Tanlov tashkilotchisi: UMS MChJ ("Mobiuz" SB).
Hududiy qamrovi: O‘zbekiston Respublikasi.
Tanlovni o‘tkazish muddatlari va sovrinlar
Tanlov 2021-yilning 16-sentabridan 22-oktabrigacha 1-jadvalga muvofiq 5 ta davrda o‘tkaziladi:
1-jadval
Davrlar |
Ijtomoiy tarmoq |
Davr boshlanishi |
Davr yakunlanishi |
G‘oliblarni aniqlash sanasi |
---|---|---|---|---|
Birinchi davr |
Telegram |
16-sentabr, soat 11:00 |
20-sentabr, soat 15:59 |
20-sentabr, soat 16:00 |
Ikkinchi davr |
|
24-sentabr, soat 11:00 |
28-sentabr, soat 23:59 |
30-sentabr, soat 16:00 |
Uchinchi davr |
Telegram |
30-sentabr, soat 11:00 |
4-oktabr, Soat 15:59 |
4-oktabr, soat 16:00 |
To‘rtinchi davr |
|
8-oktabr, soat 11:00 |
12-oktabr, soat 23:59 |
14-oktabr, soat 16:00 |
Beshinchi davr |
Telegram |
18-oktabr, soat 11:00 |
22-oktabr, soat 15:59 |
22-oktabr, soat 16:00 |
Tanlov sovrinlari 2-jadvalga muvofiq taqsimlangan.
2-jadval
Davrlar |
Ijtimoiy tarmoq |
G‘oliblar soni |
Sovrinlar soni |
Sovrinlar nomi* |
---|---|---|---|---|
Birinchi davr |
Telegram |
2 |
2 |
Hikvision HS-EHDD-T3 1TB tashqi qattiq disk |
Ikkinchi davr |
|
2 |
2 |
Xiaomi Bluetooth-quloqchini + USB-fleshka 16 GB |
Uchinchi davr |
Telegram |
2 |
2 |
Xiaomi Mi 3 Powerbanki + smart-braslet Mi Band 5 |
To‘rtinchi davr |
|
2 |
2 |
Mi Band 6 smart-brasleti + USB-fleshka 16 GB |
Beshinchi davr |
Telegram |
1 |
1 |
Samsung Galaxy A41 smartfoni + MicroSD-fleshka 16 GB |
*Tanlov sovrinlari pul ko‘rinishida taqdim etilmaydi va boshqa sovrinlarga almashtirib berilmaydi.
Tanlov ishtirokchilari
Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi horijiy fuqarolar va fuqaroligi yo‘q shaxslar ishtirok etishi mumkin.
Quyidagi toifalarga kiruvchilar tanlovda ishtirok eta olmaydi:
-
Ishtirok etish vaqtida 18 yoshga to‘lmagan jismoniy shaxslar;
-
O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilmaydigan shaxslar;
-
«UMS» MChJda ishlaydigan (mehnat munosabatlari bo‘lgan) jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;
-
«UMS» MChJ bilan fuqarolik huquqiy tusga ega shartnoma tuzgan jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;
-
«UMS» MChJning tijorat vakillari hamda ularning ishchilari (dilerlar, dilerlarning ishonchli vakillari, operatorlar va h.k.) hamda ularning yaqin qarinloshlari.
Tanlovning tavsifi va shartlari, g'oliblarni aniqlash tartibi
"Kuzgi marafon" tanlovi "UMS" MChJning Telegram, Facebook, Instagram ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalari foydalanuvchilari o‘rtasida o'tkazilmoqda.
Telegram uchun shartlar
Telegram’dagi @MyMobiuz kanali Administratorlari (keyingi o'rinlarda Administratorlar deb nomlanadi) @VoterBibot Telegram-boti yordamida qisqacha shartlarni va batafsil ma'lumotni ko'rish uchun www.mobi.uz web-saytidagi tanlov shartlariga havolani joylashtiradilar.
Ishtirok etish uchun Telegram foydalanuvchilari:
1) https://t.me/MyMobiuz Telegram-kanaliga obuna bo'lishi;
2) Tanlov posti ostidagi “Ishtirok etaman” tugmasini bosishi;
3) postni Telegram’dagi 3 ta do‘sti bilan bo‘lishishi kerak.
G‘olib aniqlanadigan kuni @VoterBibot Telegram boti tasodifiy g‘oliblarni aniqlaydi.
Facebook uchun shartlar
Facebook ijtimoiy tarmog'idagi @mobiuz.uzbekistan sahifasi Administratorlari qisqacha shartlarni va batafsil ma'lumotni ko'rish uchun www.mobi.uz web-saytidagi tanlov shartlariga havolani joylashtiradilar.
