Biz ijtimoiy tarmoqlarda
«Muvaffaqiyatingiz haqida aytib bering!» tanlovi

Условия на русском языке

Tanlov tashkilotchisi: «UMS» MChJ («Mobiuz» SB).

O‘tkaziladigan hudud: O‘zbekiston Respublikasi.

Tanlov o‘tkazilish muddatlari

Tanlov 2020-yilning 20-avgustidan 26-avgustigacha quyidagi bosqichlarda bo‘lib o‘tadi:

20.08.2020 – tanlovni boshlanishi, Instagramda tanlov postini qo‘yish va kompaniyaning rasmiy sahifalarida u haqida e’lon qilish;

24.08.2020 yakunigacha – tanlovni yakunlash, tanlov postini yangi yazohlar uchun yopish;

25.08.2020 – ishtirokchilarni va ular tanlov shartlarini bajarganligini tekshirish, qoidalarga to‘g‘ri kelmaydigan izohlarni o‘chirib tashlash;

26.08.2020 – lizaonair.com onlayn-servisi yordamida tasodifiy g‘oliblarni aniqlash.

Tanlov ishtirokchilari

Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi horijiy fuqarolar va fuqaroligi yo‘q shaxslar ishtirok etishi mumkin.

  • Quyidagi toifalarga kiruvchilar fototanlovda ishtirok eta olmaydi:

  • Ishtirok etish vaqtida 18 yoshga to‘lmagan jismoniy shaxslar;

  • O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilmaydigan shaxslar;

  • «UMS» MChJda ishlaydigan (mehnat munosabatlari bo‘lgan) jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;

  • «UMS» MChJ bilan fuqarolik huquqiy tusga ega shartnoma tuzgan jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;

  • «UMS» MChJning tijorat vakillari hamda ularning ishchilari (dilerlar, dilerlarning ishonchli vakillari, operatorlar va h.k.) hamda ularning yaqin qarinloshlari.

Tanlov tavsifi va shartlari

“Muvaffaqiyatingiz haqida aytib bering!” tanlovi «UMS» MChJning Instagramdagi mobiuz.uzbekistan rasmiy akkauntida (https://instagram.com/mobiuz.uzbekistan) bo‘lib o‘tadi.

2020-yil 20-avgust kuni soat 11:00 da mobiuz.uzbekistan akkauntida qisqacha shartlarni o‘z ichiga olgan tanlov posti joylashtiriladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun Instagram foydalanuvchilari:

  • mobiuz.uzbekistan akkauntiga obuna bo‘lishi;

  • tanlov postiga Like (yurakcha) qo‘yishi;

  • post izohlarida hayotingizda erishgan muvaffaqiyat haqida aytib berishi kerak.

Tanlov davomida akkaunt administratorlari ishtirokchilar shartlarini qanchalik to‘g‘ri bajarayotgani nazorat qilinadi, ular to‘g‘ri yo‘naltiriladi va zarurat tug‘ilganda qoidalarga zid bo‘lgan izohlar o‘chirib tashlaydi.

2020-yilning 24-avgust kuni soat 23:59 da tanlov posti yangi izohlar uchun yopiladi.

2020-yilning 25-avgust kuni administratorlar qo‘shimcha ravishda ishtirokchilarni va ular shartlarni to‘g‘ri bajarganligini tekshiradi, qoidalarga zid izohlarni o‘chirib tashlaydi.

2020-yilning 26-avgust kuni Instagramning jonli efirida lizaonair.com onlayn-servisi yordamida 5 (beshta) tasodifiy g‘olib aniqlanadi. G‘oliblarni aniqlash jarayonini tanlov komissiyasi nazorat qiladi.

Tanlov shartlarini bajargan 5 (beshta) foydalanuvchi g‘olib, deya e’tirof etiladi. Ular shu kunning o‘zida, 26-avgust e’lon qilinadi.

Foydalanuvchilar akkauntlari va shartlarni bajarishga talablar

1. Tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etish va natijalar to‘g‘ri hisobga olinishi uchun butun tanlov davomida va g‘oliblar aniqlanguncha ishtirokchilarning Instagram-akkauntlari faol tarzda yuritilayotgan (lentasida surat va/yoki videolar bo‘lishi), boshqalarga obuna bo‘lgan va o‘z obunachilarga ega bo‘lishi kerak. Ushbu talablarga to‘g‘ri kelmaydigan ishtirokchilar tanlovdan chetlashtiriladi.

2. Tanlovda kompaniyalar, tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar, online servislar tomonidan qoldirilgan izohlar ishtirok eta olmaydi.

3. Ishtirokchi bitta izohda o‘zining hayotidagi eng katta muvaffaqiyati haqida aytib berishi kerak (masalan, sport yoki o‘qishda erishilgan omad, kimgadir berilgan yordam, byudjet asosida o‘qishga kirilganligini, o‘z firmasini ochganligi va x.k.).

4. Ishtirokchi bir nechta izoh qoldirsa, akkaunt administratorlari faqat bitta izohni qoldirib,m qolganini o‘chirib tashlashlari mumkin.

