Biz ijtimoiy tarmoqlarda

eSIMʼni bepul onlayn ulash

Mobiuzʼga uydan chiqmasdan onlayn ulaning

eSIM – bu smartfonga o‘rnatilgan abonent moduli bo‘lib, uning yordamida abonent identifikatsiyasi amalga oshiriladi hamda abonentning yakuniy qurilmasi (keyingi o‘rinlarda «Qurilma» deb yuritiladi) Mobiuz mobil aloqa tarmog‘iga ulanadi.

eSIMʼni qanday ulash mumkin?

Jismoniy shaxslar uchun

Yangi abonent Mobiuz kompaniyasining sotuv ofisiga eSIM’ni qo‘llab-quvvatlovchi qurilma va shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishi lozim.


Amaldagi Mobiuz abonentlari standart SIM-kartani eSIM’ga kompaniyaning sotuv ofislariga shaxsan tashrif buyurgan holda almashtirishlari mumkin.


Buning uchun abonentda shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda eSIM’ni qo‘llab-quvvatlovchi qurilma bo‘lishi lozim.


eSIM’ga almashtirilganida, standart (avvalgi) SIM-karta ishlashdan to‘xtaydi.

Yuridik shaxslar uchun

eSIM’ni ulash uchun Kompaniyaning sotuv ofisiga mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzish uchun quyidagi zarur hujjatlar to‘plami bilan murojaat qilish lozim:


  • Ulanish bo‘yicha arizaning asli (Mobiuz namunaviy blankasida yoki tashkilotning firma blankasida).
  • Ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi.
  • Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida Davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi.
  • Kompaniya rahbari yoki ishonch bildirilgan shaxsning pasporti asl nusxasi (rahbar pasportining nusxasi majburiy hisoblanadi).
  • Vakolatli vakil nomiga berilgan ishonchnoma.

Tashkilotning vakolatli vakili eSIM’dan foydalanilishi rejalashtirilgan, eSIM’ni qo‘llab-quvvatlovchi qurilmani o‘zi bilan birga olib kelishi lozim.

Eslatmalar

SIM-kartani virtual eSIM’ga almashtirish xizmati

Agar abonent yuridik shaxs bo‘lsa, SIM-kartani almashtirish rasmiy xat asosida amalga oshiriladi.


Agar abonentni uning qonuniy vakili vakillik qilayotgan bo‘lsa, SIM-kartani almashtirish amaldagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, ishonchnoma asosida, unda ishonch bildiruvchi tomonidan berilgan huquqlar va harakatlar tavsifi bilan amalga oshiriladi.


Bunday hollarda ishonchli shaxs ishonchnomaning asl nusxasini taqdim etish bilan birga o‘z pasportini ham ko‘rsatadi.

Narxi: 30 000 so‘m

Raqamni eSIM’ga qayta tiklash» xizmati

Raqamni eSIM’ga qayta tiklash xizmati abonent bilan yangi Shartnoma tuzish orqali amalga oshiriladi.


Abonent ushbu xizmatdan foydalanish huquqini boshqa shaxsga berishga haqli emas.


Raqamni qayta tiklash xizmati faqatgina abonent raqami oxirgi marta shartnoma bekor qilinmaguncha rasmiylashtirilgan abonentning o‘ziga taqdim etiladi.


Raqamni tiklash faqat abonentlik shartnomasi bekor qilinmaguncha raqam rasmiylashtirilgan shaxs nomiga amalga oshiriladi.


Raqamni tiklash notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida amalga oshirilishi mumkin. Ishonchnomada albatta tiklanayotgan abonent raqami va xizmat nomi ko‘rsatilishi lozim.

Narxi: 21 000 so‘m

eSIM’da raqam egasini o‘zgartirish

Agar abonent raqam egasini o‘zgartirish maqsadida murojaat qilsa va raqam ilgari eSIM’da ulangan bo‘lsa hamda abonent ilgari profil yuklangan qurilmadan foydalanishni davom ettirsa, xizmat narxi 21 000 so‘mni tashkil etadi;


Agar abonent raqam egasini o‘zgartirish maqsadida murojaat qilsa hamda eSIM profilini boshqa qurilmaga yuklash istagida bo‘lsa, yangi qurilmaga eSIM profilini yuklash uchun «SIM’ni almashtirish» amalga oshirilishi lozim (chunki eSIM profili bir martalik bo‘lib, raqam egasini o‘zgartirish jarayonida eskisi bekor qilinadi va yangi eSIM profili yuklanadi).


Raqam egasini o‘zgartirish amaldagi va yangi abonent (yoki amaldagi abonent – jismoniy shaxs – tomonidan ishonch asosida vakillik qiluvchi shaxs) ishtirokida amalga oshiriladi. Abonentlar o‘zlari bilan pasportlarining asl nusxasini olib kelishlari lozim. Raqam egasini o‘zgartirish bo‘yicha arizalar Kompaniya tomonidan ularning topshirilgan kundan boshlab 10 kalendar kuni ichida ko‘rib chiqiladi.