Ishtirok etish uchun Facebook foydalanuvchilari:
1) https://t.me/MyMobiuz Telegram-kanaliga obuna bo'lishlari;
2) "Mobiuz" sahifasiga obuna bo'lishlari (@mobiuz.uzbekistan);
3) Sharhlarda 5 ta do‘stini belgilashlari kerak (@ yordamida).
Yuqoridagi shartlarni bajargan har bir foydalanuvchiga tartib raqami beriladi. Ishtirokchilar ro‘yxati online tarzda Google Docs servisida, barcha ishtirokchilar uchun ko‘rinadigan tarzda shakllantirilib boriladi.
G‘olib aniqlanadigan kuni tartib raqamlari berilgan barcha ishtirokchilar orasidan ikkita g'olib aniqlanadi. G'oliblarni aniqlash Randomus randomayzeri (https://randomus.ru) yordamida Facebook orqali online tarzda amalga oshiriladi. Buning uchun Administratorlar randomayzerga tanlov ishtirokchilarining seriya raqamlarini (1dan ishtirokchilar soniga teng songacha) va kerakli g'oliblar sonini ko'rsatadilar. Randomayzer xizmati tasodifiy g'oliblarning tartib raqamlarini ochib beradi. Administratorlar ishtirokchilarni ketma-ket raqamlar bo'yicha topadilar va g'oliblarning ismlarini (profillarini) e'lon qiladilar
Tanlov g'oliblarini aniqlashni komissiya nazorat qiladi.
Instagram uchun shartlar
Instagram ijtimoiy tarmog'idagi @mobiuz.uzbekistan sahifasi Administratorlari qisqacha shartlarni va batafsil ma'lumotni ko'rish uchun www.mobi.uz web-saytidagi tanlov shartlariga havolani joylashtiradilar.
Ishtirok etish uchun Instagram foydalanuvchilari:
1) https://t.me/MyMobiuz Telegram-kanaliga obuna bo'lishlari;
2) @mobiuz.uzbekistan akkauntiga obuna bo'lishlari;
3) Sharhlarda 5 ta do‘stini ko‘rsatishlari kerak (@ yordamida).
G‘oliblar aniqlanadigan kuni ikkita g'olib aniqlanadi. G'oliblarni aniqlash Lizaonair (https://lizaonair.com) servisi yordamida Instagram orqali online tarzda amalga oshiriladi. Buning uchun Administratorlar xizmatda tanlov posti havolasini ko'rsatadilar, shartlarning bajarilganligini tekshirishni belgilaydilar va tasodifiy g'oliblarni aniqlash tugmachasini bosadilar. Xizmat g'oliblarning ismlarini (profillarini) ko'rsatadi.
Tanlov g'oliblarini aniqlashni komissiya nazorat qiladi.
Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar
1. Tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun ishtirokchilar tanlovning barcha shartlarini to'g'ri bajarishlari kerak.
2. Ikkinchi va to‘rtinchi davrlarda kompaniyalar, firmalar, tashkilotlar va boshqalar profillari/sahifalari (shu jumladan kompaniyalar, firmalar, faoliyat sohalari ko'rsatilgan profillar) bilan foydalanuvchilar tanlovning ikkinchi va uchinchi davrlarida ishtirok etishi taqiqlangan. Bunday foydalanuvchilar ishtirok etishdan chetlashtiriladi.
3. Ikkinchi va to‘rtinchi davrlarda bitta ishtirokchining (shu jumladan, nomlari o'xshash profillarga ega bo'lganlarning) bitta davr ichida takroriy ishtirokiga yo'l qo'yilmaydi. Agar qayta ishtirok etishga urinish bo'lsa, Administratorlar oxirgi sharhni o'chirishga va/yoki ishtirokchini tanlovdan chetlashtirishga haqlidirlar.
VoterBibot, Randomus va Lizaonair xizmatlari haqida ma’lumot
VoterBibot – bu "Ishtirok etish" tugmachasini bosgan foydalanuvchilarning obunalarini avtomatik tekshirish va Telegramning tasodifiy akkauntlarini aniqlash uchun bepul Telegram bot. «UMS» MchJning VoterBibot servisiga hech qanday aloqasi yo‘q, uning serverlari va texnik imkoniyatlari uchinchi davlatlar hududida joylashgan, «UMS» MChJ g‘oliblarni aniqlash jarayoniga ta’sir ko‘rsata olmaydi
Randomus – berilgan raqamlar diapazonidan tasodifiy raqamlarni aniqlash uchun servis. «UMS» MchJning randomus.ru servisiga hech qanday aloqasi yo‘q, ushbu saytning serverlari va texnik imkoniyatlari uchinchi davlatlar hududida joylashgan, «UMS» MChJ g‘oliblarni aniqlash jarayoniga ta’sir ko‘rsata olmaydi.
