Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Ma'lumot markazi

0890-«UMS» MChJ abonentlari, jismoniy shaxslarga xizmat ko'rsatuvchi ma'lumot markazining raqami. «0890 Ovozli yordamchi» avtomatlashgan o'z-o'ziga xizmat ko‘rsatish tizimi bo'lib, abonentlar undan foydalangan holda mustaqil tarzda quyidagilarni amalga oshirishlari mumkin:

  • kompaniya yangiliklaridan xabardor bo‘lish;
  • xizmatlar haqida ma'lumot olish, shuningdek, qo‘shimcha xizmatlarni ulash yoki o'chirish;
  • tarif-rejalari haqida ma'lumot olish va o‘z tarif-rejasini o'zgartirish;
  • to‘lov usullari va balans haqida ma’lumot olish;
  • savdo va xizmat ko‘rsatish markazlari haqida ma’lumot olish;
  • masalani hal qilish uchun operator bilan bog'lanish.

Ovozli yordamchi xizmatidan foydalanish uchun, abonеnt 0890 raqamiga qo‘ng’iroq qilib, tizimda ko‘rsatilgan yo'riqnomalarga rioya etgan holda, kerakli harakatni bajarish uchun punktni tanlab olish zarur. 

(+99897) 1300909 – shahar raqamlari va O'zbekistonning boshqa mobil operatorlari raqamlaridan qo'ng'iroqlar uchun ma'lumot markazi.

 (+99897) 1300909 avtomatlashgan tizimi mustaqil ravishda quyidagi ma'lumotlarni olishga yordam beradi:

  • kompaniya yangiliklaridan xabardor bo‘lish;
  • qo'shimcha xizmatlar haqida ma'lumot olish;
  • tarif rejalari haqida ma'lumot olish
  • savdo va xizmat ko‘rsatish markazlari manzillari haqida ma’lumot olish
  • masalani hal qilish uchun operator bilan bog'lanish


Shartlari

  • Mobiuz tarmog’i ichida 0890 va 0990 raqamlariga qo‘ngiroq qilish bepul, qo'ng'iroqni hatto balans manfiy bo'lganda ham amalga oshirish mumkin.


Ro'yxatga qaytish