Kbit/s.gacha;

  • EDGE: 236,8Kbit/s.gacha;

  • GPRS: 85,6Kbit/s.gacha.

* Ko’rsatilgan ma’lumotlarni uzatish tezliklari nazariy maksimum bo’lib, ushbu texnologiyadan foydalanish jarayonining yutuqlari hisoblanadi. Haqiqiy tezlik e’lon qilingan tezlikdan farq qilishi va ma’lum joylarda tarmoqning texnik ko’rsatkichlariga, shuningdek, aloqa xizmatini taqdim etish sifatiga ta’sir qiluvchi bir qator omillarga bog‘liq bo’lishi mumkin.

Narxi qancha?

Faollashtirish — 0 so‘m.

Xizmat uchun abonent to‘lovi— 0,00 so‘m /kuniga.

Internet-trafikni narxlash abonentning tarif rejasiga muvofiq yoki qo’shimcha Internet-xizmatlarga (ular yoqilgan bo'lsa, Masalan: internet-to'plamlar) o'rnatilgan narxlar asosida amalga oshiriladi*.

* net.ums.uz nuqtasi Internet-trafigi orqali uzatilgan va olingan ma’lumotlar hajmi 1KBgacha (narxlash birligi yoki kvant narxlash) aniqlik bilan yirikroq ko’rsatkich tomon yaxlitlanadi.

Xizmatni boshqarish

«Mobil internet» xizmati holatini quyidagi usullar yordamida tekshirish mumkin:

  • *111*001# USSD-so‘rovini yuborib

  • 616001 raqamiga 3 soni bilan SMS-xabar yuborib

Xizmatni quyidagi usullar yordamida o’chirish mumkin:
  • *111*0010# USSD-so‘rovini yuborib

  • 616001 raqamiga 0 soni bilan SMS-xabar yuborib

Xizmatni yoqish:
  • *111*0011# USSD-so‘rov yuborib

  • 616001 raqamiga 1 soni bilan SMS-xabar yuborib

Shuningdek, xizmatni «Intеrnеt-yordamchi» vositasida yoki "Mobil yordamchi *111#" yordamida boshqarish mumkin.