Lizaonair – bu Instagramda tasodifiy g'oliblarni avtomatik aniqlash uchun bepul onlayn xizmat. «UMS» MchJning Lizaonair servisiga hech qanday aloqasi yo‘q, ushbu saytning serverlari va texnik imkoniyatlari uchinchi davlatlar hududida joylashgan, «UMS» MChJ g‘oliblarni aniqlash jarayoniga ta’sir ko‘rsata olmaydi.
Sovrinlarni olish tartibi, muddatlari, joylari va shartlari
1. Tanlov sovrinini faqat jismoniy shaxs – tanlov G‘olibi qo‘lga kiritishi mumkin.
2. Quyidagi toifalarga kiruvchilar tanlov sovrinlarini qo‘lga kirita olmaydi:
-
Ishtirok etish vaqtida 18 yoshga to‘lmagan jismoniy shaxslar;
-
O‘zbekiston Respublikasi hududida yashamaydigan shaxslar;
-
«UMS» MChJda ishlaydigan (mehnat munosabatlari bo‘lgan) jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;
-
«UMS» MChJ bilan fuqarolik huquqiy tusga ega shartnoma tuzgan jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;
-
«UMS» MChJning tijorat vakillari hamda ularning ishchilari (dilerlar, dilerlarning ishonchli vakillari, operatorlar va h.k.) hamda ularning yaqin qarinloshlari;
Agar tanlov sovriniga da’vogar bo‘layotgan shaxs yuqorilagi toifalardan biriga kirsa, sovrin kompaniya tasarrufida qoladi. G‘oliblar qayta aniqlanmaydi.
3. Zaruriy hujjatlarni oldindan rasmiylashtirish uchun g‘oliblar tanlov g‘oliblari e’lon qilingan kundan boshlab 5 (besh) ish kuni davomida administratorlarga 5-bandda ko‘rsatilgan hujjatlarning elektron (skan) talqinini yuborishi kerak. Agar talab qilinayotgan birorta hujjat yetishmasa, g‘olibga 15 kun muddatda oshmagan vaqt davomida ushbu hujjatlarni tegishli tartibga keltirish huquqi beriladi.
4. Sovrinlarni qo‘lga kiritish uchun g‘oliblar sovrinlarni olib ketishlari uchun taklif qilingandan keyin 10 (o‘n) ish kuni davomida kompaniyaning quyidagi ofislaridan biriga murojaat qilishlari mumkin:
Hudud |
XKM nomi |
Manzil |
---|---|---|
Toshkent shahri |
Markaziy ofis |
Toshkent sh., Yunusobod tumani, Amir Temur shox ko‘chasi, 24 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi |
Nukus shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus sh., To‘rtko‘l katta ko‘chasi, 138 «A» uy |
Andijaon viloyati |
Andijon shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi |
Andijon viloyati, Andijon sh., Boburshox ko‘chasi, 13-v uy (mo‘ljal: «Xolis» savdo markazining ro‘parasi) |
Buxoro viloyati |
Buxoro shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi |
Buxoro viloyati, Buxoro sh., Xofiz Tonish Buxoriy ko‘chasi, 10-uy |
Jizzax viloyati |
Jizzax shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi |
Jizzax viloyati, Jizzax sh., Sh.Rashidov ko‘chasi |
Qashqadaryo viloyati |
Qarshi shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi |
Qashqadaryo viloyati, Qarshi sh., O‘zbekiston ko‘chasi, 221 uy |
Navoiy viloyati |
Navoi shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi |
Navoiy viloyati, Navoiy sh., Navoiy ko‘chasi, 11 uy |
Namangan viloyati |
Namangan shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi |
Namangan viloyati, Namangan sh., Nodira ko‘chasi, 1 uy |
Samarqand viloyati |
Samarqand shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi |
Samarqand viloyati, Samarqand sh., Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 105 uy |
Surxondaryo viloyati |
Termiz shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi |
Surxondaryo viloyati, Termiz sh., G.Xusanov ko‘chasi, 32 «A» uy |
Sirdaryo viloyati |
Guliston shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi |
Sirdaryo viloyati, Guliston sh., Birlashgan ko‘chasi, 68 uy |
Toshkent viloyati |
Chirchiq shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi |
Toshkent viloyati, Chirchiq sh., Alisher Navoiy shox ko’chasi, 13 uy |
Xorazm viloyati |
Urganch shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi |
Xorazm viloyati, Urganch sh., Al Xorazmiy ko‘chasi, 101 uy |
Farg‘ona viloyati |
Farg‘ona shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi |
Farg‘ona viloyati, Farg‘ona sh., Sayilgoh ko‘chasi, 26 uy |
5. Sovrinlarni qo‘lga kiritish uchun g‘olib Xizmat ko‘rsatish markazlarining biriga murojaat qilib, qo‘yilagi hujjatlarni taqdim etishi shart:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining asl nushasini;
-
STIR;
-
Shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i;
-
yutub olingan sovrin soliq idoralari tomonidan soliqlarga tortilishi hamda g‘olib ushbu soliqlarni o‘zi to‘lab berishga rozi ekanligini tasdiqlagan ariza (ofisda to‘ldiriladi).
