Mobil portal — bu, har qanday vaqtda mustaqil tarzda:
-
O‘z balansingizni bilish
-
Tarif-rejangizni o‘zgartirish, boshqa xizmatlarni ulash/bekor qilish imkoniyatidir.
Qanday foydalaniladi?
Mobil Portaldan foydalanish uchun shunchaki telefoningizda *111# tering. Sizga mеnyu ochilib, undan o‘zingiz uchun qiziqarli bo‘limni tanlab olishingiz mumkin. Keyin esa tizimda ko‘rsatilgan amallarni bajarishingiz lozim. Tizimdagi javoblar to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoningiz ekranida aks etadi. SMS-xabarlardan farqli ravishda mazkur xabarlar telefon xotirasida saqlanib qolmaydi va ishini sekinlashtirmaydi.
Mobil Portal 3 bo‘limdan iborat
- Balans;
- Tariflar va xizmatlar;
- Tilni tanlash.
Narxi qancha?
*111# raqamiga qo‘ng‘iroq qilish bepul. Mobil Portal mеnyusi bo‘yicha xizmatlarni ko’rib chiqish bepul. Tarif-rejasini almashtirish, Mobil Portal yordamida xizmatlarga ulanish /o‘chirish xizmat tariflarida o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. Telefoningiz orqali Mobil Portalda amalga oshirilgan har qanday amallar maxsus uskunalarda hujjatlashtiriladi va Sizning harakatlaringiz hisoblanadi.