Biz ijtimoiy tarmoqlarda
«Bolalar. Yoz. Mobiuz» fototanlovi

Fototanlov tashkilotchisi: «UMS» MChJ («Mobiuz» SB).

O‘tkaziladigan hudud: O‘zbekiston Respublikasi.

Fototanlov o‘tkazilish muddatlari

Fototanlov 2020-yilning 1-iyunidan 10-iyunigacha quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi:

01.06.2020 – fototanlov boshlanishi, suratlarni qabul qilishni boshlash va ularni Mobiuz Gifts Telegram-kanaliga joylashtirish;

05.06.2020 yakunigacha – yangi suratlarni qabul qilishni yakunlash;

08.06.2020 yakunigacha – Mobiuz Gifts Telegram-kanalida ovoz berishni to‘xtatish, ovoz berish natijalarini hisob-qitob qilish;

10.06.2020 – fototanlov natijalari hamda g‘oliblarni e’lon qilish.

Fototanlov ishtirokchilari

Fototanlovda O‘zbekiston mobil aloqa operatorlari raqamlari bilan Telegram messenjerida ro‘yxatdan o‘tgan barcha foydalanuvchilar ishtirok etishi mumkin.

Quyidagi toifalarga kiruvchilar fototanlovda ishtirok eta olmaydi:

  • Ishtirok etish vaqtida 18 yoshga to‘lmagan jismoniy shaxslar;

  • «UMS» MChJda ishlaydigan (mehnat munosabatlari bo‘lgan) jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;

  • «UMS» MChJ bilan fuqarolik huquqiy tusga ega shartnoma tuzgan jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;

  • «UMS» MChJning tijorat vakillari hamda ularning ishchilari (dilerlar, dilerlarning ishonchli vakillari, operatorlar va h.k.) hamda ularning yaqin qarinloshlari;

  • «UMS» MChJning korporativ mijozlari.

Fototanlov tavsifi va shartlari

Fototanlov yopiq tarzdagi Mobiuz Gifts Telegram-kanalida qo‘yidagi manzil bo‘yicha o‘tkaziladi: https://t.me/joinchat/AAAAAEWGHa1Q1vveargLBw.

2020-yilning 1-iyun kuni Mobiuzning ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalarida “Bolalar. Yoz. Mobiuz” fototanlovi boshlanganligi hamda uning shartlari ma’lum qilinadi, shu jumladan surat va ma’lumotlarni yuborish mumkin bo‘lgan maxsus Telegram-bot (https://t.me/mobiuz4me_bot) hamda Mobiuz Gifts kanali manzili (https://t.me/joinchat/AAAAAEWGHa1Q1vveargLBw) ko‘rsatib o‘taladi.

Fototanlovda ishtirok etish uchun:

  • foydalanuvchi o‘z farzandi (farzandlari)ning qiziq va original tarzda, Ishtirokchilar suratlariga talablariga mos ravishda suratga olishi;

  • 2020-yilning 1-iyunidan 5-iyunigacha uni kompaniyaning maxsus Telegram-botiga (https://t.me/mobiuz4me_bot) yuborishi kerak.

Telegram-botning administratorlari yuborilgan surat va ma’lumotlarni tanlov shartlariga mosligini tekshirib, unga tartib raqamini beradi hamda Mobiuz Gifts Telegram-kanaliga joylashtirib, unga ovoz berish imkonini yaratishadi.

Mobiuz Gifts kanaliga suratlari joylashtirilgan foydalanuvchilar kanalning taklif havolasini yuborgan holda Telegramning boshqa foydalanuvchilarini ovoz berishga jalb qilishi kerak bo‘ladi.

5-iyundan keyin yangi fotosuratlar qabul va e’lon qilinmaydi. Ovoz berish jarayoni 1-iyundan 8-iyungacha davom etadi.

2020-yilning 9-iyun kuni administratorlar Mobiuz Gifts kanalida joylashtirilgan suratlar va ularga berilgan ovozlardan skrinshot olishadi. Tanlov g‘oliblarini aniqlash komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Komissiya eng ko‘p ovoz to‘plagan uchta suratni aniqlaydi.

Uchta eng ko‘p ovoz to‘plagan suratlarni yuborgan uchta foydalanuvchi g‘oliblikni qo‘lga kiritadi. G‘oliblar 2020-yilning 10-iyunida aniqlanadi.