6. Sovrinlar bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirishda g‘olib barcha hujjatlarga imzo qo‘yishi kerak. Zaruriy hujjatlarning barchasiga yoki bittasiga imzo qo‘yishdan bosh tortish sovrin olishdan bosh tortish, deya baholanadi.
7. Agar g‘olib sovrinlar olish tartibi bo‘yicha barcha talab va shartlarni bajarmasa, shu jumladan belgilangan muddatlarda sovrinni olib ketgani kelmasa, sovrin kompaniya tasarrufida qoladi.
8. «UMS» MChJ sovrinlar bo‘yicha soliqlarni to‘lash majburiyatini olmaydi.
9. «UMS» MChJ quyidagilar bo‘yicha javobgar emas:
-
sovrinlarni olish bo‘yicha zaruriy hujjatlar g‘oliblar tomonidan har qanday sabablarga ko‘ra vaqtida taqdim etilmasa;
-
ushbu qoidalarda belgilangan talablarni fototanlov ishtokchilari bajarmasa;
-
g‘olib sovrinni olgani kelmasa yoki uni olishdan bosh tortsa.
Boshqa shartlar:
1. "UMS" MChJ VoterBibot Randomus va Lizaonair onlayn xizmatlarining tasodifiy g'oliblarni aniqlash harakatlari uchun javobgar emas. Ushbu ogohlantirish VoterBibot, Randomus va Lizaonair ishi bilan bog'liq barcha jarayonlarga ham tegishli.
2. Ishtirokchi akkauntidan bajarilayotgan barcha harakatlar u tomonidan bajarilmoqda, deya qabul qilinadi. «UMS» MChJ ishtirokchini tanlovda chetlatilishiga olib kelgan hatti-harakatlarini uchun javobgar emas, shu jumladan ishtirokchi profilidan uning roziligi yoki roziligisiz kimdir foydalangan bo‘lsa va h.k.
3. Tanlovda ishtirok etayotgan ishtirokchi agarda tanlov tashkilotchi tomonidan bekor qilinsa yoki uning shartlari o‘zgarsa, tashkilotchi hech qanday harajatlarni qoplab bermasligiga rozilik bildiradi.
4. Sovrinlarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar «UMS» MChJ iltimosiga ko‘ra reklama maqsadlarida intervyu berishlari, foto va video suratlarga tushishlari mumkinligiga, intervyu, foto va video suratlar natijalari «UMS» MChJ tomonidan foydalanilishiga, shuningdek, sovrinlarni topshirish uchun «UMS» MChJ ularning shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berilishiga rozilik berishadi.
5. Yuqorida belgilab o‘tilgan tadbirlarda ishtirok uchun «UMS» MChJ g‘oliblarga qo‘shimcha haq to‘lamaydi, ushbu tadbirlar natijasida yaratilgan materiallar bo‘yicha huquqlar «UMS» MChJga tegishli (agar boshqa hollar «UMS» MChJ va g‘olib o‘rtasida yozma ravishda belgilanmagan bo‘lsa).
6. Ishtirokchilar tanlovda ishtirok va sovrinlar olish bilan bog‘liq barcha hatti-harakatlarni ushbu hujjatda belgilangan muddatlarda bajarishi shart.
7. «UMS» MChJ uchinchi shaxslarga tanlov ishtirokchilari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishga haqli emas (tanlovda va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan holatlar bundan mustasno).
8. Tanlovda ishtirok etar ekan, ishtirokchi tanlovning shartlari, muddatdari, qoidalari va izohlari, tanlov sovrinlarini olish tartibi bilan tanishganligini tasdiqlaydi.
9. Tanlov g‘oliblari «UMS» MChJ ularning shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanishiga, shu jumladan ularga ishlov berishiga rozilik beradi. Ishlov berish tushunchasi ostida g‘oliblar haqida ma’lumotni to‘plash, tizimlashtirish, yig‘ib borish, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), foydalanish, shaxsizlantirish, bandlash va o‘chirib tashlash tushuniladi.