Narxi: 21 000 so‘m

eSIM’ni qo‘llab-quvvatlovchi qurilmalar

  • Xiaomi 15 Ultra
  • Xiaomi 15 Pro
  • Xiaomi 15
  • Xiaomi 14T Pro
  • Xiaomi 14 Pro
  • Xiaomi 14T
  • Xiaomi 14
  • Xiaomi 13T Pro
  • Xiaomi 13 Pro
  • Xiaomi 13T
  • Xiaomi 13
  • Xiaomi 13 Lite
  • Xiaomi 12T Pro
  • Redmi Note 14 Pro +
  • Redmi Note 14 Pro
  • Redmi Note 13 Pro +
  • Redmi Note 13 Pro
  • Poco X7
  • Galaxy S25 / S25+ / S25 Ultra
  • Galaxy S24 / S24+ / S24 Ultra
  • Galaxy S23 / S23+ / S23 Ultra
  • Galaxy S22 / S22+ / S22 Ultra
  • Galaxy S21 / S21+ / S21 Ultra
  • Galaxy S20 / S20+ / S20 Ultra
  • Galaxy Z Fold6 / Flip6
  • Galaxy Z Fold5 / Flip5
  • Galaxy Z Fold4 / Flip4
  • Galaxy Z Fold3 / Flip3
  • Galaxy Z Fold2
  • Galaxy Z Flip 5G / Flip
  • Galaxy S23 FE
  • Galaxy A54 (Европа, США, Корея, Япония)
  • Galaxy A55 (все регионы)
  • Galaxy A35 (Европа, США, Корея)
  • Galaxy XCover 7 (все регионы)
  • iPhone 11/12/13/14/15/16/XR/XS
  • iPhone 16e
  • iPhone SE 2020/2022
  • iPhone 14/15/16 Plus
  • iPhone 11/12/13/14/15/16 Pro
  • iPhone 11/12/13/14/15/16 Pro Max
  • iPhone XS Max
  • iPhone 12/13 mini
  • HONOR Magic4 Pro
  • HONOR Magic5 Pro
  • HONOR Magic6 Pro
  • HONOR Magic7 Pro
  • HONOR Magic Vs
  • HONOR Magic V2
  • HONOR Magic V3
  • HONOR Magic V5
  • HONOR 90
  • HONOR 200
  • HONOR 400
  • HONOR Magic7 Lite
  • HONOR 400 Lite
  • Huawei P40
  • Huawei P40 Pro
  • Huawei Mate 40 Pro

Boshqa xizmatlar

SAVOLLAR VA JAVOBLAR (FAQ)

eSIM profili — bu raqamga biriktirilgan tarif sozlamalari bo‘lib, ular QR-kod orqali yuklanadi. eSIM’ni chiqarib bo‘lmaydi, yo‘qotib ham, sindirib ham bo‘lmaydi — u bevosita smartfonga o‘rnatilgan bo‘ladi.

Yo‘q, QR-kod orqali yuklanadigan eSIM profili faqat bir marta va bitta qurilmaga bog‘langan holda o‘rnatiladi. Agar qurilma almashtirilsa, eski profil o‘chirilib, yangisini yuklash uchun ofisga qayta murojaat qilish lozim bo‘ladi.

Bitta qurilmada 5 tagacha eSIM profilini saqlash mumkin. Ular orasida qurilma sozlamalari orqali bemalol almashish mumkin.

uzimei.uz saytida, USSD-so‘rov orqali yoki 1170 raqamiga SMS yuborish orqali.

uzimei.uzva my.gov.uz saytlarida, SMS va *1170# USSD-so‘rovi orqali, pochta aloqasi bo‘limlarida.

eSIM SIM-kartani to‘liq almashtiradi va jismoniy SIM-kartasiz ishlaydi. Internet faqat eSIM’ni faollashtirish yoki o‘chirish jarayonida kerak bo‘ladi.

Buni telefoningizning texnik tavsiflarida, ishlab chiqaruvchi saytida yoki qo‘llab-quvvatlanadigan modellar ro‘yxatida ko‘rib bilishingiz mumkin.

Yo‘q. SIM-kartada saqlangan kontaktlarni oldindan qurilmaga saqlab qo‘yish kerak.

Ha, mumkin. Buning uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan Mobiuz ofisiga murojaat qilish yoki Mobiuz saytida «SIM’ni eSIM’ga onlayn almashtirish» bo‘yicha ariza topshirish lozim.

Ha. Raqamingizga ulangan barcha tariflar va xizmatlar o‘z holicha qoladi.

Shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan Mobiuz ofisiga murojaat qiling yoki Mobiuz saytida «eSIM’ni onlayn ulash» bo‘yicha ariza yuboring. eSIM’ni almashtirish xizmati narxi – 30 000 so‘m.

(+998) 97 130 09 09 yoki 0890 raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling, yoxud shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan Mobiuz ofisiga murojaat qiling.

Muhim!

  • Abonent raqamini ulash faqat eSIM orqali amalga oshiriladi — smartfoningiz ushbu texnologiyani qo‘llab-quvvatlashiga ishonch hosil qiling.
  • Ulanish bo‘yicha ariza berish mobil qurilmalardan amalga oshirilmaydi
  • Tanlangan raqam ilgari ishlatilgan bo‘lishi mumkin.
  • Raqamni ulash faqat MyID tizimida ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar uchun mavjud.
  • Agar bir xil pasport ma’lumotlariga 5 yoki undan ortiq raqamlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, sayt orqali eSIM ulanishi mumkin emas.
Ulanish