5. Firibgarlik holatlari aniqlansa (bir-biriga o‘xshash har xil akkauntlardan foydalangan holda yutish uchun ko‘proq imkoniyatni qo‘lga kiritish, feyr akkauntlardan foydalanish va x.k.), mobiuz.uzbekistan Instagram-akkaunti administratorlari ishtirokchilar izohlarini o‘chirib tashlagan holda ularni tanlovdan chetlatishi mumkin.

lizaonair.com onlayn-servisi haqida ma’lumot

lizaonair.com – Instagramda layk va izohlarni avtomatik tarzda aniqlaydigan onlayn-servis bo‘lib, turli xil tanlovlar shartlarini to‘g‘ri bajargan ishtirokchilar ichidan tasodifiy g‘oliblarni aniqlashga ko‘mak beradi. «UMS» MChJning lizaonair.com servisiga hech qanday aloqasi yo‘q, ushbu saytning serverlari va texnik imkoniyatlari uchinchi davlatlar hududida joylashgan, «UMS» MChJ g‘oliblarni aniqlash jarayoniga ta’sir ko‘rsata olmaydi.

Tanlov sovrinlari

G‘oliblar soni

Sovrinlar*

Sovrinlar soni

5 (beshta)

Amazfit Bip smart soatlari

5 (beshta)

*Tanlov sovrinlari pul ko‘rinishida taqdim etilmaydi va boshqa sovrinlarga almashtirib berilmaydi.

Sovrinlarni olish tartibi, muddatlari, joylari va shartlari

1. Tanlov sovrinini faqat jismoniy shaxs –tanlov G‘olibi qo‘lga kiritishi mumkin.

2. Quyidagi toifalarga kiruvchilar tanlov sovrinlarini qo‘lga kirita olmaydi:

  • Ishtirok etish vaqtida 18 yoshga to‘lmagan jismoniy shaxslar;

  • O‘zbekiston Respublikasi hududida yashamaydigan shaxslar;

  • «UMS» MChJda ishlaydigan (mehnat munosabatlari bo‘lgan) jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;

  • «UMS» MChJ bilan fuqarolik huquqiy tusga ega shartnoma tuzgan jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;

  • «UMS» MChJning tijorat vakillari hamda ularning ishchilari (dilerlar, dilerlarning ishonchli vakillari, operatorlar va h.k.) hamda ularning yaqin qarinloshlari;

  • Agar tanlov sovriniga da’vogar bo‘layotgan shaxs yuqorilagi toifalardan biriga kirsa, sovrin kompaniya tasarrufida qoladi. G‘oliblar qayta aniqlanmaydi.

3. Zaruriy hujjatlarni oldindan rasmiylashtirish uchun g‘oliblar tanlov g‘oliblari e’lon qilingan kundan boshlab 5 (besh) ish kuni davomida administratorlarga g‘olib bo‘lgan akkauntlar orqadi 5-bandda ko‘rsatilgan hujjatlarning elektron (skan) talqinini yuborishi kerak. Agar talab qilinayotgan birorta hujjat yetishmasa, g‘olibga 15 kun muddatda oshmagan vaqt davomida ushbu hujjatlarni tegishli tartibga keltirish huquqi beriladi.

4. Sovrinlarni ko‘lga kiritish uchun g‘oliblar sovrinlarni olib ketishlari uchun taklif qilingandan keyin 10 (o‘n) ish kuni davomida kompaniyaning quyidagi ofislaridan biriga murojaat qilishlari mumkin:

Hudud

XKM nomi

Manzil

Toshkent shahri

Markaziy ofis

Toshkent sh., Yunusobod tumani, Amir Temur shox ko‘chasi, 24

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Nukus shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus sh., To‘rtko‘l katta ko‘chasi, 138 «A» uy

Andijaon viloyati

Andijon shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Andijon viloyati, Andijon sh., Boburshox ko‘chasi, 13-v uy

(mo‘ljal: «Xolis» savdo markazining ro‘parasi)

Buxoro viloyati

Buxoro shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Buxoro viloyati, Buxoro sh., Xofiz Tonish Buxoriy ko‘chasi, 10-uy

Jizzax viloyati

Jizzax shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Jizzax viloyati, Jizzax sh., Sh.Rashidov ko‘chasi

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Qashqadaryo viloyati, Qarshi sh., O‘zbekiston ko‘chasi, 221 uy

Navoiy viloyati

Navoi shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Navoiy viloyati, Navoiy sh., Navoiy ko‘chasi, 11 uy

Namangan viloyati

Namangan shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Namangan viloyati, Namangan sh., Nodira ko‘chasi, 1 uy

Samarqand viloyati

Samarqand shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Samarqand viloyati, Samarqand sh., Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 105 uy

Surxondaryo viloyati

Termiz shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Surxondaryo viloyati, Termiz sh., G.Xusanov ko‘chasi, 32 «A» uy

