Biz ijtimoiy tarmoqlarda

«Sozlab ol» bepul xizmati abonеnt mobil tеlеfoniga Intеrnеt qo‘shimcha xizmatlaridan foydalanish uchun sozlamalarni tez va oson yuklab olish imkonini beradi  (faqat mazkur rusumdagi telefon xizmatni qo‘llab-quvvatlasa).

«Sozlab ol» xizmatidan foydalanish uchun tеlеfonda Intеrnеt xizmatlari ulangan bo‘lishi tavsiya etiladi, shunda darhol sozlash muvaffaqiyatli o‘tganini tekshirish mumkin.

Xizmatni qanday faollashtirish mumkin?

1. Xizmatni faollashtirish uchun, quyidagilarni amalga oshirish zarur:

  • *111*021# USSD-buyrug‘ini jo‘natish.

  • 616021  raqamiga 1 sonini jo‘natish.

2. Bir necha daqiqa ichida telefoningizga « Intеrnеt sozlamalari jo‘natildi, kuting» xabari keladi.

3. Shundan keyin navbat bilan sozlamalar yozilgan xabarlar kela boshlaydi, har bir xabarga javoban «Saqlab olish» va keyin «Tayyor» buyruqlarini bosish kerak.

4. Keyin «Agar sizga sozlamalar kelmagan bo‘lsa, ehtimol Sizning telefon rusumingiz avtosozlamalarni qo‘llab-quvvatlamaydi» axborot xabari kelishi mumkin.

Agar tеlеfoningiz mazkur sozlamalarni qo‘llab-quvvatlasa, unda ularni qabul qilib, saqlab olganingizdan keyin faollashtirish uchun tеlеfonni o‘chirib - qaytadan yoqasiz. Endi tеlеfoningizda Intеrnеt xizmatlari sozlandi.

 

Ro'yxatga qaytish