Ishtirokchilar suratlariga talablar

1. Ishtirokchi kattalar bilan birga yosh bola (bolalar) tushgan bitta surat yuborishlari kerak (JPEG yoki JPG formatda). Ishtirokchi, shuningdek, o‘zining to‘liq ism-sharifini, bog‘lanish mumkin bo‘lgan raqamini, manzilini, suratdagi bola (bolalar) ismlarini yozib yuborishi kerak.

2. Suratlarda o‘z ijodiy, musiqiy, artistik va boshqa qobiliyatlarini namoyon qilayotgan bolalar aks ettirilishi tavsiya qilinadi.

3. Fototanlovga yuborilgan suratlar kompyuter dasturlari yordamida biroz tahrir qiligan (rang va kontrastlar, joylashuvi to‘g‘rilangan) bo‘lishi mumkin. Tanlov tashkilotchisi tahrir qilinmagan original suratni talab qilishga haqli.

4. Grafik redaktorlar yordamida yaratilgan fotosuratlar (fotokollajlar va h.k.) tanlovda ishtirok etmaydi. Suratlarga ramka, yozuv, boshqa belgilar qo‘yish taqiqlanadi.

5. Agar tanlov ishtirokchisi bir nechta suratlarni yuborsa, uning tanloviga ko‘ra faqat bitta surat joylashtiriladi.

6. Agar bir nechta ishtirokchi (bir oilaning bir nechta a’zosi) bir xil suratlarni yuborsa, birinchi yuborigan surat joylashtiriladi.

7. Fototanlovga suratni yuborar ekan, Ishtirokchi:

  • yuborilayotgan suratlar muallifi ekanligini va mualliflik huquqi to‘liq unga tegishli ekanligini tasdiqlaydi;

  • fototanlovda joylashtiriladigan surat va unda aks ettirilgan insonlar bilan bog‘liq barcha xuquqlar bo‘yicha ruxsat olganligi (eng avvalo, aks ettirilgan bolalarning ota-onalari bunga ruxsat berganligini) tasdiqlaydi;

  • Mobiuz Gifts Telegram-kanalida ushbu surat chop etilishiga ruxsat beradi.

Agar uchinchi shaxslar tomonidan mualliflik yoki boshqa huquqlar bilan bog‘liq murojaatlar yuzaga kelsa, ishtirokchi ushbu chigalli vaziyatni o‘zi hal qilishga va fototanlov Tashkilotchisi ko‘rgan zararni o‘zi qoplashga rozilik beradi.

8. Quyidagi turdagi suratlar Fototanlovda ishtirok eta olmaydi:

  • tegishli sifati bo‘lmagan, texnik talablarga mos kelmaydigan (joylashtirilmaganlikning sababi ko‘rsatib o‘tilmaydi);

  • o‘zida logotiplar, reklama materiallari va tijoriy tusga ega suratlar;

  • erotik va pornografik tusga ega suratlar;

  • bolalar huquqlari, davlat va jamiyat xavfsizligiga rahna soluvchi, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va mayo’riy-huquqiy hujjatlariga mos kelmaydigan suratlar.

9. Fototanlovga kelib tushgan barcha suratlar tashkilotchida qoladi va ishtirokchilariga qaytib yuborilmaydi.

Fototanlov sovrinlari

O‘rinlar

Sovrin

G‘oliblar soni

1-o‘rin

Huawei P Smart smartfoni

1

2-o‘rin

Amazfit BIP smart-soati

1

3-o‘rin

Powerbank 10000 mAs

1


*Fototanlov sovrinlari pul ko‘rinishida berilmaydi va boshqa sovrinlarga almashtirilmaydi.

Sovrinlarni olish tartibi, muddatlari, joylari va shartlari

1. Fototanlov sovrinini faqat jismoniy shaxs – fototanlov G‘olibi qo‘lga kiritishishi mumkin.

2. Quyidagi toifalarga kiruvchilar fototanlov sovrinlarini qo‘lga kirita olmaydi:

  • Ishtirok etish vaqtida 18 yoshga to‘lmagan jismoniy shaxslar;

  • «UMS» MChJda ishlaydigan (mehnat munosabatlari bo‘lgan) jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;

  • «UMS» MChJ bilan fuqarolik huquqiy tusga ega shartnoma tuzgan jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;

  • «UMS» MChJning tijorat vakillari hamda ularning ishchilari (dilerlar, dilerlarning ishonchli vakillari, operatorlar va h.k.) hamda ularning yaqin qarinloshlari;

  • «UMS» MChJning korporativ mijozlari.

Agar fototanlov sovriniga da’vogar bo‘layotgan shaxs yuqorilagi toifalardan biriga kirsa, sovrin kompaniyada tasarrufida qoladi. G‘oliblar qayta aniqlanmaydi.