Sirdaryo viloyati

Guliston shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Sirdaryo viloyati, Guliston sh., Birlashgan ko‘chasi, 68 uy

Toshkent viloyati

Chirchiq shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Toshkent viloyati, Chirchiq sh., Alisher Navoiy shox ko’chasi, 13 uy

Xorazm viloyati

Urganch shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Xorazm viloyati, Urganch sh., Al Xorazmiy ko‘chasi, 101 uy

Farg‘ona viloyati

Farg‘ona shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi

Farg‘ona viloyati, Farg‘ona sh., Sayilgoh ko‘chasi, 26 uy

5. Sovrinlarni qo‘lga kiritish uchun g‘olib Xizmat ko‘rsatish markazlarining biriga murojaat qilib, qo‘yilagi hujjatlarni taqdim etishi shart:

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining asl nushasini;

  • STIR;

  • Shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i;

  • yutub olingan sovrin soliq idoralari tomonidan soliqlarga tortilishi hamda g‘olib ushbu soliqlarni o‘zi to‘lab berishga rozi ekanligini tasdiqlagan ariza (ofisda to‘ldiriladi).

6. Sovrinlar bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirishda g‘olib barcha hujjatlarga imzo qo‘yishi kerak. Zaruriy hujjatlarning barchasiga yoki bittasiga imzo qo‘yishdan bosh tortish sovrin olishdan bosh tortish, deya baholanadi.

7. Agar g‘olib sovrinlar olish tartibi bo‘yicha barcha talab va shartlarni bajarmasa, shu jumladan belgilangan muddatlarda sovrinni olib ketgani kelmasa, sovrin kompaniya tasarrufida qoladi.

8. «UMS» MChJ sovrinlar bo‘yicha soliqlarni to‘lash majburiyatini olmaydi.

9. «UMS» MChJ quyidagilar bo‘yicha javobgar emas:

  • sovrinlarni olish bo‘yicha zaruriy hujjatlar g‘oliblar tomonidan har qanday sabablarga ko‘ra vaqtida taqdim etilmasa;

  • ushbu qoidalarda belgilangan talablarni fototanlov ishtokchilari bajarmasa;

  • g‘olib sovrinni olgani kelmasa yoki uni olishdan bosh tortsa.

Boshqa shartlar:

1. «UMS» MChJ lizaonair.com g‘oliblarni aniqlash servisi faoliyati bo‘yicha hech qanday majburiyatlarni o‘z bo‘yniga olmaydi.

2. Ishtirokchi akkauntidan bajarilayotgan barcha harakatlar u tomonidan bajarilmoqda, deya qabul qilinadi. «UMS» MChJ ishtirokchini tanlovda chetlatilishiga olib kelgan hatti-harakatlarini uchun javobgar emas, shu jumladan ishtirokchi profilidan uning roziligi yoki roziligisiz kimdir foydalangan bo‘lsa va h.k.

3. Tanlovda ishtirok etayotgan ishtirokchi agarda tanlov tashkilotchi tomonidan bekor qilinsa yoki uning shartlari o‘zgarsa, tashkilotchi hech qanday harajatlarni qoplab bermasligiga rozilik bildiradi.

4. Sovrinlarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar «UMS» MChJ iltimosiga ko‘ra reklama maqsadlarida intervyu berishlari, foto va video suratlarga tushishlari mumkinligiga, intervyu, foto va video suratlar natijalari «UMS» MChJ tomonidan foydalanilishiga, shuningdek, sovrinlarni topshirish uchun «UMS» MChJ ularning shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berilishiga rozilik berishadi.

5. Yuqorida belgilab o‘tilgan tadbirlarda ishtirok uchun «UMS» MChJ g‘oliblarga qo‘shimcha haq to‘lamaydi, ushbu tadbirlar natijasida yaratilgan materiallar bo‘yicha huquqlar «UMS» MChJga tegishli (agar boshqa hollar «UMS» MChJ va g‘olib o‘rtasida yozma ravishda belgilanmagan bo‘lsa).

6. Ishtirokchilar tanlovda ishtirok va sovrinlar olish bilan bog‘liq barcha hatti-harakatlarni ushbu hujjatda belgilangan muddatlarda bajarishi shart.

7. «UMS» MChJ uchinchi shaxslarga tanlov ishtirokchilari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishga haqli emas (tanlovda va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan holatlar bundan mustasno).

8. Tanlovda ishtirok etar ekan, ishtirokchi tanlovning shartlari, muddatdari, qoidalari va izohlari, tanlov sovrinlarini olish tartibi bilan tanishganligini tasdiqlaydi.

9. Tanlov g‘oliblari «UMS» MChJ ularning shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanishiga, shu jumladan ularga ishlov berishiga rozilik beradi. Ishlov berish tushunchasi ostida g‘oliblar haqida ma’lumotni to‘plash, tizimlashtirish, yig‘ib borish, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), foydalanish, shaxsizlantirish, bandlash va o‘chirib tashlash tushuniladi.

Ro'yxatga qaytish