3. Zaruriy hujjatlarni oldindan rasmiylashtirish uchun g‘oliblar fototanlov g‘oliblari e’lon qilingan kundan boshlab 5 (besh) ish kuni davomida administratorlarga 5-bandda ko‘rsatilgan hujjatlarning elektron (skan) talqinini yuborishi kerak. Agar talab qilinayotgan birorta hujjat yetishmasa, g‘olibga 15 kun muddatda oshmagan vaqt davomida ushbu hujjatlarni tegishli tartibga keltirish huquqi beriladi.

4. Sovrinlarni ko‘lga kiritish uchun g‘oliblar O‘zbekiston Respublikasida karantin yakunlangandan keyin 10 (o‘n) ish kuni davomida kompaniyaning quyidagi ofislaridan biriga murojaat qilishlari mumkin:

Hudud

XKM nomi

Manzil

Toshkent shahri

Sentralnыy ofis

Toshkent sh., Yunusobod tumani, Amir Temur shox ko‘chasi, 24

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Nukus shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus sh., To‘rtko‘l katta ko‘chasi, 138 “A” uy

Andijaon viloyati

Andijon shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Andijon viloyati, Andijon sh., Boburshox ko‘chasi, 13-v uy

(mo‘ljal: “Xolis” savdo markazining ro‘parasi)

Buxoro viloyati

Buxoro shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Buxoro viloyati, Buxoro sh., Xofiz Tonish Buxoriy ko‘chasi, 10-uy

Jizzax viloyati

Jizzax shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Jizzax viloyati, Jizzax sh., Sh.Rashidov ko‘chasi

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Qashqadaryo viloyati, Qarshi sh., O‘zbekiston ko‘chasi, 221 uy

Navoiy viloyati

Navoi shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Navoiy viloyati, Navoiy sh., Navoiy ko‘chasi, 11 uy

Namangan viloyati

Namangan shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Namangan viloyati, Namangan sh., Nodira ko‘chasi, 1 uy

Samarqand viloyati

Samarqand shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Samarqand viloyati, Samarqand sh., Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 105 uy

Surxondaryo viloyati

Termiz shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Surxondaryo viloyati, Termiz sh., G.Xusanov ko‘chasi, 32 “A” uy

Sirdaryo viloyati

Guliston shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Sirdaryo viloyati, Guliston sh., Birlashgan ko‘chasi, 68 uy

Toshkent viloyati

Chirchiq shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Toshkent viloyati, Chirchiq sh., Alisher Navoiy shox ko’chasi, 13 uy

Xorazm viloyati

Urganch shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Xorazm viloyati, Urganch sh., Al Xorazmiy ko‘chasi, 101 uy

Farg‘ona viloyati

Farg‘ona shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Farg‘ona viloyati, Farg‘ona sh., Sayilgoh ko‘chasi, 26 uy


5. Sovrinlarni qo‘lga kiritish uchun g‘olib Xizmat ko‘rsatish markazlarining biriga murojaat qilib, qo‘yilagi hujjatlarni taqdim etishi shart:

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining asl nushasini;

  • STIR;

  • Shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i;

  • yutub olingan sovrin soliq idoralari tomonidan soliqlarga tortilishi hamda g‘olib ushbu soliqlarni o‘zi to‘lab berishga rozi ekanligini tasdiqlagan ariza (ofisda to‘ldiriladi).

6. Sovrinlar bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirishda g‘olib barcha hujjatlarga imzo chekishi kerak. Zaruriy hujjatlarning barchasiga yoki bittasiga imzo qo‘yishdan bosh tortish sovrin olishdan bosh tortish, deya baholanadi.

7. Agar g‘olib sovrinlar olish tartibi bo‘yicha barcha talab va shartlarni bajarmasa, shu jumladan belgilangan muddatlarda sovrinni olib ketgani kelmasa, sovrin kompaniya tasarrufida qoladi.

8. “UMS” MChJ sovrinlar bo‘yicha soliqlarni to‘lash majburiyatini olmaydi.

9. “UMS” MChJ quyidagilar bo‘yicha javobgar emas:

  • sovrinlarni olish bo‘yicha zaruriy hujjatlar g‘oliblar tomonidan har qanday sabablarga ko‘ra vaqtida taqdim etilmasa;

  • ushbu qoidalarda belgilangan talablarni fototanlov ishtokchilari bajarmasa;

  • g‘olib sovrinni olgani kelmasa yoki uni olishdan bosh tortsa.

Ro'yxatga qaytish